Magnit, elektromagnit maydoni bilan davolash Magnitoterapiya


Balchiqni saqlash va isitish


Download 1.41 Mb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1162376
1   2   3
Bog'liq
Magnit

Balchiqni saqlash va isitish. Shifobaxsh balchiq beton hovuzlarda saqlanishi lozim. Cho`kma balchiq qurib qolmasligi uchun unga Osh tuzining 5% li eritmasi qo`yib qo`yiladi. Hovuzda balchiqni saqlashning va ishlatilgan balchiqni regeneratsiyalash uchun ham unga Osh tuzining 5% li eritmasi qo`yib qo`yiladi. Bu balchiqni 3-4 oy o`tgandan keyin qayta ishlatilsa bo`ladi. Torf saqlanadigan xona harorati 5-6 C bo`lishi lozim. Torf qurib yoki muzlab qolmasligi kerak. Torfni regeneratsiyalab bo`lmaydi. Balchiqni har xil usullar bilan isitish mumkin. Balchiq bilan davolash. Balchiq kulcha holida tananing cheklangan qismlariga qo`yiladi. Ba’zan umumiy balchiq vannasi sifatida ham foydalaniladi. Balchiqni qo`llash texnikasi qo`yidagicha: kushetka ustiga adyol ustidan avval choyshab so`ngra kilyonka qo`yiladi, bular ustidan tushama ( buz) mato yoziladi. Tushama mato ustiga muolaja muljallangan joyga muvofiq ravishda kerakli haroratdagi balchiq solinadi. Keyin bemorning belgilangan joyiga balchiq suriladi so`ng bemor kushetkadagi balchiq ustiga yotadi va bemor yuqorida aytilganyoping`ich bilan qavatma-qavat yaxshilab o`rab qo`yiladi. Balchiq bilan davolashdagi ba’zi muolajalarni (masalan, ul panjasi) bemor o`tirgan holda qabul qilinishi mumkin. Tegishli ko`rsatmalar bo`lganda bemorning boshi va yurak sohasiga sovuq suvda ho`llangan sochiq qo`yiladi. Cho`kma balchiq bilan davolash odatda 40-42 C dan boshlab kelgusi muolajalarda har gal uni oshirib haroratni 46-47 ga y etkaziladi. Torf balchig`i odatda 38-40 C gacha isitiladi. Balchiq bilan davolashda bemor ko`yib qolmasligi uchun ehtiyot choralari qo`llaniladi. Muolaja tamom bo`lgach hamshira bemor ustini ochib uning badanidan balchiqni oladi va bemor 3-36 C li yong`irsimon dushda yuvinishga olib boriladi. Bemor yuvinib bo`lgandan so`ng artinib kiyinadi. Erkaklarda prostata bezining yallig`lanishi jarayonida balchiq tampon maxsus shiprits yortamida to`g`ri ichakka kiritiladi. Galvanizatsiya muolajasi balchiq bilan birga bajarilganda odatdagi gidrofil prokladkalar o`rniga 38-40 C gacha isitilgan balchiq solingan doka xaltachalardan foydalanilgan. Davo usuli oddiy galvanizxatsiya muolajasining o`zginasidir. Gidrofil prokladkalar sifatida balchiq ishlatish oddiy gidrofil prokladkalarni maxsus usulda tayyorlangan balchiq eritmasi bilan qo`llash mumkin. Bunda doimiy tok bilan quritilgan balchiq tarkibidagi ionlar va moddalarning zarrachalari bemor organizmiga shifobaxsh ta’sir ko`rsatadi. Ko`rsatma: balchiq bilan quyidagikasalliklarni davolash tavsiya etiladi. Harakat a’zolari kasalliklari (silga aloqasi bo`lmagan) orqa miyaning jarohatlanishi va boshqa shikastlanish natijasida yuz bergan kasalliklarni qorin bo`shlig`I a’zolari va jinsiy a’zolarning surunkali yallig`lanishi jarayonlari, nevritlar.
Parafin bilan davolash. Neftni sublimatsiya qilinib olinadigan paraffin yuqori molekulali uglevodlar aralashmasidan iboratdir. Paraffin o`zidan issiqlikni kam o`tkazadi, issiqlik sig`imi kattaligi, qo`yilgan joyga bosim bilan ta’sir ko`rsatishi bilan meditsinada keng qo`llaniladi. Meditsinada zichligi 0,9 va suyuqlanish harorati 45-52 C ga teng bo`lgan oq paraffin ishlatiladi. Parafin suv hammomida qizdiriladi, chunki o lovda qizdirilsa havoda qurum paydo bo`ladi . Parafinni suyultirilgan protsesda unga suv tushmasligiga ahamiyat berish lozim. Suv o`zidan issiqlikni yaxshi o`tkazishi sababli teriga tushgan suv parafin bilan bir xil haroratda qizdirilganligiga qaramay badanni ko`ydirishi mumkin. Parafin ishlatgandan so`ng bemor terisidagi yog` va ter bezlari ajralmalari bilan ifloslanishi mumkin shu sababli muolaja oxirida uni oqar suvda yaxshilab yuviladi va quritiladi. Ishlatishdan oldin esa 110-120 C da qizdirilib sterillangandan so`ng kerakli haroratgacha sovitiladi. Parafin qayta ishlatilganda unga 20-25 % ga yaqin paraffin qo`shiladi. Parafin 5-7 marotabadan ko`p ishlatilmasligi lozim. Jarohati bor yoki shilliq qavatlarga ishlatilgan parafin qayta ishlatilmasligi kerak. Parafinni qo`llash usullari: terining parafin qo`yiladigan qismini yaxshilab yuvilib, quritiladi. Teridagi tuklarni halaqit bermasligi uchun olinadi yoki vazilin surtiladi. Parafin vannasi: qo`l yoki oyoqqa parafin qatlam qilib surtilgandan so`ng, oyoq yoki qo`l 60-65 C gacha qizdirilgan parafin bilan to`ldirilgan xaltachaga tushiriladi. Salfetka bilan applikatsiya qilish: ichiga paxta paxta qo`yilgan bir necha qavat doka qopchadan iborat qopchalar prokladkalar isitilayotgan parafin bakiga solinadi, prokladkalar parafin bilan birga isiydi va parafinni shimib oladi. Belgilangan joyga bu salfetkalar ustma-ust qo`yiladi, birinchi salfetka keyingilaridan sovuqroq bo`lishi kerak bo`ladi. Salfetkalar qo`yilgandan so`ng usti kliyonka bilan, keyin ustidan adiyol bilan o`raladi. Kyuvet applikatsiya usuli: kyuvet ostiga tibbiy kliyonka to`shalib, erigan parafin kyuvetga solinadi. Parafin harorati 50-54 C bo`ladi. Parafin kliyonka bilan kyuvetdan olinib, bemor tanasiga qo`yiladi va ko`rpa bilan yaxshilab yopib qo`yiladi. Qo`yiladigan parafinning birinchi qavati terini kuydirmasligi kerak. Buning uchun kyuvetdagi parafin harorati 50-55 C dan oshmasligi kerak. Bu esa issiqlikni uzoq vaqt ta’sir qilishi va to`qimalarning bir me;yorda qizishini ta’minlaydi. Muolajalar 30-60 minut davom ettirilishi mumkin. Har kuni yoki kun ora 20-15 muolaja davo kursiga buyuriladi. Parafinni qin tampon usulida qo`llash: ayollar jinsiy a’zolari kasalliklarida parafin tampon usulida qo`llaniladi, bunda parafinni kulcha usulida qorin pastiga, dumg`aza sohalariga qo`yish bilan birga olib boriladi. Parafin harorati 50-53 C bo`lib, har seansdan keyin 1-2 C ga oshirilib boriladi va 57-58 C gacha yetkaziladi. Muolaja bir soat davom etadi. Ko`rsatma: yarim va surunkali yallig`lanish kasalliklari, bo`g`imlar, muskullar, paylar jarohati, xoletsistit, me’da-ichak yara k asalliklari, ayollar jinsiy a’zolari surunkali yallig`lanishi, pereferik asab sistemasi kasalliklari. Moneliklar: yiringli jarohatlar qon ketish kasalliklari, xavfli o`smalar, gepatit, buyrak kasalliklari, qon kasalliklari.
Ozekrit bilan davolash. Ozekrit yoki tog`mumiyosi tog` yon bag`irlarida yoki neft chiqindilarida uchraydi. U zich mumsimon mass abo`lib, uglevod aralashmasidan, mineral yoglardan, asphalt smolasidan tashkil topgan. Tarkibida smolasi ko`p bo`lgan ozekrit qora rangda bo`ladi. Ozekrit parafin singari mexanik va issiqlik ta’sir ko`rsatadi. Farqli ravishda u mineral kimyoviy ta’sir ham ko`rsatadi, chunki uning tarkibida biologic aktiv moddalar ham bor. Uning applikatsiyasini organism yuqori haroratda ham yaxshi qabul qiladi. Ms:50-86 C. ozekrit bilan davolash parafin bilan davolash metodlariga uxshash bo`lib organizmga asta-sekin issiqlik o`tishiga asoslangan. Ozekrit ham parafin singari; kyuvet-applikatsiya usulida, salfetka aplikatsiya usulida, qatlam hosil qilish usulida, mahalliy ozekrit vannalari, qin tampon usulida qo`llaniladi. Ozekrit muolajasidan so`ng bemor badani yuvilmaydi. Ozekrit qoldiqlari vazelinga botirilgan paxta yordamida tozalanadi. Muolaja vaqti 30-60 minut. Davo kursi 10-15 muolaja.

QIBRAY KLINIK SANATORIYASI BFT XAMSHIRASI
NURSULTANOVA BAYAN

MAVZU: BALCHIQ. PARAFIN. OZOKERIT BILAN DAVOLASH. MUOLAJANI O‘TKAZISH KO‘RSATMA VA MONELIKLAR.


E’TIBORING UCHUN RAXMAT
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling