Magmatik jinslar
Download 64.91 Kb.
|
Magmatik jinslar PETROGRAFIYA
Magmatik tog’ jinslari
Aksessor yoki kam uchraydigan minerallar Tasodifiy yoki jins uchun begona minerallar MAGMATIK JINSLARNING MINERALOGIK TARKIBI Asosiy jins hosil qiluvchi minerallar Ikkilamchi minerallar MINERALLAR Magma tog’ jinslari, Yuqori mantiya (astenosfera) va litosfera quyi qismidagi Yuqori temperaturali silikatli tabiiy eritma magmaning kristallanishi natijasida hosil bo'ladi. Magmaning paydo bo'lish sharoitiga qarab turli tarkibdagi magmalar hosil bo'ladi. Magmaning kristallanishi natijasida, ichidagi uchuvchan komponentlarning bir qismi kamayadi; buning natijasida magmaning va undan hosil bo'luvchi jinslarning kimyoviy tarkibi turlicha bo'ladi. Magma tog’ jinslarining mineral tarkibi va strukturasiga qarab sinflarga bo'lish mumkin. Magmaning asosiy tarkibini tashkil qiluvchi kimyoviy komponentlarga, ya'ni oksidlarga SiO2, TiO2, A12O3, Fe2O3, FeO, MgO, CaO, N2O, K2O va uchuvchan komponentlarga esa H2O, CO2, SO2, F, B, C1 kiradi (juda oz miqdorda oksidlar va boshqa elementlar uchraydi). Magmaning quyuq va suyuqligi uning kimyoviy tarkibiga ta'sir ko'rsatadi va bu o'rinda kremniy oksidi (SiO2) muhim o'rinni egallaydi. Bu oksidga boy magma (nordon) ancha quyuq (hamirsimon), kambag’allari esa temir va magniyga boy bo'lganlari (asos va o'ta asos) suyuq bo'ladilar. Shuning uchun ham intruziv jinslarning orasida nordon tog’ jinslari, effuzivlarning ichida esa asos (bazal’t) lari ko'proq bo'ladi. Magma tog’ jinslarini hosil qiluvchi minerallar genetik belgilariga, ikkilamchi va kristallooptik xususiyatiga qarab shaffof va noshaffofga bo'linadi. Birlamchi mineral magma eritmasidan to'g’ridan-to'g’ri kristallanib ajralib chiqqan, ikkilamchilari esa eritmaning to'la kristallanishidan hosil bo'lgan birlamchi mineralning o'zgarishidan yoki eritmadan ajrab chiqib yoriqlar va bo'shliqlarning to'lib qolishidan hosil bo'ladilar. Birlamchi minerallar muhim va aktsessor (aralashma ikkinchi darajali) minerallarga bo'linadi. Birinchisi - rangsiz va rangdorlarga bo'linadi. Rangsizlarga kvarts, dala shpatlari (ortoklaz, sinidin, mikroklin, anortoklaz, plagioklazlar), fel’dshpatoidlar (nefelin, sodalit, leytsit), rangdorlarga-slyudalar (biotit, muskovit, flagopit), amfibollar, piroksenlar va olivinlar) gruppalari kiradi. Slyudalar rangdorlarga o'tish minerallari bo'lib, ulardan muskovit rangsizlar jumlasidandir Mineral tarkiblariga qarab magma tog’ jinslarining sinflarga bo'linishi juda sodda va qulay. Chunki to'la kristal-langan jinslarning mineral tarkibiga qarab bo'linishini aniqlash ancha qulay. Biroq to'la kristallanmagan jinslar uchun ancha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Magma tog’ jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi odatda bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Sinflarga bo'luvchi muhim jins hosil qiluvchi minerallarga kvarts, dala shpatlari va fel’dshpatoidlar kiradi. Shunga ko'ra magma jinslar kvartsli va kvartssizlarga bo'linadi. Dala shpatlariga qarab, ular kaliy shpatli va plagioklazli, shuningdek aralashgan jinslarga bo'linadi. Nihoyat fel’dshpatoidli jinslar gruppasi ham mavjud. Magmatik tog’ jinslari uch xil xususiyatiga ko'ra, ya'ni hosil bo'lish sharoitlariga (genezisiga), kimyoviy tarkibiga va mineral tarkibiga qarab sinflarga bo'linadi Download 64.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling