Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablar va uni tayyorlash bosqichlari


Magistrlik dissertatsiyasini tayѐrlash va uning tarkibiy qismlari hamda ularni rasmiylashtirish yuzasidan


Download 194.01 Kb.
bet3/13
Sana10.11.2023
Hajmi194.01 Kb.
#1762259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasini yozish tartibi

Magistrlik dissertatsiyasini tayѐrlash va uning tarkibiy qismlari hamda ularni rasmiylashtirish yuzasidan


qo’yiladigan talablar

Institutda magistrlik dissertatsiyasini tayѐrlash magist- ratura talabasining kalendarь ish rejasi5da belgilangan muddat- larda amalga oshiriladi.


Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishi (loyiha- rejasi) tegishli mutaxassislik kafedrasida muhokamasidan o’tka- ziladi. Dissertatsiyaning tegishli bob va qismlari kesimida tad- qiq etilaѐtgan muammo va uning nazariy-amaliy yechimlari man- balar asosida mantiqiy ketma-ketlikda asosli ѐritilishi yakuniy xulosa va tavsiyalari mazmunining o’zaro mantiqan yaxlitligini ta’minlashga qaratilishi muhim hisoblanadi.
Xususan, magistrlik dissertatsiyaning tarkibi quyidagicha bo’ladi:

  • titul varaq (1-ilova);

  • magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi ikki tilda, ya’ni ta’lim tili va ingliz tilida (2-ilova);

-mundarija(3-ilova);
-kirish (4-ilova);
-asosiy qism (5-ilova);
-xulosa va takliflar (6-ilova);
-foydalanilgan adabiѐtlar ro’yxati (7-ilova);
-ilovalar (8-ilova).


5O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Magistratura to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi 2015 yil 2 mart 36-son qarorining 2-ilovasida keltirilgan shaklda ishlab chiqilgan va rasmiylashtirilgan Magistratura talabasining kalendarь ish rejasi nazarda tutilmoqda. //Manba: http://www.lex.uz
    1. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish yuzasidan qo’yiladigan talablar


Magistrlik dissertatsiyasi matni 70-80 sahifadan oshmasligi kerak (titul varaq, mundarija, foydalanilgan adabiѐtlar ro’y- xati, shartli belgilar va atamalar ro’yxati hamda ilovalar ko’r- satilgan hajmga kiritilmaydi).


Magistrlik dissertatsiyasi matni A4 formatdagi qog’oz vara- g’ining bir tomonida joylashishi va qoida tariqasida, standart varaq 1,5 qator oralig’ida ѐzilishi, har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o’ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshilar orasidagi oraliq - 4-5 belgili ѐki 1,25 sm va bir xilda bo’lishi lozim. Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman, 14 shriftida ѐzish tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining betlari titul varag’i (1) va mundarija (2)dan boshlab sanaladi. Ammo, titul varag’iga - 1 va mundarijaga - 2 raqamlari qo’yilmaydi. Magistrlik dissertatsiya- si betlari raqami, uning kirish qismidan, ya’ni 3 raqamidan boshlanadi va mazkur betning tartib raqami varaqning pastki o’rta qismida keltiriladi, uning oxirgi varag’igacha izchil ketma-ket- likda raqamlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy qismlari, ya’ni ti- tul varag’i, mundarijasi, kirish, har bir bobi, xulosa, foydala- nilgan adabiѐtlar ro’yxati va ilovalar qismi yangi betdan rasmiy- lashtiriladi. Dissertatsiya tarkibiy qismlarining bosh sarlavha- lari (Mundarija, Kirish, Xulosa va takliflar, Foydala- nilgan adabiѐtlar ro’yxati, Ilova) bosh harflarda ѐziladi.
Dissertatsiyaning titul varag’ini namunaga mos ravishda ras- miylashtirish talab etiladi.
Disserattsiyaning boblari rim raqamlari bilan I bob, II bob, III bob tarzida raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo’ladi. Parag- raflar esa, boblarga mos ravishda 1.1, 1.2, 1.3 ѐki 2.1, 2.2, 2.3 tarzida arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo’ladi. Har bir bob va paragraf sarlavhalarining yuqori va pastki qismidan 12 o’lchamli (12 pt) oraliq qoldirilishi kerak.
Dissertatsiya matnida foydalanilgan adabiѐtdan olingan bi- rinchi havola, ya’ni iqtibos u joylashgan betning pastki qismida 1 raqamida (1 -matn yuqorisidagi belgi tarzida) keltiriladi. Keyin-
gi ixtibos ham shu tariqa ketma-ketlikda raqamlanadi. Iqtibos matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman, 9 shriftida keltirilishi tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasida keltirilgan surat, grafik, chiz- ma, diagramma va shu kabilar rasm so’zi bilan ifodalanib, ular matnda qulay tarzda joylashtirilishi lozim. Rasmlar dissertatsiya boblari tartib raqami ko’rsatilgan holda ketma-ketlikda kel- tiriladi (masalan: 1.1-rasm, 1.2-rasm va shu tarzida) rasmning tartib raqami va nomi uning pastki qismida joy-lashtiriladi (dissertatsiyaning ilovalarda keltirilgan rasmlar bundan mustas- no). Rasmga izoh berilishi, uning manbasi keltirilishi talab etiladi.
Dissertatsiyada statistik materiallar jadval ko’rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Jadvallar tegishli boblar tartib raqami ko’rsatilgan holda ketma-ketlikda (masalan: 1.1-jadval, 1.2-jadval va shu tarzda) jadvalning yuqori o’ng burchak qismida, jadvalning nomi keltirilgan holda uning yuqori qismida joy- lashtiriladi. Jadval va rasmlar bir varaqdan oshib ketmasligi lozim. Agar hajmi bir varaqdan oshadigan bo’lsa, uni ilovada aks ettirish maqsadga muvofiqdir.
Dissertatsiya matnida formula mavjud bo’lsa, unda katta va kichik harflar, yuqori va pastki indekslar “Misrosoft Word” matn redaktorining “Formula” funktsiyasi ѐrdamida aniq keltirilishi shart. Formula va tegishli material “LaTeX” formatida berilishi mumkin.
Formulada belgilarning o’lchami ifodalanishi quyidagicha bajarilishi tavsiya etiladi:
- katta harflar va raqamlar 5-6 mm;
- kichik harflar 3 mm. dan kam bo’lmagan ko’rinishda;
- daraja ko’rsatkichlari va indekslari 2 mm.dan kam bo’lmagan hajmda.
Formula belgilarining izohi bevosita uning quyi qismida formuladagi ularning ketma-ketligi bo’yicha keltiriladi. For- mula belgilarining ma’nolari birinchi qatori bunda so’zi bilan ikki nuqtasiz boshlanadi. Har bir belgining ma’nosi yangi qa- tordan boshlanishi lozim.
Formulalar matnda alohida bo’sh qatorlar bilan ajratib ѐziladi. Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlaridan 12 o’lchamli (12 pt) oraliq qoldirilishi talab etiladi.
Formula bitta qatorga sig’magan holda sig’magan qismi teng- lik belgisi “=” ѐki qo’shish “+”, ayirish “–”, ko’paytirish “x” va bo’lish “:” belgilaridan keyin ko’chirilishi kerak. Har bir formula, u joylashgan bob tartib raqami ko’rsatilgan holda ketma- ketlikda, masalan: (1.1), (1.2) va shu kabi tarzda formulaning o’ng tomonida qavs ichida keltiriladi.
Dissertatsiya matnida foydalanilgan rasm, jadval ѐki for- mulaga havola qavs ichida, tegishli rasm, jadval ѐki formula joy- lashgan bob masalan: (1.1), (1.2) va shu kabi tarzda tartib raqami (belgisi) ko’rsatilgan holda “qarang so’zi” qo’llaniladi.
Dissertatsiya matnida ko’rsatilgan shaxslarning familiyasi, is-i-sharifi hamda tashkilot va mahsulotlarning nomlari va boshqa atoqli otlar o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Dissertatsiyaning ilovalari alohida betlarda ketma-ketlikda (masalan: 1-ilova, 2-ilova va shu tarzda) ifodalanadi. Har bir ilovaga dissertatsiya tarkibida iqtibos keltirib o’tilgan bo’lishi lozim.



Download 194.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling