Magmatik jinslar
Magmatik tog’ jinslarining mineral tarkibi
Download 64.91 Kb.
|
Magmatik jinslar PETROGRAFIYA
Magmatik tog’ jinslarining mineral tarkibi
Magmatik tog’ jinslarini ta'riflashda ularning mineral tarkibini aniqlash birinchi darajali ahamiyatga egadir. Buning uchun shuni nazarda tutish kerakki, bir xil minerallar magmaning qotishi vaqtida hosil bo'lsa, boshqalari esa keyinchalik, tayyor jins ichida hosil bo'ladi. Shunga kura jinslarni tashkil qilgan minerallarni (birlamchisingenetik) va ikkilamchi (ya'ni epigenetik) minerallar deb yuritiladi. Magma tog’ jinslarni tashkil qilgan birlamchi mine-rallarga temir va magneziyli minerallar, kaliyli dala shpatlari, plagioklazlar, nefelin, kvarts va boshqalar kiradi. Ikkilamchi minerallar keng tarqalgan avtometamorflashgan jarayonlar natijasida hosil bo'ladi. Ular quyidagilardan iboratdir: Kaolinlanish - kaliyli dala shpatlari hisobiga jinsning alyumsilikatlardan kaolinitning hosil bo'lishi. Bunday vaqtlarda ko'pincha kaolinlashgan jinsning ayrim joylarida kaliyli dala shpatining donachalarini yoki zich yuzalarda ularning qoldiq (relikt) strukturasini uchratish mumkin. Seritsitlanish - jinsning plagioklazlar hisobi ga seritsit (juda mayda muskovit) bilan almashinishi. Epidotlanish - jinsdagi asos plagioklazlar hisobiga epidotning hosil bo'lishi. Xloritlanish - magma jinslardagi ba'zi bir xil minerallarning va vulqon shishasining xlorit bilan almashini-shi. Serpentinlanish - olivinning serpentinga aylanishi. Bu asos va o'ta asos jinslar uchun xosdir. Buning natijasida o'ta asos jinslar serpentinitlarga aylanib qoladi. Bu jarayonlarni o'rganish katta ahamiyatga ega. Chunki jins hosil bo'lgandan so'ng u qanday sharoitda bo'lganini ko'rsatib beradi. Magmatik jinslarning ichidagi yot jinslar ksenolitlar deb ataladi. Ular ko'pincha magma o'chog’ining Yuqori qismini, ya'ni “tomini o'pirilishi” natijasida hosil bo'ladi. Demak, ksenolitlar bir talay Cho’kindi va boshqa jinslarning magma ichidagi bo'laklari bo'lib, ular ba'zan magmaning tarkibini ham o'zgartirib yuboradi. Ksenolitlarni aniqlash ancha osondir. Chunki ularning rangi, ayniqsa strukturasi va mineral tarkibi butunlay boshqacha bo'ladi. Ksenolitlar har xil kattalikda bo'ladi. Intruziv magmatik jinslarning mineral tarkibini aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Plyus ishorasi mineralning borligini, minus ishorasi mineralning yo'qligini, ikki xil ishora (yo) mineralning odatda bo'lishligini, lekin bo'lmasligi ham mumkinligini; (±) esa aksincha, odatda bo'lmay, lekin bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi. Bu minerallarga kvars , dala shpatlari, slyudalar, amfibollar piroksenlar, olivinlar, granatlar kiradi . Albatta muayyan jins tarkibiga qarab ushbu minerallarni tarkibi, o’zaro miqdpori o’zgarishi mumkin.Bulardan tashqari nisbatan kam uchraydigan, yani ikkilamchi minerallar ham rivojlanadi ASOSIY JINS HOSIL QILUVCHI MINERALLAR Kvars – SiO2. Geksagonal singoniyali (nomining kelib chiqishi ma'lum emas). Ulanish tekisligi yo'q va qo'shaloqligi yaxshi ko'rinmaydi. Ng=1,553; Np=1,544. U optik bir o'qli, musbat. Rangsiz, oq xillari keng tarqalgan. Mikroskop ostida kvars rangsiz, har doim tiniq, o'zgarmas va doim tinniq Dala shpatlari minerallari minerallar magmatik tog' jinslarda juda keng tarqalgan guruhidan biri. Yer po'stida keng tarqalgan bo'lib , og'irligi bo'yicha 50 % ga yaqinini tashkil qiladi . Dala shpatlar hajmini 60 % magmatik, 30 % chamasi metamorfik va qolgan 10 % cho'kindi tog' jinslar tarkibini tashkil etadi. Kimyoviy tarkibiga ko'ra kaliyli dala shpatlar ortoklaz (Or) – KAlSi3O8 va albit (Ab) - NaAlSi3O8 larning biri-birlari bilan qattiq, izomorf qorishmalarini hosil qiladi. Feldshpatoidlar- bu guruhga kiradigan minerallar odatda kremniy oksidiga to'yinmagan, ammo kaliy va natriyga boy bo'ladi. Feldshpatoidlarlarga kiruvchi minerallar quyidagilardan tashkil topgan: NEFELIN – KNa3 (AlSiO4 ]4 LEYSIT – KAlSi2O6 ANALSIM – Na[AlSi2O6]·H2O NOZEAN – Na8 [Al6Si6O24]SO4 GAYUIN– (NaCa)[Al6Si6O24] Slyudalar - bu guruhga kiradigan minerallar 50 dan ortiq boʼlib, yer qobigʼidagi asosiy jins hosil qiluvchi mineralning qariyb 3,8% ni tashkil qiladi. Slyudalarning kimyoviy tarkibi quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi: X2U4-6Z20(OH, F)4 Flogopit - K2Mg6 [Al2Si6O20 ](OН, F)4 Biotit - K(Mg, Fe)3 [Si3AlO10](OH,F)2 . Muskovit - KAℓ2 [AℓSi3O10](OH)2 . Lepidolit - K(Li,Al)2-3 [Si3AlO2-10](OH,F)2 Sinvaldit - KLiFeAl[Si3AlO10](F,OH) Piroksenlar keng tarqalgan jins hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi. Ular oʼta asos,asos, oʼrta va nordon magmatik jinslar tarkibida uchraydi. Undan tashqari yuqori bosqichdagi hududiy va kontakt metamorfizm mahsulotlarida, metasomatik jinslar (skarnlar, fenitlar) tarkibida keng tarqalgan. Magnezial ortopiroksenlar ultramafik otqindi jinslar uchun xarakterli mineral, ular bu togʼ jinslar tarkibida olivin, diopsid, avgitlar bilan birga uchraydi. Temirga boy ortopiroksenlar esa asos, oʼrta va nordon magmatik jinslarda tarqalgan. Olivinlar -tarkibi odatda forsterit komponentining miqdori bilan belgilanadi: Fo60, Fo70 va boshqalar. Masalan, Fo60, olivin tarkibida 60% forsterit (magniyli)komponenti va 40% fayalit (temirli) komponenti borligini bildiradi. Tuzilishi. Izolyatsiya qilingan [SiO4] tetraedrridan iborat bo’lib, cho'qqilar navbat bilan yuqoriga va pastga yo'naltiriladi. Tetraedrlar kationlar orqali bog'langan. M1 va M2 katyonik pozitsiyalari.Rombik singoniyada kristallanadi Ikkilamchi minerallar qatoriga asosiy minerallarni oʼzgarishi, parchalanishi natijasida hosil boʼlganlar kiradi. Masalan, biotit va amfibolni oʼzgarishi natijasida xloritlar, epidotlar, karbonatlar paydo boʼladi. Piroksen hisobiga amfibol, biotit, epidot shakllanadi va hokazo. Bu tarzdagi minerallar miqdor jihatdan jinsni tarkibini oʼzgartira olmaydi, ammo uni tarkibini nihoyatda murakkablashtiradi. Baʼzi bir hollarda, togʼ jinsi faqat ikkilamchi minerallardan iborat boʼlishi mumkin. Bunday hollarda ular magmatik emas, balki metasomatik jinslarga aylandilar. Misol tariqasida, kvarsitlarni, berezitlarni koʼrsatishimiz Download 64.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling