Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablar va uni tayyorlash bosqichlari


Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash


Download 194.01 Kb.
bet2/13
Sana10.11.2023
Hajmi194.01 Kb.
#1762259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasini yozish tartibi

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash


Magistrlik dissertatsiyasi o’qish va o’quv dasturlarini o’z- lashtirish jaraѐnida magistratura talabasi egallagan nazariy- amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari- ning natijasi hisoblanadi.


Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari dolzarb ilmiy- tadqiqot masalalariga ѐki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag’ishlanishidan kelib chiqib, institutning tegishli mutaxas- sislik kafedrasi pedagog xodimlari tomonidan O’zbekiston Res- publikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy- tadqiqot va loyihalash muassasalari bilan o’zaro hamkorlikda shakllantiriladi.
Magistrlik dissertatsiyasiga institut professor(fan dok- tor)lari, dotsent(fan nomzod)lari, O’zbekiston Respublikasi Fan- lar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning
4O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Magistratura to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi 2015 yil 2 mart36-son qarori ilovasi. IV. Magistraturada ta’lim jaraѐnini tashkil etish qismi, 14-bandi.//(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 9-son, 98-modda, 43-son, 549-modda).//Manba: http://www.lex.uz
yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek, belgi- langan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar ѐki ilmiy unvon- larga ega bo’lgan xorijiy mutaxassislar ilmiy rahbarlikni amalga oshiradi. Magistratura talabasiga institutda asosiy shtat birligida ishlamaydigan xodimlar tarkibidan ilmiy rahbar ta- yinlanganda, qo’shimcha ravishda tegishli mutaxassislik kafedrasi pedagog-xodimlari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.
Mutaxassislik kafedrasi taqdim etgan va magistratura bo’- limi kengashi tomonidan tavsiya etilgan magistratura talaba- larining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar bo’yicha prorektor taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari o’qiѐt- gan birinchi o’quv yilining birinchi ikki oyi davomida institut rektorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o’qigan ta’lim tilida (ilmiy ishlar bo’yicha prorektor roziligi asosida xorijiy tilda ham) tayѐrlanadi. Xorijiy tilda tayѐrlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida ѐzilgan annotatsiya ilo- va etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi mustaqil bajarilishi talab eti- ladi. Uni bajarishda talabadan kasb odob-axloqi qoidalariga qat’iy rioya etishi (plagiat, statistik va boshqa ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek, ѐlg’on tsitatalar keltirishga yo’l qo’y- masligi) talab etiladi.
Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
- tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan masalalar bo’yicha tizimli ravishda ѐrdam berish maqsadida mas- lahatlar jadvalini tuzish;

  • tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qo’llashda magistratura talabasiga ko’maklashish;

  • magistratura talabasining belgilangan kalendarь ish re- jasi bo’yicha ishlarning bajarilishini va magistrlik disserta- tsiyasi o’z vaqtida tayѐrlanishini nazorat qilish;

  • dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish.

Yuqoridagilar asosida tegishli kafedra mudiri va ilmiy rahbari zimmasiga aniq mas’uliyatlar yuklatilgan. Magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida belgilangan talablarga
muvofiq, magistrga tayinlangan ilmiy maslahatchiga ham ilmiy rahbar bilan bir xil mas’uliyat yuklatiladi.
Yuqori saviyada va sifatli bajarilgan magistrlik disser- tatsiyalari turli tanlovlarda ishtirok etishi holatlarida undan nusxa ko’chirilishi mumkin.



    1. Download 194.01 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling