Magistratura talabasining ilmiy rahbar ishtirokida ish rejada belgilangan vazifalar
Download 17.2 Kb.
|
1 2
Bog'liq1- Yarim yillik hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Ilmiy-pedagogik ishlar.
II.Ilmiy –tadqiqot ishlari.
O’quv jarayonining keyingi yarimyilligida bizga rahbariyat tomonidan ilmiy ishimiz, dissertatsiyani yozishimiz uchun zarur bo’lgan maslahat va ko’rsatmalar yanada oydinlashtirib berib borildi. Ko’rsatmalar asosida dissertatsiyaning dastlabki I bobi o’z yakuniga yetkazish yuzasidan batafsil va to’laqonli malumotlarga ega bo’ldim. Shu yo’sinda dastlabki qismlarni tayyor ishchi holatga keltirishga harakat qilindi. Ilmiy rahbarimiz bilan birgalikda mavzu yuzasidan adabiyotlar to’plami haqida fikr-mulohazalar almashdik. Ilmiy rahbarim tomonlaridan tavsiya etilgan dissertatsiya ishi, adabiyotlar, mavzuga doir bo’lgan maqolalar bilan yaqindan tanishib chiqdim. O’z dissertatsiyam uchun adabiyotlar bazasini ham jarayon davomida shakllantirib oldim. Dissertatsiya mavzusi doirasida ilmiy maqolalar va tezislar chop ettirdim. Xorijiy olimlar tomonidan bajarilgan ishlar, xorijiy mamlakat olimlari tomonidan yozilgan maqolalar ham o’rganib chiqdim. Dissertatsiyamning metodologik qismi uchun metodlar ham ko’rib, o’rganilib chiqildi. Ilmiy rahbar tomonidan ham metodologik tavsiyalar olindi. Metodikalarni amalda sinab ko’rish uchun dastlabki tushuntirish ishlari bilan ham tanishdim. Xorij olimlari tomonidan yozilgan, yaratilgan ilmiy asarlar va metodlarni tarjima qilish ham tavsiya etildi. Tavsiyaga asoslangan holda mavzuga doir bir nechta adabiyotlar tarjimasini amalga oshirishni boshladik. Ilmiy rahbarim tomonlaridan ilmiy maqola yozish tartibi, qonun-qoidalar haqida to’liq malumotlarni oldim. Olingan ma’lumotlar asosida, va tavsiyalarga tayangan holda dissertatsiyam mavzusi doirasida maqolalar yozildi hamda bir necha nashrlarga chop etildi. III. Ilmiy-pedagogik ishlar. Dars jarayonlarida bilimlarga ega bo’lish bilan bir qatorda biz magistratura bosqichi talabalari dastlabki pedodogik jarayonlarni kuzatishga ham jalb etildik va yil yakuniga ko’ra kafedramizning ko’p yillik tajribaga ega o’qituvchilarining dars o’tish jarayonlaridan pedagogik tahlillarni kuzatuvchi sifatida o’rganib kelajakda dars jarayonini tashkil etish uchun yetarlicha ko’nikmalarga ega bo’lib oldik. Asosiy e’tibor dissertatsiyani muvaffaqiyatli bajarishga qaratilishi lozimligi, buning uchun fanlar yuzasidan taqdim etilayotgan ma’lumotlar bazasini imkon qadar barchasini o’zlashtirishga intilish lozimligi professor-o’qituvchilarimiz tomonidan ta’kidlab o’tildi. O’quv jarayonining keyingi yarimyilligida dissertatsiyaning I bob qismi to’liq darajada ishchi holatga keltirildi, adabiyotlar sharhi amalga oshirildi. Tajribalarni amalga oshirish bilan bir vaqtda pedagogik faoliyat amalga oshirildi. Ilmiy rahbar: psixol.f.b.f.d. (PhD) G.T.Turgunova Magistrant: T.O.Olimov Download 17.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling