Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


mavzu. YORUG‘LIK DISPERSIYASI. SPEKTRAL ANALIZ


Download 0.52 Mb.
bet51/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

mavzu. YORUG‘LIK DISPERSIYASI. SPEKTRAL ANALIZ

Turli xil jismlar va moddalarning rangi haqidagi savol insonlarni qadimdan qiziqtirib kelgan. Nima sababdan Quyosh ufqqa botayotganda qizarib botadi? Nima sababdan kamalak hosil bo‘ladi? Yorug‘lik ayrim minerallardan o‘tganida ular nima sababdan rangli tovlanadi? kabi savollarga Nyuton zamoniga kelibgina javob topish mumkin bo‘ldi. 1666-yilda I. Nyuton o‘zi o‘tkazgan tajribasi haqida quyidagilarni yozadi: “Men turli shakldagi optik shishalarga ishlov berish vaqtida rang to‘g‘risidagi ma’lum hodisalarni tekshirish uchun uchburchak shisha prizmani tayyorladim. Shu maqsadda men xonamni qorong‘i qildim va quyosh nurining tushishi uchun deraza darchasida juda kichik teshik yasadim. Shu teshikka men prizmani undan singan nur devorga tushadigan qilib joylashtirdim. Shunday usulda olingan xilma-xil va kuchaytirilgan ranglarni ko‘rish hamda kuzatish menda katta qiziqish hosil qildi”. Yorug‘lik prizma orqali o‘tganda paydo bo‘lgan har xil ranglar to‘plamini Nyuton spektr (lotincha spektrum – ko‘rish) deb atadi (4.20-rasm).


qizil zarg‘aldoq sariq


yashil havorang ko‘k binafsha
4.20-rasm.
Nyuton tirqishni qizil rangli shisha bilan berkitganda devorda faqat qizil rangli dog‘ni, yashil rangli shisha bilan berkitganda faqat yashil dog‘ bo‘lishini kuzatadi. Bunda u ularning sinishini ham o‘rganadi va har xil ranglar turlicha sinishini payqaydi.
Masalan, qizil rang boshqalariga nisbatan kam sinsa, binafsha rang esa
hammasidan kuchli sinadi.
Nyuton buning sababini bilmaydi. Lekin bu tajriba oq rang, murakkab rang ekanligini ko‘rsatadi. U asosan yettita rangdan iborat ekan: qizil,
zarg‘aldoq, sariq, yashil, zangori, ko‘k va binafsha. Oq rangning murak- kabligini isbotlovchi Nyutonning yana boshqa tajribalari bor. 1.Nyuton doira olib, uni sektor tarzida asosiy yettita rangga bo‘yab qo‘yadi. Bu doira dvigatelning aylanish o‘qiga mahkamlanadi. Aylanishning ma’lum bir tezligida rangli doira oq bo‘lib ko‘rinadi.
Agar birinchi prizmadan o‘tib, ranglarga ajralgan yorug‘lik yo‘liga birinchi prizmaga nisbatan 180º ga buril- gan prizma qo‘yilsa, bu prizma yig‘uvchi linza vazifasini bajaradi. Undan chiqqan yorug‘lik dastasi to‘plangan nuqtasida oq rangda bo‘ladi (4.21-rasm).
Nyutonning kashf etgan bu hodisasi

yorug‘lik dispersiyasi (lotincha disperge – sochib tashlash) degan nom oldi.


4.21-rasm.

Shunday qilib, Nyuton Quyoshdan keluvchi oq nur barcha rangli nurlarning yig‘indisidan iborat ekanligini isbotlaydi. Quyosh nurlari ostida narsa va predmetlarning turli rangda ko‘rinishiga sabab, ular ayrim ranglarni yutishi, ayrimlarini esa qaytarishidir. Absolut qora jism barcha nurlarni yutadi, oq jism esa qaytaradi.


Yorug‘likning to‘lqin nazariyasiga ko‘ra, yorug‘lik – fazoda juda katta
tezlik bilan tarqaluvchi to‘lqinlardir. Uning rangi, chastotasiga bog‘liq.
Yorug‘lik to‘lqinlarining to‘lqin uzunligi juda kichik. Masalan, qizil nur

eng katta to‘lqin uzunligiga ega bo‘lib, uning qiymati λq


= 7,6 · 10–7 m ga teng.

Eng kichik to‘lqin uzunligi binafsha nurga tegishli bo‘lib, uning kattaligi



b
λ = 3,8 · 10–7 m. Boshqa nurlarning to‘lqin uzunligi ularning oralig‘ida
yotadi.
1873-yilda ingliz olimi J.Maksvell yorug‘likning c = 3 · 108 m/s tezlik bilan tarqaladigan elektromagnit to‘lqinlardan iborat ekanligini nazariy jihatdan isbotlaydi. Bu nazariyani H.Hertz tajribada tasdiqlagani Sizlarga ma’lum.
Bir muhitdan ikkinchisiga yorug‘lik o‘tganida uning to‘lqin uzunligi o‘zgaradi, lekin chastotasi o‘zgarmaydi. Bizga ma’lumki, to‘lqin tezligi u, uning uzunligi λ va chastotasi v o‘zaro quyidagicha bog‘langan:
u = λv.

Bundan muhitda turli rangga ega bo‘lgan nurlarning turli tezlik bilan tarqalishi kelib chiqadi. Agar muhitning nur sindirish ko‘rsatkichi n ning yorug‘likning vakuumdagi tarqalish tezligi c va muhitdagi tarqalish tezligi v bilan bog‘liqligi (9-sinfdan eslang)



v
п = c
ni hisobga olinsa, muhitning nur sindirish ko‘rsatkichi turli nurlar uchun turlicha bo‘lishi kelib chiqadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling