Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari


-rasm. Kempirsoy xromit koni uchastkalaridan birining ko‘ndalang qirkimi (N.V


Download 68.35 Kb.
bet4/11
Sana31.01.2024
Hajmi68.35 Kb.
#1818517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI

7-rasm. Kempirsoy xromit koni uchastkalaridan birining ko‘ndalang qirkimi (N.V.
Pavlov va I.I.CHuprinina bo‘yicha).
SHartli belgilar: 1-garpburgit; 2-piroksinli dunit; 3-dunit; 4-xromit rudasi.
Ushbu jinslarning barchasi serpentizatsiya protsessiga uchragan.
Ruda minerallari xromshpinelidlar, xromdiopsid, xromaktinolit, magnetit, gematit, sulfidlardan iborat. Ruda gavdalari tabaqa, linzasimon bo‘lib, uzunligi 800 m, qalinligi o‘nlab mga etadi. Rudalar tarqoq va zich (tutashgan) holda uchraydi.
Ikkinchi hususiyat, P.M.Tatarinov ta’kidlaganidek, rudadan keyingi tektonikaning intensiv rivojlanganligi bilan ifodalanadi. Oqibatda, ko‘pgina ruda gavdalari yoriqlar bilan bir necha bor surilib, bloklarga bo‘linib ketgan.
O‘zbekistonda sof magmatik konlar ma’lum emas. Ammo I.X.Hamroboev, R.Nazirovalarning Sulton-Uvays tog‘larida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari oqibatida, shu xududdagi ofialit zonalaridagi (Kaxrali-Soy) gabbroidlari va YOmonSoy intruzivi gabbro-dioritlari tarkibida xrom birikmalari, krokoit, bellit minerallarining topilishi va keyinchalik bu dalillar V.Baranov tomonidan xududning bir necha uchastkalarida ham aniqlangan. I.M.Golovanov va E.Alievlar CHotqol tog‘ining g‘arbiy qismidagi (SHavas-Belyatau) soylaridagi gabbro massivlarida kattaligi no‘xat donalari va undan ham katta shakldagi pirit, pirrotin va xalkopirit uyalarining mav-judligi haqidagi ma’lumotlari kelajakda respublikamizning shimoliy va shimoliy-sharqiy xududlarida sof magmatik konlarni topilishi ehtimoli borligidan dalolat beradi.
Keyingi 10-15 yillar davomida R.T.YUsupov va A.Golovkolar tomonidan CHotqol tog‘i (Qo‘shmonsoy)da, Markaziy Qizilqumning Bukantau tog‘laridagi vulkanik trubkalarini o‘rganishi oqibatida Respublikamizda ham olmos konlari mavjudligini isbotladi. Bu konlarda aniqlangan texnik olmos donalari mayda va ancha sifatsiz bo‘lishiga qaramay, bu namunalar kelajakda Bukantau, CHatkal tog‘larida katta zahiralarga ega bo‘lgan olmos konlarini topish mumkinligidan dalolat beradi.

Download 68.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling