Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet15/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Ilmiy xulosa ilmiy tadqiqning mag‘zi, maqsadi va uning eng zaruriy qismi. Ilmiy xulosa tadqiqotchi kuzatgan, tavsiflagan hodisa-narsa haqida uning o‘zi shakllantirgan ilmiy tushuncha. U bu kursning “Metodologiya” bo‘limida izohlanadigan ilmiy tushuncha talablariga javob berishi lozim. Ilmiy xulosa ixcham, tushunarli, aniq, tadqiqotchi bayon etgan tavsiflardan kelib chiqqan holda, sermazmun qonuniyat sifatida shakllantirilishi zarur. Yaxshi ilmiy tadqiqotlarda (ayniqsa, tabiiy fanlar bo‘yicha) xulosa, ko‘pincha, formulalar, chizmalar, jadvallar shaklida bo‘ladi, zeroki, qisqalik va aniqlik ilmiy xulosaga qo‘yiladigan eng asosiy talab.

Ilmiy xulosalar ilmiy tadqiqotlarda har xil bo‘ladi. Tadqiqot tuzilishida (strukturasida) mavjud bo‘lgan har bir band (paragraf), bo‘lim, bob, albatta, o‘z ilmiy xulosasi bilan yakunlanishi lozim. Bandlarning xulosalari bo‘lim xulosasida, bo‘limlarniki bob xulosalarida va, nihoyat, boblarning xulosalari ishning umumiy xulosasida yakunlanishi lozim, ya’ni xulosalar arxitekturasi quyidagicha:



1- chizma


Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling