MAGISTRLIK AKADEMIK DARAJASINI OLISH UCHUN DISSERTATSIYA USTIDA
ILMIY IZLANISH OLIB BORISH HAMDA MAVZUNI YORITISH BO‘YICHA
HAMKORLIK SHARTNOMASI
«____» _________ 2023 yil ____-son Termiz shahar
Termiz davlat pedagogika instituti rektori v.v.b., professor I.T.Xasanov va Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri O.N.Sadatov tomonidan ushbu shartnoma imzolandi. Termiz davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi 70110102-Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi magistranti Temirova Zilola Hikmatovnaning “Shaxs xulq-atvorida yolg‘on va aldov holati kuzatilishining psixofiziologik xususiyatlari” mavzusida (ilmiy rahbar p.f.d.,prof.B.M.Umarov) magistrlik akademik darajasini olish uchun dissertatsiya ustida ilmiy izlanish olib borishi hamda ushbu mavzuni yoritishda Termiz shahridagi 12-,13,-15,-16-sonli umumta’lim maktablarida tajriba sinov ishlarini tashkil etish, natijalarni sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasida quyidagi mazmunda ishlarni tashkil etish belgilandi.
TOMONLARNING VAZIFALARI
1. Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limining majburiyatlari:
1.1. Termiz shahridagi 12-,13,-15,-16-sonli umumta’lim maktablarida tajriba sinov ishlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sinovlarni holisona va to‘laqonli o‘tkazishga ko‘maklashish hamda amaliyotga joriy qilinishini ta’minlash.
1.2. Ilg‘or tajribali pedagoglarning ijodkorlik va tashabbuskorlik namunalari hamda pedagogik mahorat qirralari bilan tadqiqotchini yaqindan tanishtirish.
1.3. Maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan ishlashda tadqiqotchi bilan hamkorlik qilish. O‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishlarida tadqiqotchi tomonidan tayyorlangan materiallar (so‘rovnomalar, anketa-testlar)dan foydalanishni ta’minlash.
1.4. Maktablarning ijtimoiy pasportlarini tayyorlashda tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan metodlardan unumli foydalanish.
1.5. Tadqiqotni olib borishda umumta’lim maktablarining mas’uliyatini oshirish, natijalarini umumlashtirish, shu asosda ma’ruza va maqolalar tayyorlashda hamkorlik o‘rnatish.
1.6. Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichiga qadar mutasaddilarning mas’ulligini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |