Mahalla – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda asosiy


Download 59.16 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2024
Hajmi59.16 Kb.
#1854889
  1   2
Bog'liq
mahalla


Reja:
1.Mamlakatda fuqarolik institutlarini tashkil etish borasidagi islohotlar
2.Oila,mahalla,jamiyatning asosiy boʻgʻini
3.Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida

Mahalla – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda asosiy
koʻmakchi institut

Mamlakatimizda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati, huquqiy-demokratik davlatga oʻtish jarayoni kechayotgan bugungi kunda mahalla tizimining jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va roli nihoyatda katta. Xususan, mahalla odamlarning oʻy-fikrlari, orzu-istaklari va manfaatlarini qoʻllab-quvvatlaydigan, barcha ezgu va xayrli ishlarga tamal toshi qoʻyiladigan maskandir.
Mahalla qadimdan tarbiya oʻchogʻi, odamlarni hamjihatlik, uyushqoqlik asosida turmush kechirishlarini taʼminlovchi goʻsha hisoblangan. Katta hayotiy tajribaga ega keksalar, koʻpni koʻrgan nuroniylar mahalladagi barcha ishlarni, marosimu toʻylarni boshqarganlar. Mahalla ahliga barcha masalalarda yoʻl-yoʻriq, maslahatlar berganlar. Har bir oilaning tinch-totuvligi, har bir kishining odob-axloqi, hulqi, yurish-turishi mahalla kattalari tomonidan nazorat qilingan, boshqarilgan. Shu maʼnoda aytish mumkinki, mahalla mazmun va mohiyatiga koʻra xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari ulugʻlanadigan, oʻziga xos tarbiya va maʼnaviyat beshigi hisoblanadi.
Biz uchun oilamiz ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag‘rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko‘z oldida barpo bo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir.
Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo‘lish mahalladoshlarning qadimdan kelayotgan o‘lmas xususiyati. Zero, o‘zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib ketadi. Odamlar o‘zaro quvonch va g‘amlarga sherik, farzand tarbiyasida mas’ul, yutuqlar ham kamchliklar ham mahalla ahliga baravar bo‘lib tushadi. Zero, xalqimiz “Otang-mahalla, onang-mahalla” degan naqlni bilib aytgan.
Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir. Mahalla milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarimizni avloddan avlodga sog‘-omon yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelyapti.

Insonlarning millati, dini, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishdan qat’iy nazar, ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi katta oila hisoblangan o‘zbek mahallasi barchaning bir-biriga o‘zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do‘stligi asosida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi.


Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog‘liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag'rida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichida ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Kerak bo‘lsa, mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tayanchidir.
Sharq xalqlari chunonchi, o‘zbek xalqi xuddi shu narsani biladi, teran ma’no-mazmunini yaxshi tushunadi. Darhaqiqat, sharq xalqlari uchun muhim xususiyat xursandchilik kunlari ham, boshiga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas, bo‘lishdir. Insonlar o ‘rtasidagi bunday birlik va hamjihatlikning muhim vositasi mahalladir.Mahalla haqida gap ketganda,Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning bergan bahosi diqqatga sazovordir.
«Ma’lumki, asrlar moboynida mahallalarda ko‘pdan-ko‘p 
hayotiy muammolar o ‘z yechimini topib keladi. To‘y- ma’rakalar ham, hayitu hasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va 
boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa 
xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga merosbo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o'zi mahallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quwatlashnitaqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko‘p qirrali islohotlar 
amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim».
Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklaming tarixan shakllangan yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatadigan makoni hisoblanadi. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, 
milliy an’analarini,urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Mahalla insonlaming millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi 
va birlashtiruvchi katta oila hisoblanadi. Bu oila insonlaming bir-biriga bo‘lgan o‘zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do‘stligi asosida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi. Mahalla katta mamlakatning ichidagi kichik bir mamlakatdir, katta davlat ichra kichik davlatdir. Shuning 
uchun uni boshqaruv tizimi bo‘lgani kabi, uning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy faoliyat mexanizmi ham 
asrlar davomida shakllangan. Mahallada ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport, tashkiliy tadbirlar o‘tkaziladi.



Download 59.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling