Magnit, elektromagnit maydoni bilan davolash Magnitoterapiya
Download 1.41 Mb.
|
Magnit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnit maydonini qo`llashga ko`rsatmalar
- Magnit maydonini qo`llashga qarshi ko`rsatma.
Magnit, elektromagnit maydoni bilan davolash Magnitoterapiya. Magnitizm hodisalari qadim zamonlardayoq kashf etilgan edi. So`nggi yillarda magnit maydonini davo maqsadida qo`llashga erishildi. O`zgarmas va o`zgaruvchan magnit maydonlari farqlanadi. O`zgaruvchan magnit maydoni esa past, yuqori va ultra yuqori chastotali maydonlarga bo`linadi. Magnit maydonining organizmga ta’siri hali yetarlicha o`rganilmagan, magnit maydoni og`riqni qoldiruvchi, so`rilishni kuchaytiruvchi, tomirlarni kengayishi natijasida qon oqib kelishini va to`qimalarning trofikasini yaxshilaydi. Magnit maydonining ta’siriga eng ko`p nerv sistemasi ta’sirlanadi. Uning ta’sirida bosh miyaning nervno-reflektor funksiyasi o`zgaradi gipofiz va gipotalamusning faoliyati aktivlashadi, serebral tomirlarning aktivligi pasayadi. Magnit maydoni pereferik retseptprlarning sezuvchanligini pasaytiradi, o`tkazuvchanligini kuchaytiradi, orqa miyada xujayra ichi tiklanish protseslarini yaxshilaydi, qalqonsimon bezi funksiyasini aktivlashtiradi. Magnit maydoni ta’siriga yurak-qon tomir sistemasi ham sezuvchan bo`lib, puls kamayadi, yurak ichi gemodinamikasi yaxshilanadi, qon bosimi pasayadi, periferik qon aylanishi yaxshilanadi. Magnit maydoni ta’siri natijasida 10-15 minutdan so`ng qon oqimi tezlashadi, qon tomiri sig`imi kattalashadi, mikrosirkulatsiya yaxshilanadi, zaxiradagi tomirlar faollashadi. Shu bilan birga to`qimalar va qon tomirlarning o`tkazuvchanligi oshadi, natijada dori p reparatlarning so`rilishi, organizmdagi shishlarning so`rilishi tezlashadi. O`zgaruvchan magnit maydoni ta’sirida suyak to`qimalarining regeneratsiyasi tezlashadi. Gipokoalgulyatsion ta’sir ko`rsatadi, Eritrositlarni cho`kish protsessini susaytiradi, leykotsitlarning fagotsitar funksiyasini ko`chaytiradi, uglevodlar, yog`lar metobolizmini kuchaytiradi. Organizmning registentlarini kuchaytiradi, antiallergik ta’sir ko`rsatadi. Magnit maydoni ta’sirida organizmning emotsional holati yaxshilanadi, uyqu yaxshilanadi, qon aylanishi yaxshilanadi, qon bosimi pasayadi. Organizmning immun reaktivligi oshadi. Magnit maydonini qo`llashga ko`rsatmalar: Bosh miyada qon aylanishining buzilishi, insultdan so`ng, turli travmalar; parezlar bilan asoratlanganlar yoki ularsiz, turli nevritlar, kuchli o g`riqlar, YuIK larining yengil, o`rta og`ir turlari, qo`l va oyoq qon t omirlarining aterosklerotik okklyuziyasi, surunkali pnevmoniya, tromboflebitlar, bronxial astma, oshqozon va 12 barmoq ichakning yara kasalligi, surunkali pankreatit, umurtqa pogonasi osteoxondrozi, spondilit, bachadon va bachadon ortiqlari yallig`lanishi, surunkali dermatitlar, bitmaydigan yaralar, surunkali otitlar, vasomotor ritinglarda, epikondilitlarda magnit maydoni buyuriladi. Magnit maydonini qo`llashga qarshi ko`rsatma. Ishlab chiqarishda magnit maydoni ta’sirida ishlovchilar. Gipoteniya, qon ketishiga moyil kasalliklar, YuIK ning og`ir kechishi, infarkdan keyingi erta davri, Bazedov kasalligi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling