Kuzatish rus. наблюдение, ing. Tracking eng ko‘p axborotli tadqiqot uslubi bo‘lib, u bo‘lgan va o‘rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni chetdan turib ko‘rishga imkon beradi.
Lingvomadaniy paradigma rus. Лингвистическая парадигма, ing. Linguistic paradigm bu dunyoqarashning etnik, ijtimoiy, tarixiy, ilmiy va h.k. o‘zaro aloqadorlikdagi kategoriyalarini aks ettiradigan til shakllarining majmuyi.
Lisoniy shaxs rus. Линзовидный человек, ing. Lenticular person muayyan bilimlar va tasavvurlar majmuyiga ega bo‘lgan nutqiy faoliyatni namoyon qiluvchi shaxs.
Maqola rus. Cтатья, ing. Article bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, u dolzarb ilmiy muammo bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishdir.
Mentalitet (nem. mentalitat < lot. mens, mentis - aql, idrok), rus. Умонастроение, ing. Mentality jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, madaniy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlardagi aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati. Mentalitet - xalq mentalligini, uning aqliy va ruhiy quvvatining ichki tuzilishini va differensiatsiyasini aks ettiradigan kategoriya. Mentalitetlar turli masshtablardagi lingvomadaniy jamoalarning psixolingvo-intellektlarini namoyon qiladi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’anaiari, rasm-rusmlari, urf-odatlari, diniy e’tiqod va irimlarini ham qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |