Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


Download 0.52 Mb.
bet74/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

Fotoeffekt nazariyasi. Fotoeffekt nazariyasi 1905-yilda A. Eynshteyn tomonidan asoslab berildi. U M. Plank gipotezasidan foydalanib, elektromagnit to‘lqinlar ham alohida porsiyalar – kvantlardan iborat degan xulosaga keladi. Ular keyinchalik fotonlar deb ataldi.
Eynshteynning g‘oyasiga asosan, foton modda bilan ta’sirlashganda, u energiyasi – hv ni butunlay elektronga beradi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan, bu energiyaning bir qismi elektronning moddadan chiqishiga sarf bo‘ladi va qolgan qismi elektronning kinetik energiyasiga aylanadi:

2
hv = A+ mυ 2 . (6–4)


Bu fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi deyiladi.
Bunda A – elektronning moddadan chiqishi uchun bajarilgan ish. Agar
elektronning maksimal kinetik energiyasi
mυ2


  =eUyop

2
 max


ekanligini hisobga olsak, Eynshteynning fotoeffekt uchun tenglamasini
quyidagi ko‘rinishda ham yozish mumkin:
hv =A + eUyop.
Eynshteynning fotoeffekt uchun tenglamasi fotoeffekt hodisasi uchun energiyaning saqlanish qonunini ifodalaydi. Shuningdek, fotoeffekt qonunlarini:
  1. fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasini tushuvchi nurning chastotasiga chiziqli bog‘liqligi va tushuvchi nurning intensivligi (oqimi)ga bog‘liq emasligi;


  2. fotoeffektning qizil chegarasi mavjudligi, ya’ni hv min = A ni;


  1. fotoeffektning inersiyasizligini tushuntirib berdi. Eynshteyn


tenglamasiga asosan, 1 s da yuzadan chiqayotgan fotoelektronlar soni shu yuzaga tushuvchi fotonlar soniga proporsional bo‘ladi.


Eynshteyn tenglamasi asosida 6.3-rasmdagi Uyop – yopuvchi potensialning chastotaga bog‘lanish grafigi qiyaligi tgα – Plank doimiysini elektron zaryadining nisbatiga teng, ya’ni

|e|


tgα = h .
(6–5)

Bu nisbat Plank doimiysini tajribada aniqlashga imkon beradi. Bunday tajriba 1914-yilda R. Milliken tomonidan o‘tkazilib, Plank doimiysi aniqlangan.


Bu tajriba fotoelektronning chiqish ishini ham aniqlashga imkon berdi:



A = hv
min
= hc .
λ0

Bu yerda: c – yorug‘lik tezligi, λ0 – fotoeffektning qizil chegarasiga to‘g‘ri


kelgan to‘lqin uzunligi.
Katodlar uchun chiqish ishi eV larda o‘lchanadi (1 eV = 1,6 · 10–19J). Shuning uchun ham Plank doimiysining amalda eV larda ifodalangan qiymati qo‘llaniladi: h = 4,136 · 10–15 eV · s.
Metallar ichida ishqoriy metallar: Na, K, Cs, Rb kabilar kichik chiqish ishiga ega. Shuning uchun amalda ularning oksidli va boshqa birikmalari katod sirtini qoplashda qo‘llaniladi. Masalan: seziy oksidli katodning chiqish ishi A =1,2 eV, bunga to‘g‘ri kelgan fotoeffektning qizil chegarasi λ0 ≈ 10,1 · 10–7 m. Bu sariq – ko‘zga ko‘rinuvchi yorug‘lik nurini qayd qiluvchi tizimlarda keng qo‘llaniladi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling