Magmatik tog` jinslarining tasnifi
Download 0.87 Mb.
|
Magmatik tog\' jinslari va ularning tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog` jinslarining teksturasi va ichki tuzilishi to`g`risida tushuncha
Magmatik tog' jinslari va ularning tasnifi Reja: Magmatik tog` jinslarining tasnifiMagmatik tog` jinslarining joylashish shakllariMagmatik tog` jinslaridan qurilishda foydalanishTog` jinslari – yer qobig`ini tashkil etuvchi zich va bo`sh mineral mas- salar yig`indisidan iborat. Tog` jinslarining umumiy soni 1000 yaqin. Ular bir-biridan mineral tarkibi va kelib chiqishlari bilan farq qiladi. Tog` jinslari quyidagi sinflarga ajratiladi: Mineral tarkibi bo`yicha: oddiy (monomineral): gips, achchiqtosh; murakkab (polimineral): granit, dala shpati, kvars, slyuda, rogovaya obmanka. Kelib chiqishi bo`yicha: magmatik: chuqurlikda hosil bo`lgan (intruziv), quyilish natijasida (effuziv); cho`kma parchalangan (bo`lakli): bo`sh; qattiq; kimyoviy; organogen: zoogen; fitogen; - metamorfik: kontaktli; mahalliy (regional). Rasm. Vulqon 2-rasm. Magmatizm Er qobig`ida minerallar quyidagi tarkibda joylashgan: Magmatik tog` jinslari 87%, metamorfik tog` jinslari 8%, cho`kindi tog` jinslari 5% ni tashkil qiladi. Cho`kindi tog` jinslari Yer yuzining 75% ni qoplaydi. Cho`kindi tog` jinslarining qalinligi 0 dan 15 km gacha. Ho`r =3 km. Tog` jinslarining teksturasi va ichki tuzilishi to`g`risida tushunchaKatta chuqurlikdagi tog` jinslarida bir xil struktura bo`ladi. Ular kristalli zarrachalar o`lchamlariga qarab quyidagi turlarga bo`linadi: yirik kukunli (d > 5 mm); o`rtacha kukunli (d = 5…1 mm); mayda kukunli (d < 1 mm); turli o`o`lchamdagi kukunli; Quyma jinslar ichki tuzilishi bo`yicha 3 turga bo`linadi: Porfirlangan – siniq parchasida 1 ta mineralning parchalari ko`rinib turadi(porfirit); Yopiq kristalli – kristallarni oddiy ko`z bilan ilg`ab bo`lmaydi (diabaz); Shishasimon – amorf massa (obsidian). Teksturasi – jins hajmida tarkibiy mineral zarrachalarining nisbiy joylashishi va taqsimlanishiga bog`liq holdagi taxiga aytiladi. Tekstura ko`rinishlari: massivli, g`ovakli, qatlamli, slanesli. Chuqurlikdagi jinslar massiv (zich) teksturaga (granit), quymalari – massiv (obsidian) yoki g`ovakli (shag`alsimon) teksturaga (bazaltli lava, pemza) ega. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling