Maх-Zеndеr intеrfеrоmеtri yordamida havоning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash. Laboratoriya ishi Mavzu: Maх-Zеndеr intеrfеrоmеtri yordamida havоning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash. Ishdan maqsadi
Download 0.58 Mb.
|
10 Maх Zеndеr intеrfеrоmеtri yordamida havоning sindirish ko`rsatkichini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asboblar
- Nazariy qism
Maх-Zеndеr intеrfеrоmеtri yordamida havоning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash. Laboratoriya ishi Mavzu: Maх-Zеndеr intеrfеrоmеtri yordamida havоning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash. Ishdan maqsadi: Max-Zender interferometrini yig‘ish. Nur yo‘li oldiga joylashtirilgan kameraning havosi so‘rib olinganda, interferension manzaraning o‘zgarishini kuzatish. Havoning sindirish ko‘rsatgichini aniqlash. Kerakli asboblar:
Nazariy qism Interferometriya nihoyatda aniq va sezgir hisoblanadi, masalan uzunlikning o‘zgarishini, zichlik darajasini, sindirish ko‘rsatgichlarini va to‘lqin uzunligini aniqlash mumkun. Max-Zender interferometri Maykelson interferometri kabi ikki nurli interferometrlar oilasiga mansub. Uning ishlashi quyidagicha: Talabga javob beradigan manbadan kelayotgan kogerent yorug‘lik nuri optik komponentda ikki qismga ajraladi. Nurning bu qismlari turli yo‘llardan harakatlanadi, ko‘zgular yordamida og‘ib, boshqa optik komponentga yo‘naladi va ular ustma-ust tushib bir-biri bilan birlashishi natijada interferension manzara yuzaga keladi. Agar bu nurlardan birining yo‘li uzunligi, ya’ni sindirish ko‘rsatgichi va geometrik yo‘l natijasida o‘zgarsa, o‘zgarmagan nurga nisbatan bu faza siljishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida interferension manzaraning o‘zgarishiga olib kelib, u orqali optik yo‘lning o‘zgarishi haqida xulosa qilish imkoni bo‘ladi. Maykelson interferometridan farqli, yorug‘lik nurlari ajralgandan keyin bir-birida akslanmaydi, aslida ular qayta birikguncha alohida yo‘llarda harakatlanadi. Shaffof materiallarda o‘lchash, masalan sindirish ko‘rsatgichining o‘zgarishini, natijasi orqali soddaroq tushunish mumkin. Ammo, geometrik yo‘l uzunligidagi o‘zgarishlarni aniqlashning imkoni bo‘lmaydi. Havoning sindirish ko‘rsatgichini aniqlash uchun, interferometrdagi nurlarning yo‘liga transportabel kamera joylashtiriladi. Tajriba vaqtida bu kameradagi havoni so‘rib olib, nurning optik uzunlik yo‘li o‘zgartiriladi (1.1-rasm). Unda biz bosim o‘zgarishiga mos interferension manzaraning o‘zgarishi orqali havoning sindirish ko‘rsatgichini aniqlashimiz mumkin. Bunday o‘lchashni Maykelson interferometri bilan ham amalga oshirish mumkin, biroq bu holda nur kamera orqali ikki marta o‘tishini e’tiborga olishimiz kerak bo‘ladi. 1.1-rasm. Interferension manzara hosil qilish uchun sirti shikastlangan yoki iflos optik elementlar interferension tasvirning buzlishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Yassi ko‘zgu dastasini, nur ajratgichni va sferik linzani ehtiyotkorlik bilan changlardan saqlang. 1.2-rasmda lazer optik tayanch plitadagi Max-Zender interferometri qurilmasi tasvirlangan. Komponentlar nur yo‘li geometriyasiga nisbatan juda sinchkovlik bilan yustirovka qilinishi lozim. Tajribani to‘g‘ri o‘tkazish uchun quyidagilarni bajarish kerak: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling