Magnitomexanik hodisalar. Atom va molekulalarning magnit momentlari. Yerning magnit maydoni va quyoshda ro'y beradigan jarayonlarning unga ta'siri. Reja: Kirish
Vakuumda magnit maydoni va uning kuch chiziqlari
Download 24.81 Kb.
|
Magnitomexanik hodisalar. Atom va molekulalarning magnit momentl-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 . Toklarning magnit maydoni.
1. Vakuumda magnit maydoni va uning kuch chiziqlari. Magnit maydon yo`nalishini xarakterlash uchun ramka tekisligiga normal o`tkazamiz.
Normalning uchidan qaraganimizda ramkadagi tok soat strelkasiga teskari yo`nalgan holda ko`rinsa, bu yo`nalish normalning musbat yo`nalishi deb qabul qilamiz. Boshqacha aytganda, normalning musbat yo`nalishi deb, dastasi ramkada oqayotgan tok yo`nalishi bo`ylab aylanayotgan parmaning ilgarilanma harakati yo`nalishini qabul qilamiz. Ushbu keltirilgan namoyishlar hamda ramka tekisligiga o’tkazilgan normal yo’nalishlariga asosan, har qanday tokli o’tkazgichlar atrofidagi magnit maydon yo’nalishi parma yoki o’ng vint qoidasiga binoan topilishi ko’rinadi. Agar parmaning ilgarilanma harakati to’g’ri shakldagi o’tkazgichdan o’tayotgan tok bilan bir xil yo`naltirsak, u holda parma dastasining aylanish yo`nalishi magnit maydon induksiya vektori yo`nalishini ko`rsatadi. Agar tok aylana yoki solenoid ko’rinishidagi o’tkazgichdan o’tayotgan bo’lib, tok kuchi yo’nalishi bilan parma dastasining harakat yo’nalishga mos tushsa, parma tig’ining ilgarilanma harakati yoki o’ng vint uchining harakat yo’nalishi o’tkazgich atrofida hosil bo’ladigan magnit maydon induksiya vektori yo’nalishini ko’rsatadi. Magnit maydonni xarakterlovchi ikkinchi parametr bu magnit maydon kuch chiziqlari hisoblanadi. Kuch chiziqlarining zichligi magnit maydon induksiya vektoriga to’g’ri proporsional bo’ladi va bu kuch chiziqlarining yo’nalishi parma qoidasiga asosan aniqlanadi. 2 . Toklarning magnit maydoni. Tajribalar ko’rsatadiki, magnit strelkasi tokli o’tkazgichga yaqinilashtirilsa, magnit strelkasi o’z o’qi atrofida aylanishi kuzatilgan. Bu hodisani birinch bo’lib, Eyxenvald kuzatgan. Har qanday o’tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo’ladi, bu maydon o’zgarmas magnit maydoni bilan ta’sirlanishi mumkin. Elektr toki zaryadlangan zarrachalarning tartibli harakati bo’lganligi uchun, zaryadlangan zarrachalar oqimi oldiga magnit strelkasi joylashtirilganda, uning o’z o’qi atrofida kuzatilishini birinchi bo’lib, tajriba yo’li bilan Ioffe kuzatdi. H ar qanday harakatlanuvchi zaryadlangan zarrachalar atrofida magnit maydon hosil bo’ladi, bu maydon doimiy magnit maydoni bilan ta’sirlanishi lozim. Bu ta’sirlanishning kattaligi va yo’nalishi quyidagicha aniqlanadi: Tokli o’tkazgich yaqinida va tartibli harakatdagi zaryadlangan zarrachalar yaqiniga magnit strelkasi yaqinlashtirtilganda (ya’ni ular orasida ma’lum masofa bo’lishiga qaramasdan) strelka tomonidan ta’sirning sezilishi ma’lum maydon hosil bo’lganligini ko’rsatadi. Har qanday tokli o’tkazgich yoki tartibli harakatdagi zaryadlar oqimi atrofida magnit maydoni hosil bo’ladi. Download 24.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling