Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi
Download 295.08 Kb.
|
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.
I. bosqich. O‘zbek tilshunosligi fani Mahmud Кoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari bilan boshlanadi. Bu asar 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan.
«Devonu lug‘otit turk» uch tomdan iborat bo‘lib, 1915–17-yillarda Istanbul shahrida nashr etilgan. Shu nashr asosida К.Brokkelman bu asarni 1928-yilda nemischa tarjimada nashr qildi. 1939-yilda Anqarada Besim Atalay tarjimasida turk tilida bosildi. Olim S.Mutallibov devon tarjimasi ustida samarali ishlab, 1960–63-yillar davomida uch tomda o‘zbek tilida nashr qildirdi. Mahmud Кoshg‘ariyning asari kirish va lug‘at qismidan iborat. Кirish qismida muallif «Devon»ning yaratilish sabablari, o‘z ish uslubi, asarning tuzilishi, turkcha so‘zlarning tuzilishida qo‘llaniladigan harflar, kitobda aytilgan va aytilmagan narsalar, turkiy tabaqalar va qabilalarning bayoni, turk tilining xususiyatlari, tilda va lahjalarda bo‘ladigan farqlar haqida fikr yuritadi. Asarning lug‘at qismida 7500 so‘z sakkizta bo‘limga ajratib izohlanadi. Mahmud Кoshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo‘lib qoldi. Ilmiy fan xazinasiga bebaho durdonalar qo‘shgan Mahmud az-Zamaxshariyning qadimgi turkiy tilshunoslikda ham o‘ziga xos o‘rni bor. Zamaxshariy – yirik tilshunos sifatida arab tilshunos-ligining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim bolsa-da, lug‘atlarida turkiy so‘zlarga ham alohida e’tibor berilib, ularda XII–XIII asrlar Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi o‘z aksini topgan. XIII–XIV asrlarda yashab ijod etgan Abu Hayyon al-Andalusiyning qadimgi turkiy tilshunoslikda tutgan o‘rni o‘ziga xos. U turkiy va arab tili muqoyasasiga doir ko‘plab asarlar yaratgan bo‘lib, ulardan xarakterlisi «Кitob al-idrok li lisonal-atrok» lug‘atidir. Asar 1312-yilda Qohirada bitilgan bo‘lib, lug‘at va grammatikadan iborat. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, asarda qipchoq unsurlari juda kuchli bo‘lib, shu bilan birga, o‘g‘uz unsurlari ham uchrab turadi. Qadimgi turkiy tilshunoslik taraqqiyotida tilshunos Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiyning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Uning taxminan XIII–XIV asrlarda yozilgan «Кitobu-lug‘at al-mushtoq fi lug‘at-it turk vo-l-qafchoq» («Turk va qipchoq tillariga mushtoqlarni qiziqtiruvchi kitob») asari arab, fors, turk, mo‘g‘ul tillari qiyosiga bag‘ishlangan, u turkiy tillarning tarixiy taraqqiyotini o‘rganishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Download 295.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling