Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet14/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Kapalak umriga qiyos etgulik.

Xayolini buzmaslik uchun choy quyib, stol qirg‘og‘iga qo‘ydim. Qarab turibman, G‘afur aka o‘ylayapti. Ko‘zi goh shiftga tikilar, goh qoshlari chimirilib xuddi urishmoqchi bo‘lgandek, menga yomon qarab qolardi. Bilaman, bunaqa paytda G‘afur aka qaragani bilan meni ko‘rmaydi. Xayolida yaratayotgan narsanigina ko‘radi. Ruchkani siyohdonga zarda bilan botirdi-yu yoza ketdi:



Gohida bir muddat olgulik nafas...

Bu satrni shoshib o‘chirdi-yu, boshqatdan yozdi:



Ba’zida bir nafas olgulik muddat.

Ming yulduz so‘nishi uchun etgulik...1

Bu xotirada olim-adibning: “sarlavhasi. . . naqd bo‘lsa, asaring bitdi, deyaver”, degan fikriga alohida e’tibor bermoq zarur.

Ilmiy-ijodiy ishda ham tadqiq manbai va predmeti aniqlanib, tadqiqot, uning asosiy bosqich va hatto, xulosalari olim miyasida pishib yetilgach, ilmiy ishga sarlavha tanlanadi. Sarlavha ishda nima va qanday o‘rganilayotgani haqida aniq ma’lumot berishi lozim. Shu nuqtayi nazardan bir necha ilmiy ish sarlavhasini ko‘rib o‘tamiz.

I guruh:

a) O‘zbek jadid dramalarining lisoniy xususiyatlari;

b) O‘zbek xalq topishmoqlarining leksik-semantik xususiyatlari;

d) O‘zbek tili harbiy terminologiyasining sinxronik tadqiqi.

II guruh:

a) O‘zbek tilida “hayvon” arxisemali leksemalar maydonining mazmuniy tahlili;

b) O‘zbek tilida privativlik (nofonologik sathlar);

d) Mazmuniy subyekt va uning o‘zbek tili sintaksisida ifodalanishi.

Sarlavhalaridan ko‘rinib turibdiki, bu ilmiy tadqiqotlarning barchasida bosh tadqiq manbai “o‘zbek tili”. Sarlavhalardagi dastlabki so‘z yoki birikmalar – “jadid dramalari” (1.a), “xalq topishmoqlari” (1.b), “harbiy terminologiya” (1.d), “hayvon arxisemali leksemalar” (2.a), “nofonologik sathlar” (2.b), “sintaksisi” (2.d) kabi izohlar umumiy tadqiq manbaining alohida birliklarini ifodalab, uni toraytiradi, muayyanlashtiradi, ular muayyanlashgan tadqiq manbalarini ifodalaydi. Ulardagi “lisoniy xususiyatlar”, “leksik-semantik xususiyatlar”, “sinxronik tadqiq”, “mazmuniy tahlil”, “privativlik”, “mazmuniy subyekt” tadqiq predmeti ifodalovchilari.

I guruh sarlavhalaridan ko‘rinib turibdiki, ular tildagi bir narsani (tilning ma’lum bir bo‘lakchasini) tavsiflashga bag‘ishlangan. II guruh mavzulari esa til tizimida (yoki uning ma’lum bir bo‘g‘inida) biror hodisa – qonuniyatning voqelanishi tavsifiga bag‘ishlangan.

Mavzuning mantiqiyligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, rel’yefonimlarni tadqiq qilishga kirishgan tadqiqotchining mavzuni “Yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi leksemalar” ko‘rinishida olishida mantiqiy xatolik mavjud. Chunki yer sathi ko‘rinishlarini ifodalovchi otlar sirasiga yo‘l va uning turlarini ifodalovchi otlar ham kiradi. Holbuki, yo‘l rel’yefga kirmaydi. Demak, mavzuni “O‘zbek tilida rel’yefonimlar” tarzida olish maqsadga muvofiq. Yoki “Dehqonobod tumani mikrotoponimikasi” mavzusida ham mantiqiy g‘alizlik mavjud. Chunki toponimika fan yo‘nalishlaridan biridir va mazkur tumanda bu fan alohida ko‘rinishda mavjud emas. U “Dehqonobod tumani mikrotoponimiyasi” shaklida bo‘lishi lozim.

Mavzuning ixcham va aniqligi uning to‘liq uqilganligi nishonasi. Zero, ilm olamida “uqilganni ifodalash oson” degan hikmatli so‘z bor. Shuning uchun har bir ilmiy tadqiqot mavzusi ilmiy jamoatchilik orasida (dastlab, tadqiqotchi va uning ilmiy rahbari orasida, so‘ngra kafedra, laboratoriya yig‘ilishida, muassasa ilmiy kengashida, dissertatsiya mavzulari esa yana mintaqa va Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashlarida) muhokama etilib, ma’qullanishi talab etiladi. O‘zR OAK nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi mavzularini “OAK Byulleten”ida e’lon qilib, keng jamoatchilikka havola etishni ham talab qiladi.

Tadqiqot mavzusi, manbai va predmetini to‘g‘ri belgilash ularning fanda o‘rganilish tarixini chuqur bilishni talab etadi. O‘rganilish tarixi deganda tanlangan mavzu, ya’ni tadqiq manbai fanda kimlar tomonidan qay darajada o‘rganilganligi tushuniladi. Tadqiqotchi mavzuning o‘rganilish tarixini, ya’ni undan oldin shu masala bo‘yicha kimlar nimalar qilganligi, qanday yutuqlarni qo‘lga kiritganligi va qaysi muammolarni o‘rtaga qo‘yganliklarini tugal bilmog‘i lozim. Busiz tadqiqotchi ilmiy tadqiq ishiga kirishishi, hatto sarlavha belgilashi va asoslashi mumkin emas. Mavzuning o‘rganilish tarixi bilan tanishishni shu masalaning o‘rta ta’limning turli bosqich va bo‘g‘in darsliklarida yoritilishi bilan qaytadan tanishishdan boshlab, keyingina oliy ta’lim tizimi darslik va qo‘llanmalariga, so‘ngra bu qo‘llanmalarda shu masalaga oid ko‘rsatilgan zaruriy va qo‘shimcha ilmiy-tadqiqiy adabiyotlar bilan tanishishga o‘tishi zarur. O‘rganayotgan (mutolaa qilinayotgan) ilmiy-tadqiqiy asarlardagi ilmiy havolalar tadqiqotchiga yangi-yangi tadqiqotlarni topish va o‘rganish uchun yo‘llanma.

Aytib o‘tganimizdek, tadqiq manbai, predmeti va ilmiy farazi ilmiy tadqiq yo‘nalishini belgilovchi tayanch nuqta, mayoq, yo‘lchi yulduz.

Ilmiy tadqiqning farazi mavzuning o‘rganilish tarixidan kelib chiqadi, zero, har bir tadqiqotchi o‘z tadqiq manbai xususiyatini o‘rganar ekan, uning yangi-yangi aloqa va munosabatlarini, tomon va qirralarini ochadi, yangi bog‘lanishlarni, muammolarni kashf etadi, lekin ularning barchasini ilmiy ishida mufassal ko‘rib o‘tolmaydi, ammo bu yangi qirra va aloqadorliklar haqida yo‘l-yo‘lakay fikrlar, farazlar va taxminlar bildirib o‘tadi. Mana shunday tadqiqotlar tadqiq manbaini yangi bosqichda o‘rganish uchun mayoq – ilmiy faraz bo‘lib xizmat qiladi. Har bir jiddiy va tom ma’noda ilmiy izlanish fan oldiga yangi-yangi muammolarni, maxsus o‘rganilishi zarur masalalarni qo‘yadi, tadqiq manbaini yangi bosqichda tahlil va tavsif etishga zamin hozirlaydi. Haqiqiy olimning o‘ta kamtarin, biror hukm-xulosa chiqarishda juda ehtiyokor bo‘lishining asosiy sababi ham shunda: u har bir masalada bilganidan bilmagan tomonlari ko‘proq ekanligini tushunadi. Ilmiy faraz tadqiqotchi tomonidan ehtiyotkorlik bilan asosli ravishda shakllantirilishi va bayon etilishi, atroflicha tekshirilib navbatdagi bosqich tadqiqotlari uchun mayoq qilib olinishi zarur.

Ilmiy tadqiqning muhim bosqich va qismlaridan yana biri faktik material yig‘ish va tajriba-sinov (eksperiment) ishlari o‘tkazish.

Faktik material deganda tadqiqotchidan tashqarida turgan (unga bog‘liq bo‘lmagan) mavjudlik sifatida berilgan borliq (voqelik), narsa-hodisa, aloqa-munosabat, qonuniyatlar tushuniladi. Har bir fan uchun faktik material o‘ziga xos. Chunonchi suv kabi bir narsa (modda)ning tuproq, yer va o‘simlikka ta’siri biologiya va qishloq xo‘jaligi uchun faktik material bo‘lsa, uning qancha darajada qaynashi yoki qotishi fizik uchun, qanday moddalar bilan aralasha olishi, reaksiyaga kirishishi yoki kirmasligi kimyogar uchun faktik material. Suv so‘zining xilma-xil ma’nolarni ifodalab kela olishi esa tilshunos uchun faktik material.

Demak, tilshunos uchun faktik material fikrni shakllantirish, uni ifodalash, turli shakllarda saqlab qolish va birovga yetkazish, o‘zgalarni tushunishga imkon beruvchi eng asosiy aloqa va ifoda vositasi – tilning voqelanishi va ichki qurilish xususiyatlari, hodisalari. Ular, asosan, ikki xil.

Birinchisi bevosita kuzatishda berilgan his (fahm) bilan ilg‘ab olishi, tasvirlanishi mumkin bo‘lgan falsafiy alohidalik (yakkalik, xususiylik), hodisa, voqea, oqibat1 (AHVO) tabiatli nutq va uning xilma-xil shakl, birlik va ko‘rinishlari bo‘lsa, ikkinchisi til birliklari orasidagi bevosita kuzatishda berilmagan, idrokiy tahlil usuli bilan ochiladigan va tavsiflanadigan falsafiy umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) tabiatli aloqalar, bog‘lanishlar, o‘xshashlik va farqlar, ziddiyatlar va h. kabi umumiylik va qonuniyatlar. Turli tillar orasidagi o‘xshashlik va farqlar ham ikkinchi turdagi faktik material tabiatiga ega.

Faktik material ilmiy tadqiq jarayonida kamida uch marta yig‘iladi:



Ilk bosqichda faktik material, odatda, mavzuning o‘rganilish tarixi bilan tanishish jarayonida ilmiy-tadqiqiy adabiyotlardan yig‘iladi va bo‘lajak ilmiy tadqiqning manbai va predmetini, metodologik asoslarini belgilashda zamin vazifasini o‘taydi.

Ikkinchi marta mavzu rasmiylashtirilgach, uning o‘rganilish tarixi bilan atroflicha tanishilgandan keyin bo‘lajak ilmiy tadqiqotning moddiy, ashyoviy asosi, qurilish materiali sifatida juda katta miqdorda yig‘iladi.


Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling