Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet56/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

II bosqich. Eski o‘zbek tilshunosligining shakllanishi va taraqqiyotida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Aloyi Binni Muhibiy, Mirzo Mehdixon kabilarning lingvistik qarashlari va asarlari muhim ahamiyatga ega.

XIX asrning oxiriga kelib, o‘zbek tilshunosligida rus bosqinchilarining mahalliy xalq madaniyati, urf-odati va tilini o‘rganish ehtiyoji natijasida bir qancha amaliy ahamiyatga ega grammatikalar vujudga keldi. M.A.Terentevning «Turk, fors, qirg‘iz va o‘zbek tili grammatikasi» (1875), A.Starlevskiyning «Rus kishisining O‘rta Osiyodagi yo‘ldoshi» (1878), Z.A.Alekseev va V.Vishnegorskiyning «Сорт тили самоучители» (1884), M.Andreyevning «Sort tilini birinchi bor o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma»si (1896), F.Mashkovsevning «Sort tili darslari» (1899), V.P.Nalivkinning «Sort tilini amaliy o‘rganish uchun qo‘llanma»si (1898), N.Budzinskiyning «Sort tili darsligi» (1910) kabilar bunga misol.




Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling