5. Magnit maydonlarni hisoblashning vazifalari.
Magnit maydonlarini hisoblash bo‘yicha turli tipdagi masalalar juda ham ko‘p. Qandaydir konturning induktivligini yoki ikkita konturning o‘zaro induktivligini aniqlash zarurati tez-tez uchrab turadi. Bu birinchi turdagi masalalar hisoblanadi. Ikkinchi tur masalalar magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadga ta’sir qiluvchi kuchni aniqlashga, qo‘zg‘almas tokli o‘tkazgichga hamda magnit maydonidagi ferromagnit massaga ta’sir qiluvchi kuchni aniqlashga bag‘ishlangan. Ushbu kuchlarni aniqlash muhim hisoblanadi. Masalan, zanjirda qisqa tutashuv vaqtida shunday katta tok oqishi mumkinki, tokning maydon bilan ta’sirlashuvi natijasida apparat ishdan chiqishi mumkin. Uchinchi turdagi masalalar magnit ekranlarini hisoblashga bag‘ishlangan. Magnit ekranlari belgilangangan sohada magnit maydonini ekrandan tashqaridagi magnit maydoniga nisbatan susaytirishga xizmat qiladi.
Magnit ekranlarining vazifasi magnit maydoniga yuqori sezgir asboblarni chetki magnit maydonlari ta’siridan himoya qilishdir.
To‘rtinchi turdagi masalalar ba’zi hajmda belgilangan magnit maydonini olish uchun u yerdagi tok taqsimotini aniqlashga bag‘ishlangan. Hisoblashning barcha usullari uch guruhga bo‘linadi: analitik, grafik va ekspremental (tajribaviy). Bular haqida amaliy mashg‘ulot darslarida to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |