Magnit usulida boyitish Reja Magnit maydoni va uning xossalari


Kuchli magnitli ma’danlar uchun seperatorlar


Download 99.5 Kb.
bet3/3
Sana02.03.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1243109
1   2   3
Bog'liq
Magnit usulida boyitish

Kuchli magnitli ma’danlar uchun seperatorlar

O‘lchami 70-150 mm li magnitli ma’danlarni quruq boyitish uchun elektromagnit sistemali barabanli seperatorlar qo‘llaniladi. O‘lchami 40 mm gacha bo‘lgan ma’danlar uchun doimiy magnitli barabanli seperatorlarni ishlatish mumkin. 45-rasmda bir barabanli separatorning sxemasi keltirilgan.



45-rasm. Bir barabanli separator.
1-aylanuvchi baraban, 2-qo‘zg‘almas magnit qutbi,3-elektromagnit g‘altak, 4-tok o‘tkazuvchi.
Magnit sistemasi o‘qqa qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan. Magnit qutblari baraban o‘qi bo‘ylab almashadi. Sistema atrofida shu o‘qning o‘zida nomagnit materialdan yasalgan baraban aylanadi. Barabanning yuzasi ishdan chiqmasligi uchun rezina bilan qoplangan.
Dastlabki ma’dan vibratsion ta’minlagich orqali bir tekis qatlam bilan barabanga beriladi. Barabanga tortilgan magnitli zarrachalar esa magnit maydoni ta’siriga javob bermaydi va baraban yuzasidan parabolik traektoriya bo‘ylab uzilib tushadi. Baraban magnit va nomagnit mahsulotlarni qabul qiluvchi ikkita bo‘limga bo‘lingan quticha ustiga o‘rnatilgan.
Barabanning diametri 600-900 mm, uzunligi 1000-1200 mm. Baraban yuzasidagi magnit maydonning kuchlanganligi 1400-1500 E. Baraban yuzasining aylanish tezligi 1-3 m/sek.
Separatorning ishlab chiqarish unumdorligi barabanning har bir metr uzunligi uchun -40+0 mm li mahsulotda 60-100 t/soat ni tashkil etadi.
Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling