Magnit maydoni. Bio-savar-laplas qonuni va uning tadbiqlari
TURLI SHAKLDAGI TOKLI O`TKAZGICHLARNING MAGNIT MAYDONLARINI HISOBLASH
Download 0.92 Mb.
|
1-mavzu. Fizika
1.5 TURLI SHAKLDAGI TOKLI O`TKAZGICHLARNING MAGNIT MAYDONLARINI HISOBLASH
Bio—Savar—Laplas qonunidan foydalanib turli shakldagi tokli o`tkazgichlar maydonlarining magnit induksiyasini xisoblash mumkin. Misol tariqasida bir necha xususiy xollarni ko`raylik: 1. Cheksiz uzun tug`ri chiziq shaklidagi o`tkazgichdan o`tayotgan tok (tug`ri tok) tufayli vujudga kelgan maydonning ixtiyoriy A nuqtadagi magnit induksiyasini xisoblaylik (1.12-rasm). Tanlab olingan A nuqtaning tug`ri tokdan uzoqligi r0 bulsin. Tok o`tayotgan o tkazgichni xayolan dl uzunlikdagi elementlarga ajrataylik. Bu tok elementlari vujudga keltirgan barcha dB larning yo`nalishlari bir xil bo`lib, ular chizmaning orqa tomoniga yo`nalgan. Shuning uchun natijaviy magnit maydon induksiyasi V xam dB bilan bir xil yo`nalishga ega bo`ladi. V ning qiymati esa dB lar modullarining yig`indisidan iborat. A nuqtadan r masofa, uzoqlikdagi tok elementi vujudga keltirgan magnit maydon induksiyasining moduli (1.4) formula asosida topilishi lozim bo`lganligi uchun V ning modulini xisoblash operatsiyasi quyidagi integrallashga keltiriladi: ( 1.5) 1.12-rasmda foydalansak, bu formulaga kiruvchi r va dl- larning qiymatlari (1.6) ekanligini topamiz. Shuning uchun (1.7) bo`ladi. Bu ifodada integrallash chegaralarini 0 va l deb olindi, chunki cheksiz uzun tug`ri tokning barcha elementlari uchun a burchak shu intervalda uzgaradi. Shunday qilib, cheksiz uzun to`g`ri tok tufayli vujudga kelayotgan maydonning ixtiyoriy nuqtasidagi magnit induksiyasi o`tkazgichdan o`tayotgan tok kuchiga tug`ri proporsional va induksiyasi o`lchanayotgan nuqtaning o`tkazgichdan uzoqligiga teskari proporsionaldir, 1.13-rasm. 2. Radiusi R bo`lgan aylana shaklidagi o`tkazgichdan I tok o`tayotgan bulsin (1.13-rasm). Shu aylananing markazidagi magnit maydon induksiyasini aniqlaylik. Aylananing xar bir dl elementi va radiusi R orasidagi burchak ga teng bo`lganligi uchun Bio-Savar-Laplas qonuniga asosan : (1.8) Barcha dB lar aynan bir xil yo`nalishda, ya’ni aylana markazidan o`tuvchi musbat normal bo`ylab yo`nalgan. Shuning uchun natijaviy maydonning aylana markazidagi magnit induksiyasi: (1.9) bo`ladi . Aynan shaklidagi tokli konturning magnit momenti (1.10) bo`lganligi uchun (1.10) ni quyidagicha o`zgartirib yozish mumkin: (1.11) V va Pm vektorlar konturga o`tkazilgan musbat normal p bo`ylab yo`nalgani uchun qo`yidagi musbat o`rinli bo`ladi : (1.12) Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling