Magmatik tog` jinslarining tasnifi


Download 0.87 Mb.
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1065209
  1   2   3
Bog'liq
Magmatik tog\' jinslari va ularning tasnifi


Magmatik tog' jinslari va ularning tasnifi
Reja:
  1. Magmatik tog` jinslarining tasnifi

  2. Magmatik tog` jinslarining joylashish shakllari

  3. Magmatik tog` jinslaridan qurilishda foydalanish

Tog` jinslari – yer qobig`ini tashkil etuvchi zich va bo`sh mineral mas- salar yig`indisidan iborat. Tog` jinslarining umumiy soni 1000 yaqin.


Ular bir-biridan mineral tarkibi va kelib chiqishlari bilan farq qiladi. Tog` jinslari quyidagi sinflarga ajratiladi:

    1. Mineral tarkibi bo`yicha:

  1. oddiy (monomineral): gips, achchiqtosh;

  2. murakkab (polimineral): granit, dala shpati, kvars, slyuda, rogovaya obmanka.

    1. Kelib chiqishi bo`yicha:

  • magmatik:

  1. chuqurlikda hosil bo`lgan (intruziv),

  2. quyilish natijasida (effuziv);

  • cho`kma

    1. parchalangan (bo`lakli):

      1. bo`sh;

      2. qattiq;

    2. kimyoviy;

    3. organogen:

      1. zoogen;

      2. fitogen;

- metamorfik:

  1. kontaktli;

  2. mahalliy (regional).





  1. Rasm. Vulqon 2-rasm. Magmatizm

Er qobig`ida minerallar quyidagi tarkibda joylashgan:
Magmatik tog` jinslari 87%, metamorfik tog` jinslari 8%, cho`kindi tog` jinslari 5% ni tashkil qiladi.
Cho`kindi tog` jinslari Yer yuzining 75% ni qoplaydi. Cho`kindi tog` jinslarining qalinligi 0 dan 15 km gacha. Ho`r =3 km.


Tog` jinslarining teksturasi va ichki tuzilishi to`g`risida tushuncha


Katta chuqurlikdagi tog` jinslarida bir xil struktura bo`ladi. Ular kristalli zarrachalar o`lchamlariga qarab quyidagi turlarga bo`linadi:



  • yirik kukunli (d > 5 mm);

  • o`rtacha kukunli (d = 5…1 mm);

  • mayda kukunli (d < 1 mm);

  • turli o`o`lchamdagi kukunli;

Quyma jinslar ichki tuzilishi bo`yicha 3 turga bo`linadi:

  1. Porfirlangan – siniq parchasida 1 ta mineralning parchalari ko`rinib turadi(porfirit);

  2. Yopiq kristalli – kristallarni oddiy ko`z bilan ilg`ab bo`lmaydi (diabaz);

  3. Shishasimon – amorf massa (obsidian).

Teksturasi – jins hajmida tarkibiy mineral zarrachalarining nisbiy joylashishi va taqsimlanishiga bog`liq holdagi taxiga aytiladi. Tekstura ko`rinishlari: massivli, g`ovakli, qatlamli, slanesli.
Chuqurlikdagi jinslar massiv (zich) teksturaga (granit), quymalari – massiv (obsidian) yoki g`ovakli (shag`alsimon) teksturaga (bazaltli lava, pemza) ega.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling