Magnit usulida boyitish Reja Magnit maydoni va uning xossalari


Minerallarning magnit xossalari va ularning tasnifi


Download 99.5 Kb.
bet2/3
Sana02.03.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1243109
1   2   3
Bog'liq
Magnit usulida boyitish

Minerallarning magnit xossalari va ularning tasnifi

Hamma jismlar o‘zining magnit xossalariga qarab diamagnit, paramagnit va ferromagnit minerallarga bo‘linadi.


Diamagnit minerallar manfiy magnitlanishga moyillikka ega va bir jinsli bo‘lmagan magnit maydonidan itariladi. (mis, alyuminiy, vismut, surma).
Paramagnit minerallar odatdagi sharoitda musbat magnitlanishga moyillikka ega va kuchli tashqi magnit maydoni ta’sirida ular magnitlanadi va magnit maydoniga tortiladi.
Ferromagnit moddalarning magnitlanishga moyilligi paramagnitlarnikiga nisbatan ancha katta va ularni magnitlash uchun nisbatan kuchsiz magnit maydoni talab qilinadi. (temir, nikel, kobalt). FeO, FeS.
Boyitishda mineral zarrachalar solishtirma magnitlanishga moyillikning kattaligiga qarab klassifikatsiyalanadi va u bo‘yicha hamma minerallar 3 ta guruhga bo‘linadi.

  1. Kuchli magnitli minerallar, ular X>300 10-3m3/kg ga teng magnitlanishga moyillikka ega. Bu minerallarga magnetit, maggemit, pirrotin va boshqalar kiradi, ular ferromagnit minerallar hisoblanib, ularni ajratish uchun magnit maydonining kuchlanganligi kichik (70-120k A/m) separator ishlatiladi.

  2. Kuchsiz magnitli minerallarning magnitlanishga moyilligi X=10∙10-3 - 600∙10-3 m3/kg orasida. Minerallarning bu guruxi paramagnit minerallarga mansub bo‘lib, ularga hamma marganetsli minerallar, temir oksidlari, titan, volfram va boshqa minerallar kiradi. Bu minerallarning magnit fraksiyasiga ajratish uchun separatorlarning magnit maydonining kuchlanganligi 480-1600 kN/m atrofida bo‘lishi kerak.

  3. Nomagnit minerallar, ularga X<10∙10-3 m3/kg dan kichik paramagnit minerallar va hamma diamagnit minerallar kiradi. Minerallarning bu guruxi magnit fraksiyaga hatto kuchli maydonli separatorlarda ham ajralmaydi.

Magnit separatorlarining tasnifi

Magnit separatorlari bir-biridan magnit sistemasining tuzilishi, magnit maydoni ta’sir etuvchi zona, ajralish mahsulotlarini qabul qiluvchi vannaning tuzilishi, magnit fraksiyani ishchi zona bo‘ylab harakatlantiruvchi ishchi organning tuzilishi bilan farq qiladi.


Magnit maydonining kuchlanganligi va kuchiga qarab, separatorlar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Kuchlanganligi 80-120 kA/m bo‘lgan kuchsiz magnit maydonli separatorlar. Bu separatorlar kuchli magnitli minerallarni ajratishga mo‘ljallangan. Bunday maydonlarni hosil qilish uchun ochiq magnitli sistema ishlatilib, ularda maydonning har xil jinsliligi turli ishorali bir nechta qutblarni almashtirib, galmagal ulab hosil qilinadi.

Bu guruxdagi separatorlar magnetitli rudalarni boyitishda va og‘ir suyuqliklarda boyitishda ferromagnitli suspenziyani regeneratsiyalashda ishlatiladi.

  1. Magnit maydonining kuchlanganligi 800-1600 kA/m kuchli magnit maydoniga ega separatorlar. Ular ma’dan tarkibidagi kuchsiz magnitli minerallarni ajratishga mo‘ljallangan. Bunday kuchli magnit maydonini faqat yopiq magnitli sistema qo‘llab hosil qilish mumkin.

Boyitilish usuliga qarab, bu guruhning separatorlari ikki turga bo‘linadi:
quruq boyitish uchun (muhit-havo) va ho‘l usulda boyituvchi separatorlar (muhitsuv).
Ma’danning harakatlanish yo‘nalishi va boyitish mahsulotlarini ishchi zonadan chiqarish usuliga qarab, ho‘l usulda boyituvchi separatorlar quyidagilarga bo‘linadi:
(to‘g‘ri) oqib o‘tuvchi vannali separatorlar, ularda dastlabki ma’dan va nomagnit minerallar bitta yo‘nalishda harakatlanadi; magnit va nomagnit mahsulotlar yo‘nalishlari orasidagi burchak < 900.
-qarama-qarshi oqimli vannali separatorlar; ularda ma’dan va nomagnit minerallar bitta yo‘nalishda harakatlansa, magnitli mahsulot -qarama-qarshi yo‘nalishda xarakatlanadi. Yo‘nalishlar orasidagi burchak >900.
-yarim qarama-qarshi oqimli vannali separatorlar-ularda mahsulot bo‘tana shaklida pastdan bosim ostida beriladi, magnit va nomagnit mimnerallar bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi, >900.
Magnitli mahsulotni chiqarib oluvchi moslamaning tuzilishiga qarab barabanli, valokli, disk (gardish) li va rolikli separatorlar mavjud. Separatorlar ikki turda tayyorlanadi: elektromagnitli (E) va doimiy magnitli (P). Quyidagi turlarda ishlab chiqariladi: ho‘l separatsiya uchun barabanli (BM), quruq separatsiya uchun barabanli (BS); ho‘l separatsiyalash uchun valokli (VM); quruq separatsiyalash uchun valokli (VS); quruq separatsiyalash uchun diskli (DS) va h.k.
YOrdamchi asbob-uskuna sifatida boyitish fabrikalarida rudani magnitlash va magnitsizlantirish uchun apparatlar va magnitli gidroseparatorlar ishlatiladi.



Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling