O‘zpaxtasanoat" aj tugatish bo‘yicha "Loyiha ofisi" rahbari A. Xolmatovga


Download 35.5 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1230806
















O‘zpaxtasanoat” AJ tugatish bo‘yicha “Loyiha ofisi” rahbari A.Xolmatovga

Hurmatli Sobirjon Xolmatov!
Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish” kafedrasi Respublikamiz paxta tozalash sanoati korxonalari uchun kadrlar tayyorlab beruvchi mutaxassislik kafedralardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 08-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847–son Farmoni hamda 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4939–son qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini amalda ta’minlash maqsadida, paxta tozalash sanoati korxonalari uchun malakali kadrlar yetkazib berish, ularning amaliy malaka va ko‘nikmalarini yetarli darajada shakllantirish, mutaxassislik fanlaridan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish uchun kafedra qoshidagi mavjud laboratoriyani jihozlash, uning moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalarda xozirgi kunda foydalanilmayotgan, balans qiymati nol bo‘lgan laboratoriya uskunalarini olishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Laboratoriya uskunalari ro‘yxati ilovada keltiriladi.

Oldindan minnatdorchilik bildirib

Rektor A.Usmankulov


Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling