Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar
bobda o‘rganilgan eng muhim tushuncha, qoida va qonunlar
Download 0.52 Mb.
|
Energetikasining-hozir.org
bobda o‘rganilgan eng muhim tushuncha, qoida va qonunlar
Barcha moddalar ko‘p sonli bo‘linmas zarralardan (atomlardan) tashkil topgan, degan fikr juda qadim zamonlarda yunon olimlari Demokrit, Epikur va Lukretsiylar tomonidan bildirilgan (atom so‘zi yunoncha «atomos» – bo‘linmas degan ma’noni anglatadi). Lekin bu fikrga turli sabablarga ko‘ra uzoq vaqtlargacha jiddiy e’tibor berilmagan. Ammo o‘n sakkizinchi asrda A. Lavuazye (fransuz) (1743–1794), J. Dalton (ingliz) (1766–1844), A. Avogadro (italyan) (1776–1856), M. Lomonosov (rus) (1711–1765), Y. Berselius (shved) (1779–1848) kabi olimlarning sa’y-harakatlari natijasida atomlarning mavjudligiga shubha qolmadi. D. I. Mendeleyev 1869-yilda elementlar davriy sistemasini yaratib, barcha moddalarning atomlari bir-birlariga o‘xshash tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga, yigirmanchi asrning boshlariga kelib, bo‘linmas hisoblanuvchi atomning ichiga nigoh tashlash, ya’ni uning tuzilishini o‘rganish muammosi vujudga keldi. Ingliz fizigi J. J. Tomson 1903-yilda atomning tuzilishi haqidagi birinchi modelni taklif qildi. Boshqa ingliz fizigi D. Rezerford o‘z tajribalariga asosan Tomson modelini inkor etib, atomning planetar modelini taklif qildi. Ushbu modelga muvofiq, atom yadrodan (o‘zakdan) va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Keyinchalik esa atom yadrosi – musbat zaryadlangan proton va elektr jihatdan neytral neytronlar majmuasidan iboratligi aniqlandi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling