Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablar va uni tayyorlash bosqichlari
Download 194.01 Kb.
|
Magistrlik dissertatsiyasini yozish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magistrlik dissertatsiyasini tayѐrlash bosqichlari
MAGISTRLIK DISSERTATSIYaSIGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR VA UNI TAYYoRLASH BOSQICHLARIMagistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablar “Magistr” - (lotincha, magister) mohiyatan “o’z ishining usta- si” ma’nosini anglatadi3. Qadimgi Rimda magistr yuqori lavo- zimli shaxs bo’lsa, Vizantiyada esa, magistr - oliy tabaqadagi xizmatchilarning eng yuqori darajasi hisoblangan. Keyingi davr- larda “magistr” tushunchasi, masalan, Yevropa universitetlari falsafa fakultetlarida, ilmiy daraja sifatida qo’llanilgan. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistr ba- kalavr darajasidan keyingi oliy ta’lim bosqichi hisoblanadi. Xususan, magistr akademik darajasiga ega bo’lgan shaxs sifatida ilmiy-tadqiqot uslubiѐti, ilmiy axborotlarni qayta ishlash va saqlash bo’yicha zamonaviy texnologiyalarni biladigan, chuqur bilimli, iqtidorli, raqobatbardosh darajadagi kasbiy ko’nikmaga ega bo’lgan mutaxassisdir. Magistrlik dissertatsiyasini tayѐrlash jaraѐnida talaba: - ilmiy izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko’ra olishi va ularni yechishning umumiy usullari va yo’llarini o’rganishi; - o’quv-tadqiqot davomida olingan axborotlarni matn, jadval ѐki tasvirlar (chizma, rasm) shaklida mujassamlantira olishi; - tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashi; - soha bo’yicha yechilaѐtgan ilmiy masala-muammolarni tahlil qilishi; - qo’yilgan masalani yechish uslublarini ko’rib chiqishi va eng samara-lisini aniqlashi; - eng samarali muqobil yechimni ilmiy jihatdan asoslab berishi; - ilmiy masala yechimining natijalari bo’yicha xulosa va takliflarni shakllantirishi hamda iqtisodiѐtning tegishli tarmoq va sohalarida qo’llash imkoniyatlarini aniqlashi lozim. 3 http://dic.academic.ru Magistrlik dissertatsiyasini tayѐrlash bosqichlariO’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ma- gistrlar tayѐrlashni tashkil etish bosqichlari va bajarish mud- datlari “Magistratura to’g’risidagi Nizom”da aniq belgilab qo’yilgan. Mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan magistrlar tayѐrlashni tashkil etish sxemasining V-VI va VIII bosqichlarida4 magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan talablar va uni tayѐr- lash quyidagilardan iborat: magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash va ilmiy rah- barni tayinlash (birinchi o’quv yilining birinchi ikki oyi davomida); magistrlik dissertatsiyasini tayѐrlash (magistratura ta- labasining kalendarь ish rejasi bo’yicha); magistrlik dissertatsiyasining dastlabki va rasmiy himoyasi (jadval asosida) mantiqiy ketma-ketlikda amalga oshirilishi qat’iy belgilangan. Download 194.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling