Magistratura stajirovkasi hisoboti


Download 176 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.03.2023
Hajmi176 Kb.
#1309555
Bog'liq
3034-Article Text-6149-1-10-20220426



Magistratura stajirovkasi hisoboti 
 
Tohir Xushnudbek o’g’li Ismailov 
Bobir Mansurovich Ibragimov 
Toshkent davlat pedagogika universiteti 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada magistratura talabalarining stajirovka o’tash 
dasturi haqida qisqacha ma’lumotlar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: magistratura, stajirovka, ta’lim tizimi, OTM, amaliyot. 
Master's Internship Report 
Tohir Khushnudbek oglu Ismailov 
Bobir Mansurovich Ibragimov 
Tashkent State Pedagogical University 
Abstract: This article provides a brief overview of the internship program for 
graduate students. 
Keywords: master's degree, internship, education system, university, internship. 
Magistratura mutaxassisigi talabalari 4-semestr davomida stajirovka (ilmiy 
amaliyot) o‘taydilar. Stajirovka davomida iqtisod, fan, texnika, madaniyat, sog‘liqni 
saqlash, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar 
bazasida eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlarni o‘rganish hamda 
magistratura talabasining magistrlik dissertasiyasini (yoki uning bir qismini) 
tayyorlash uchun materiallar yig‘ish, magistrlik dissertasiyasi mavzusi yuzasidan 
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertasiyasi (yoki uning bir qismi) uchun 
zarur bo‘lgan tajriba-sinovlarni o‘tkazish, ularni mutaxassislar muhokamasidan 
o‘tkazish, tajriba-sinov natijalaridan ilmiy xulosalar chiqarish bo‘yicha ishlarni amalga 
oshiradilar.
Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni 
egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim. OTM kengashi 
magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga ko‘ra magistratura talabasini 
stajirovka o‘tashga yuborish masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. 
Magistratura talabasi kadrlar iste’molchilari tomonidan tanlov asosida stajirovka 
o‘tashga jalb qilinishi mumkin. Stajirovka o‘tashga yuborilayotgan magistratura 
talabalari ro‘yxati OTMdan stajirovka rahbari ko‘rsatilgan holda OTM rektorining 
(direktorining) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Stajirovka o‘tash uchun yuborishda 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
738


magistratura talabasining qabul qiluvchi tashkilot tomonidan turar joy bilan ta’minlash 
imkoniyati hisobga olinadi. Stajirovka OTM joylashgan hududdan (shahardan, 
viloyatdan) tashqarida yoki xorijda o‘tkazilishi nazarda tutilganda, stajirovkaga borish 
va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda OTMning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, 
mazkur xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi ko‘rsatilgan hollar 
bundan mustasno.
❖ Stajirovka o‘tash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: 
❖ tayyorlov bosqichi (stajirovka o‘tashning birinchi kuni);
❖ asosiy bosqich;
❖ yakuniy bosqich (stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi). 
Stajirovka o‘tashning tayyorlov bosqichida - qabul qiluvchi tashkilotdan 
stajirovka rahbari tomonidan stajirovka o‘tash uchun kelgan magistratura talabasi 
tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda 
stajirovka o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va 
funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga stajirovka 
o‘tash dasturiga muvofiq tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda 
magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan 
kelishgan holda stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadval (kalendar reja) 
tuziladi. Stajirovka o‘tashning asosiy bosqichida - magistratura talabasi tomonidan 
stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalda (kalendar rejada) nazarda 
tutilgan ishlar bajariladi. Stajirovka o‘tashning yakuniy bosqichida - magistratura 
talabasi tomonidan stajirovka o‘tash davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va 
ularning natijalari ko‘rib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda baholanadi. Magistratura 
talabasi stajirovka o‘tab bo‘lgandan so‘ng, stajirovka bo‘yicha yozma ravishda hisobot 
tayyorlaydi.
Stajirovka yakunlari bo‘yicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi 
lozim: 
➢ stajirovka muddati, stajirovka o‘talgan tashkilotning nomi, joylashgan yeri; 
➢ OTMdagi stajirovka rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari 
haqida qisqacha ma’lumotlar,; 
➢ stajirovka dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarning bajarilganlik holati
bajarilmagan tadbirlar bo‘yicha magistratura talabasining asosli tushuntirishlari va 
tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar; 
➢ stajirovka xorijda o‘talgan bo‘lsa, OTM xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi 
bo‘limining xorijda o‘talgan stajirovka bo‘yicha xulosalarini aks ettiruvchi 
ma’lumotlar; 
➢ sohani takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan asosli amaliy takliflar; 
Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi stajirovka yakunlangandan so‘ng, bir oy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
739


ichida OTMda tashkil etiladi. Magistratura talabasi OTMda stajirovka bo‘yicha 
hisobot himoyasi o‘tkazilgunga qadar stajirovka bo‘yicha hisobotni dastlab 
mutaxassislik kafedrasi yig‘ilishida himoya qiladi. Himoya yakunlari bo‘yicha 
mutaxassislik kafedrasi tomonidan yozma ravishda xulosa beriladi. Magistratura 
talabasi stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi o‘tkazilishidan kamida 5 kun oldin 
OTMdagi stajirovka rahbariga stajirovka yakuni bo‘yicha quyidagi hujjatlarni taqdim 
etadi: 
✓ stajirovka bo‘yicha hisobot; 
✓ stajirovka kundaligi; 
✓ stajirovka o‘tash vaqtida to‘plangan materiallar yig‘majildi (ularning ro‘yxati 
stajirovka kundaligida aks ettirilgan bo‘lishi lozim). To‘plangan materiallar 
yig‘majildi stajirovka bo‘yicha baho qo‘yilgandan so‘ng, kelgusida o‘quv va amaliy 
faoliyatda foydalanish uchun magistratura talabasiga qaytarib beriladi. 
OTMdan stajirovka rahbari stajirovka yakuni bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni 
o‘rganib, stajirovka kundaligida stajirovka o‘tash natijalarini xulosa tarzida bayon 
etadi va imzolaydi. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi OTM rektori (direktori) 
buyrug‘i bilan OTMning malakali va tajribali pedagog xodimlaridan iborat tarkibda 
tuzilgan komissiya tomonidan OTMda o‘tkaziladi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. Lex.uz. 2020 yil, 
23 sentabr.
2. “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”. 2015 yil 2 mart, 36-son. Lex.uz. 
3. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 
30-oktabrdagi 9-2015-son 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
740

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling