Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar
Download 0.52 Mb.
|
Energetikasining-hozir.org
mavzu. INFRAQIZIL NURLANISH.ULTRABINAFSHA NURLANISH. RENTGEN NURLANISH VA UNING TATBIQI1800-yilda U.Hertzhel Quyoshni tadqiq qilish jarayonida tekshiriladigan asboblarning Quyosh nurlari ta’sirida qizib ketishini kamaytirish yo‘lini izlaydi. Temperaturani o‘lchaydigan sezgir asbob yordamida Quyoshdan hosil qilingan spektrning turli ranglariga mos kelgan joylarining temperaturalarini o‘lchaydi. Shunda u maksimum qizish, to‘yingan qizil nurdan keyin, ko‘rinmaydigan sohaga to‘g‘ri kelishini payqaydi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan bu nurlar infraqizil nurlar deb ataldi. Shundan boshlab infraqizil nurlanishni o‘rganish boshlandi. Dastlab infraqizil nurlanishni laboratoriyada hosil qilish uchun qizdirilgan jismlar yoki gaz razryadlaridan foydalanilgan bo‘lsa, keyinchalik maxsus lazerlardan foydalanildi. Yoritilganlik bo‘yicha xalqaro komissiya infraqizil nurlanishni uch guruhga bo‘lishni tavsiya qiladi: Yaqin infraqizil diapazon (NIR): 700 nm – 1400 nm; O‘rta infraqizil diapazon (MIR): 1400 nm – 3000 nm; Uzoq infraqizil diapazon (FIR): 3000 nm – 1 mm. Yaqin infraqizil nurlanishni qayd etish uchun maxsus fotoplastinkalardan foydalaniladi. Ularni tadqiq qilishda sezgirligi kengroq diapazonda ishlaydigan fotoelektrik detektorlar va fotorezistorlardan foydalaniladi. Uzoq infraqizil diapazondagi nurlanishni qayd etish uchun infraqizil nurlanishga sezgir detektor – bolometrlardan foydalaniladi. Inson ko‘zi infraqizil nurlarni ko‘rmasa-da, boshqa jonivorlar bu diapazonda ko‘ra oladi. Masalan, ayrim ilonlar ham ko‘zga ko‘rinadigan, ham infraqizil diapazonda ko‘rish qobiliyatiga ega. Baliqlardan piranya va oltin baliq deb ataluvchi turlari ham infraqizil diapazonda ko‘radi. Chaqadigan chivinlar ham infraqizil nurlar orqali ko‘rib, tananing qonga eng to‘yingan joyini topib qonni so‘radi. Infraqizil nurlardan texnikada va turmushda keng foydalaniladi. Kechasi ko‘rish asboblari va kameralari, jismlar va tananing issiqlik termografiyasini olish, nishonni issiqlik nurlanishiga ko‘ra topib borish, infraqizil isitgichlar, bo‘yalgan sirtlarni quritish, uzoq kosmik obyektlarni tadqiq qilish, molekulalarning spektrini o‘rganish, qurilmalarni masofadan turib boshqarish (televizor, magnitofon, konditsioner pultlari) va shu kabilarda infraqizil nurlardan foydalaniladi. Tibbiyotda fizioterapevtik davolashda, oziq-ovqatlarni sterelizatsiya qilishda, pullarning haqiqiyligini tekshirishda ham ushbu nurlardan foydalaniladi. Infraqizil nurlarning zararli tomoni ham bor. Temperaturasi yuqori bo‘l- gan manbalarga qaralganda ko‘zning yoshlanish qobig‘ini quritishi mumkin. Infraqizil nurlar ochilganidan so‘ng, ko‘zga ko‘rinadigan nurlar spektrining to‘lqin uzunligi kichik bo‘lgan qismi yaqinini nemis fizigi I.V. Ritter o‘rganishni boshlaydi. U 1801-yilda yorug‘lik ta’sirida parchalanadigan kumush xloridning, spektrning binafsha qismidan keyin keladigan qismiga qo‘yilsa, tezroq parchalanishini kuzatadi. Shunga binoan, Ritter va boshqa olimlar yorug‘lik uchta alohida komponentdan: infraqizil, ko‘zga ko‘rinadigan va ultrabinafsha qismlardan tashkil topadi degan xulosaga keladilar. Ultrabinafsha nurlarni ham shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘lish tavsiya qilingan: Yaqin ultrabinafsha diapazon (NUV): 400 nm – 315 nm; O‘rta ultrabinafsha diapazon (MUV): 300 nm – 200 nm; Uzoq ultrabinafsha diapazon (FUV): 200 nm – 122 nm. Ekstremal ultrabinafsha diapazon (EUV): 121 nm – 10 nm. Ultrabinafsha nurlarning Yerdagi asosiy manbayi Quyosh hisoblanadi. Yer sirtiga yetib keladigan ultrabinafsha nurlarning miqdori atmosferadagi azonning konsentratsiyasiga, Quyoshning gorizontdan balandligiga, dengiz sathidan balandligiga, atmosferada sochilishiga, havoning bulutliligiga bog‘liq. Ultrbinafsha nurlar inson terisiga ta’sir etib, uni qoraytiradi. Ko‘pgina polimerlarning rangi o‘chadi, yoriladi, ba’zan to‘la parchalanib ketadi. Ultrbinafsha nurlardan kundalik turmushda va texnikada keng foyda- laniladi. Ultrbinafsha nurlardan xonalarni dezinfikatsiyalash, qalbaki hujjat va banknotlarni aniqlash, suv, havo va turli yuzalarni turli bakteriyalardan zararsizlantirish, kimyoviy reaksiyalarni jadallashtirish, minerallarni analiz qilish, hasharotlarni zararsizlantirishda va boshqalarda foydalaniladi. Ultrabinafsha nurlar maxsus lampalar orqali hosil qilinadi. Bu diapazonda ishlaydigan lazerlar ham bor. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling