Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablar va uni tayyorlash bosqichlari


MAGISTRLIK DISSERTATSIYaSINING DASTLABKI VA RASMIY HIMOYaSI


Download 194.01 Kb.
bet5/13
Sana10.11.2023
Hajmi194.01 Kb.
#1762259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasini yozish tartibi

MAGISTRLIK DISSERTATSIYaSINING DASTLABKI VA RASMIY HIMOYaSI


O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ma- gistrlar tayѐrlashni tashkil etish “Magistratura to’g’risidagi Nizom”ning 1-ilovasida keltirilgan sxemaning VIII bosqichida magistrlik dissertatsiyasining dastlabki va rasmiy himoyasi (jad- val asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi) qat’iy belgilangan.




    1. Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi


Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedrada shakllanti- rilgan komissiya oldida amalga oshiriladi. Magistrlik disserta- tsiyasining dastlabki himoyasiga boshqa kafedralardan, shuningdek, kadrlar iste’molchilari bo’lgan tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.


Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tash- qi taqrizlar hamda ilmiy rahbar xulosasini olishi, shuningdek, magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga doir ma’lumotlar ѐritilgan kamida 2 (ikki) va undan ko’p ilmiy maqola ѐki tezisni chop etgan bo’lishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi bosqichma- bosqich (masalan boblar kesimida) magistratura talabasining ka- lendarь ish rejasiga muvofiq belgilangan muddatlarda o’tkazi-
lishi maqsadga muvofiqdir. Magistrlik dissertatsiyasining dast- labki himoyasi yakunida “rasmiy himoyaga tavsiya etildi” ѐki “rasmiy himoyaga tavsiya etilmadi” tarzidagi yakuniy xulosa ka- fedra yig’ilishi baѐnnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi oldidan taqdim etila- digan hujjatlar (9-ilova) talab darajasida rasmiylashtiril- ganligini tegishli mutaxassislik kafedrasi muxokama etadi va maxsus jildda Yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etilishini ta’minlaydi.


    1. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi


Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan tasdiqlangan jad- val asosida belgilanadi. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi institutda shakllantirilgan Yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi o’rinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan o’tkaziladi.


Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot ma- teriallari bilan baѐn etilishi 30 daqiqadan oshmasligi lozim.
Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasida Yakuniy Davlat attestatsiyasi komissiyasi a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

  • magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarb- ligini va uning amaliѐt bilan bog’liqligini ko’rsatib bera olishi;

  • magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil ѐndashuvi;

  • foydalanilgan ilmiy adabiѐtlar, ilmiy nashrlar, me’ѐriy- huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek, xorijiy adabiѐtlarning tanqidiy tahlili to’liqligi va chuqurligi;

  • tadqiqot usullari amaliѐtda qo’llanilishining asoslanganligi;

  • olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;

  • magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doi- rasida o’tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivoj- lantirish istiqbollarini ko’ra bilish qobiliyati;

  • magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qism- laridagi o’zaro mantiqiy bog’liqlikni kuzata bilish malakasi.

Magistrlik dissertatsiyasiga “qoniqarsiz” baho qo’yilganda ѐki u rasmiy himoyaga qo’yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 (uch) yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.
Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi kengashida muhokama etiladi.
Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 (uch) yil davomida saqlanadi.
1-ilova (titul varaq shakli)

Download 194.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling