Mahalla – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda asosiy
Download 59.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqmahalla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
2.1 Oila va mahalla g`oyaviy tarbiya maskani.
Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog‘liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag'rida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichida ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Kerak bo‘lsa, mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tayanchidir. Sharq xalqlari, chunonchi, o‘zbek xalqi xuddi shu narsani biladi, teran ma’no-mazmunini yaxshi tushunadi. Darhaqiqat, sharq xalqlari uchun muhim xususiyat xursandchilik kunlari ham, boshiga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo‘lishdir. Insonlar o‘rtasidagi bunday birlik va hamjihatlikning muhim vositasi - mahalladir. Mahalla haqida gap ketganda, yurtboshimiz I.A.Karimovning bergan bahosi diqqatga sazovordir. «Ma’lumki, asrlar moboynida mahallalarda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar o‘z yechimini topib keladi. To‘y-ma’rakalar ham, hayit-u hasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o'zi mahallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quwatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko‘p qirrali islohotlar amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim»14. Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklaming tarixan shakllangan yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatadigan makoni hisoblanadi. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an’analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Mahalla insonlaming millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta oila hisoblanadi. Bu oila insonlaming bir-biriga bo‘lgan o‘zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do‘stligi asosida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi. Mahalla katta mamlakatning ichidagi kichik bir mamlakatdir, katta davlat ichra kichik davlatdir. Shuning uchun uni boshqaruv tizimi bo‘lgani kabi, uning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy faoliyat mexanizmi ham asrlar davomida shakllangan. Mahallada ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport, tashkiliy tadbirlar o‘tkaziladi. Mahalla - ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, an’analar maskani, chunki qadimdan bayramlar, hayit kunlari, to‘y-tantanalarda qo‘ni-qo‘shnilar, bemorlar, yolg‘iz keksalarni sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlash an’ana tusiga aylanib qolgan. Hashar yo`li bilan qarindosh-urug‘larga, qo‘ni-qo‘shnilarga uy-joy binolari qurish, yetishtirgan dehqonchilik mahsulotlarini yig‘ib-terib olish va ulardan qo‘ni-qo‘shnilarga, ulashish, ko‘chalar, hovlilar, mahalla hududini, qabristonlar va atrof-muhitni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va toza-ozoda saqlash, sport maydonchalari tashkil etish, yo’llar, ko‘priklar qurish va ta’mirlash, madaniy yodgorliklami avaylab-asrash mahallada yashayotgan har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Mahallada o‘tayotgan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining katta-yu, kichigi birday mas’ul. Bunday tadbirlarda katta-yu kichikka, hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi. Chunki, mahallaning barcha a’zosi yagona, mustahkam bitta oila hisoblanadi. Mahalla yoshlami kasb-hunarga yo‘llovchi, ishsizlami ish bilan ta’minlovchi muhim makondir. Mahalla - tarbiya o‘chog‘i. Mahallada o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. Shuning uchun ham «Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona», «Bir bola tarbiyasiga yetti mahalla ota-ona» kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. Yoshlaming har bir xatti-harakati barchaning diqqat markazida bo‘ladi. Mahalladoshlaming har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi, har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘dir. Mahallaning tartib-qoidasi, qadriyatlariga barchaning amal qilishi shartdir. Kimda-kim bularga rioya etmasa, hurmat qilmasa u mahalladagi o‘tadigan tadbirlardan, to‘y-ma’rakalardan chetlatiladi, taklif etilmaydi. Agarda kibr-u havo bilan qo‘ni-qo‘shni, mahalla ahli an’analarini oyoq osti qilsa yoki bepisandlik bilan munosabatda bo‘lsa, amaldagi qonunlarga xilof ish tutsa, u mahalladan chiqarib yuboriladi. Bu esa mahalla qonunida eng oliy jazodir. Bu jazo ota-onaning noqobil farzandni «oq qilish» bilan tengdir. Mahalla erkin fikrlilik asosida rivojlanadi. Shuningdek, to‘y-marosimlarda yoshlami el xizmatiga jalb etish: mehmonlarga choy tashish, ovqat eltish, ovqat tanavvul qilib bo‘lgandan so‘ng, idish-tovoqlami olishga o‘rgatish nihoyatda muhimdir. Shu ishlarni bajarish davomida yoshlar nimaga e’tibor berish, qanday muomala-munosabatda bo‘lish kerakligini o‘rgatish muhimdir. Bu har bir ota-onaning, qolaversa, mahalla oqsoqollarining murabbiylik burchidir. Bunday mahallada tarbiyalanayotgan yoshlar, birinchidan, mehnatsevarlik odobini, ikkichidan, xushmuomalalik odobini, uchinchidan, jamoaga hurmat odobini egallaydilar. Shunday qilib, mahalla Sharq xalqlari uchun muhim qadriyat bo‘lib, uning sha’ni, gullab-yashnashi, taraqqiyoti uchun butun kuch va imkoniyatni safarbar etish barchaning kelajak avlod, millat oldidagi burchi va vazifasidir. Biz uchun oilamiz ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag‘rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko‘z oldida barpo bo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir. Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo‘lish mahalladoshlarning qadimdan kelayotgan o‘lmas xususiyati. Zero, o‘zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib ketadi. Odamlar o‘zaro quvonch va g‘amlarga sherik, farzand tarbiyasida mas’ul, yutuqlar ham kamchiliklar ham mahalla ahliga baravar bo‘lib tushadi. Zero, xalqimiz “Otang-mahalla, onang-mahalla” degan naqlni bilib aytgan. Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir. Mahalla milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarimizni avloddan avlodga sog‘-omon yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelyapti. Insonlarning millati, dini, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishdan qat’iy nazar, ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi katta oila hisoblangan o‘zbek mahallasi barchaning bir-biriga o‘zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do‘stligi asosida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi. Oila — mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila — jamiyat negizi bo‘lib, ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oiladagi sog‘lom muhit — sog‘lom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligini, o‘zaro hurmat va ahilligini ta’minlash — milliy mafkurada ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi. O‘zini o‘zi boshqarishning milliy modeli bo‘lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va an’analariga tayangan holda, ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Keksalarning pand-nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi misolida kishilar ongiga ezgulik g‘oyalari singdirib boriladi. Mahalla — avvalo, sog‘lom ijtimoiy muhit maskanidir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma’noda mahallani demokratiya darsxonasi, deb ham atash mumkin. Mahallada keng jamoatchilik o‘rtasida mafkuraviy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt sha’ni uchun kurash kabi fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning o‘rni beqiyos15. Oila va mahallaning g`oyaviy ta`sir ko`rsatish va g`oyaviy tarbiyani amalga oshirish maskani ekanligiga yana bir dalil shuki, bu to`g`risida xalqimizda juda ko`plab maqollar mavjud. Bugungi kunda hayotda ko`plab muammolarga duch kelamiz. Bulardan eng avvali bu - inson xarakteridir. Inson xarakteri qayerdan va qanday shakllanadi? Albatta bu oiladan boshlanadi. Oila – bu juda nozik muassasa. Bu farzand dunyoga kelganidan, ota-onaning bir-biriga bo`lgan munosabatidan boshlanadi. Ota-onaning bosayotgan har bir qadami bolaning ongiga o`rnashib qoladi. Ba`zi otalar farzandlari sigareta chekishiga o`rganib qolganidan shikoyat qilishadi. Hurmatli Otalar, o`zingiz uyda sigareta chekasizmi? O`zingiz uyda sigareta chekib turib, qanday qilib farzandingizga sigareta chekma deb ayta olasiz? Ba`zida ota-onalar farzandlari ularni hurmat qilmayotganidan shikoyat qilishadi. Hurmatli ota-onalar, sizlar bir-birlaringizni chin dildan hurmat qilasizlarmi? Axir, har bir bola ota onasidan, aka-opasidan o`rnak oladi. Bir so`z bilan aytganda oiladagi muhit unga ta`sir qiladi. Oilada tanqid, yolg`on, g`azab, masxara, janjal, notinchlikni ko`rib o`sgan farzand- yolg`on gapirishni, janjallashishni, g`azablanishni va boshqalarga ozor berishni o`rganadilar. Ota bobolarimiz ham “Qush uyasida ko`rganini qiladi” deb bejiz aytishmagan. Shu bois, bizning oiladagi rolimiz juda ham muhimdir. Qiz bola ham ayollik jozibasi nima ekanligini, dunyoga kelganidan boshlab onadan o`rganadi. Ona uydagi ayollik rolini chiroyli kiyinib, nazokat bilan amalga oshirishi, turmush o`rtog`i va farzandlariga qilayotgan muomalasi bilan o`z qiziga o`rnak bo`ladi. Ana o`shanda qiz voyaga etib, oila qurganda o`z vazifasini chiroyli bajaradi. Oilada dalda, maqtov, ishonch, halollik, mehr va xavfsizlikni ko`rib o`sgan farzarzand sabr qilishni, o`zini va boshqalarni xurmat qilishni, o`ziga bo`lgan ishonchni va boshqalarni yaxshi ko`rib ularni xurmat qilishni o`rganadi. Oilaviy muammolarda ko`p hollarda “qars ikki qo`ldan chiqadi”. Oila mustahkam qo`rg`onga aylanishi uchun oilada ikki taraf ham bir yoqadan bosh chiqarishi yaxshiroqdir. Er-xotinning do`stona munosabati, ahilligi va mehr-oqibati farzandlarimizga ham o`tadi. Oila - jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida el-u yurtga, Vatanga muhabbat tuygʻulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod boʻlishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda oʻsib-unayotgan bolalarga bogʻliq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yoʻlga qoʻyilar ekan, oʻsha oila, oʻsha mahalla gullab-yashnaydi. Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savol koʻpchilikni oʻylantiradi. Koʻpchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tugʻilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shugʻullanish lozim, deb javob bergan. Oila, odob-axloq va taʼlim-tarbiyaga eʼtibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning oʻzi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun qanchalik ahamiyatli ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar koʻchada nopok ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo oʻtib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib toʻgʻri yoʻlga chaqirgan. Oiladagi muhit ota-ona oʻz maʼsuliyatlarini his qilishi bilan barqaror boʻladi. Bolalarning odobli boʻlib ulgʻayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-ko`y ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida koʻrganini qiladi”, deb bejiz aytmagan xalqimiz. XXI asrda turli hayot tarzlari va gʻoyalar raqobatga kirishdi. Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat oʻzligini saqlagan holda diniy va milliy qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega boʻlishi lozim. Aks holda, oʻzlikni yoʻqotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yoʻq manqurtga aylantirib qoʻyadi. Hozirgi kunda gʻarazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar baʼzi millatlarning oʻzligini yoʻqotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda eʼtibor hududlarini egallash emas, balki, inson ongini egallashga yoʻnaltirilgan. Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, axloqiy tarbiya berish sifati va koʻlamini oshirish talabini qoʻyadi. Ikkinchidan, yoshlarning qalbi va ongida sogʻlom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygʻusini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga oʻz umri va salohiyatini bagʻishlagan allomalarimizning asarlarida sogʻlom avlod tarbiyasi bilan bogʻliq masalalarga alohida oʻrin berilgan. Yosh avlod yetuk va komil shaxs boʻlib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham boʻlsa “kitobxonlik”. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Ommaviy, ilmiy kutubxonalar, “E-book” tarzidagi kitob-kafe doʻkonlari va boshqalar yaqqol misolidir. Ota-ona farzandiga vaqtni unumli oʻtkazishni oʻrgatishida vosita sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan usullardan yana biri zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir. Ota-ona bolada estetik tarbiya, goʻzal manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun uni oʻzi bilan birga tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi va shu bilan birga uning qalbida goʻzallik latofatini singdirishi muhim .Ayni kunda mahallaning jamiyatdagi, insonlar hayotidagi oʻrni, roli va nufuzi yanada ortib bormoqda. Buni Paxtachi tumani mahallalarida aholi turmush farovonligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ibratli ishlar misolida ham koʻrish mumkin. Ayni kunda tumanimizdagi 59 mahalla fuqarolar yigʻinida 157425 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi, - deydi tuman Paxtachi tumani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari Xusan Omonov. Mahallalarimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, yoshlar tarbiyasi borasida eʼtiborga molik ishlar olib borilmoqda. Mazkur yoʻnalishda, ayniqsa, "Yobu", "Sardoba", "Gulobod", "Amirabod", Amir Temur nomli singari mahallalarimizda ishlar namunali yoʻlga qoʻyilgan. Mahalla fuqarolar yigʻinlari qoshida faoliyat olib borayotgan yarashtirish, xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari, "Qaynonalar kengashi", "Ota-onalar universiteti", "Qizlarjon" klubi singari qator jamoat tuzilmalari tomonidan tuman hokimligi, ichki ishlar, xalq taʼlimi boʻlimlari, xotin-qizlar qoʻmitasi, tibbiyot birlashmasi, Yoshlar ittifoqi, Maʼnaviyat-maʼrifat markazi, FHDYO boʻlimlari mutaxassislari, shuningdek, katta hayotiy tajribaga ega nuroniylar, ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtgan mehnat faxriylari ishtirokida oʻtkazilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlar ijobiy natijalar bermoqda. Mahallamizda ana shunday tadbirlar doimiy ravishda oʻtkaziladi,- deydi "Yobu" mahalla fuqarolar yigʻini raisi Foziljon Qutliyev.- Jumladan, "Faxriylar-faxrimiz", "Eng kitobxon oila", "Oʻz uyingni oʻzing asra", "Ogohlik - davr talabi", "Qaynonam - onam mening", "Mahalla malikasi", "Orasta kelin" singari tadbir va tanlovlar mahallamizda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tumandagi barcha mahallalarda oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar, qolaversa, olib borilayotgan keng koʻlamli targʻibot ishlari natijasida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar, yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, jinoyatchilik holatlari keskin kamaymoqda, fuqarolarning jamiyatdagi jarayonlarga daxldorlik hissi, bunyodkorlik borasidagi faolligi ortmoqda. Xususan, yoshlar tarbiyasi, maʼnaviyatini yuksaltirishda "Oila - mahalla - taʼlim muassasasi" xamkorligi qoʻl kelmoqda. Ushbu hamkorlik asosida oʻquvchi yoshlarning faolligini oshirish, boʻsh vaqtlarini toʻgʻri tashkil etish borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda, qolaversa, ularning turli illatlar, diniy-ekstremistik oqimlar gʻoyalari taʼsiriga tushib qolishlarining oldi olinmoqda. Mahallalarda faoliyat olib borayotgan "Qizlarjon" klubi mashgʻulotlari esa qizlarning oilaviy hayot haqidagi, shuningdek, maʼnaviyati, sogʻlom turmush tarzi borasidagi bilim va tushunchalarini yuksaltirishga yordam bermoqda. - Mahallalarimizda tashkil etilgan "Qizlarjon" klubi mashgʻulotlari shifokorlar, huquqshunoslar, mehnat faxriylari, katta hayotiy tajribaga ega onaxonlar ishtirokida oʻtkazilib kelinmoqda Qizlarimiz orastalik, odob-axloq, milliy qadriyatlarimiz, oiladagi burch va vazifalar xususida keng bilimlar olmoqda. Mahallalarimizdagi sport maydonchalarida kattayu-kichik sport bilan shugʻullanish imkoniga ega. Mahallalarimizdagi koʻpchilik mehnat faxriylari, uy bekalari ham boʻsh vaqtlarida sport bilan shugʻullanishadi. Bu bizning sogʻlom boʻlishimizga yaqindan yordam berib kelmoqda. Tuman mahallalarida oilaviy tadbirkorlik koʻlami, xususan, tikuvchilik, beshikchilik, pichoqchilik, zardoʻzlik singari hunarmandchilik turlari bilan shugʻullanadigan oilalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilgan. Ayniqsa, "ustoz-shogird" anʼanasi asosida olib borilayotgan ishlar natijasida mahallalardagi koʻplab yoshlar boʻsh vaqtlarida hunar oʻrganmoqda. Tumanimizdagi Qoʻshxovuz, Jahonobod, Istiqlol, Amir Temur nomli mahallalarda tikuv xonalari tashkil etganmiz. Asosan, maktab oʻquvchilari uchun maktab formasi, ayollar liboslarini tikib, mahalliy bozorlarda sotib kelishmoqda. Mahsulotlarimiz sifatiga, bejirimligiga alohida eʼtibor qaratamiz. Shu bois ham tayyorlagan liboslar ancha xaridorgir. Ayni paytda "ustoz-shogird" anʼanasi asosida mahallalarimizdagi koʻplab yosh qizlarga chevarlik hunarini oʻrgatib kelishmoqda. Tumandagi juda koʻp oilalar tomorqadan unumli foydalanish hadisini olishgan. Tomorqadan unumli foydalanish hisobiga ular nafaqat oʻz ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirishmoqda, balki yaxshigina daromad olishib, bozorlar toʻkinligini taʼminlamoqda. Ibratli va mazmunli hayot yoʻllari bilan el-yurt orasida hurmat-eʼtibor topgan nuroniy otaxon-onaxonlar mahallalar koʻrki, xonadonlar fayzi hisoblanadi. Mahallalardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishda ularning roli nihoyatda katta. Mahalla faollari, mutaxassislar, otinoyilar, mahalla keksalari, shuningdek, qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamkorligida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot ishlari samarasi oʻlaroq, tumandagi mahallalarda barcha yoʻnalishlarda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ayniqsa, jinoyatchilik, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar, yoshlarning turli illatlar va yot gʻoyalar taʼsiriga berilishi singari salbiy xolatlarning oldi olinmoqda. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan uning tizim tashkilotlari hisoblangan O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti hududiy filiallarida maʼanviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar monitoringi amalga oshirildi. Shunday monitoring tizimi tashkilotlarning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazildi. Monitoring jarayonida har bir viloyat hududiy filialining alohida namuna bo‘ladigan jihati ko‘rsatilib, boshqa filiallarda amalga oshirilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Masalan, tizim tashkilotlarining Toshkent viloyati Chirchiq shahar hududiy filiali shahardagi uchta umumiy o‘rta ta’lim maktabini otaliqqa olgan va ushbu maktab bilan har tomonlama hamkorlik o‘rnatgan. Samarqand filiali esa viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, talabalar bilan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda laboratoriyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, Аgentlik tizim tashkilotlarining Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy filiallari tashkilot joylashgan hududdagi mahallalar bilan ham yaqindan hamkorlik o‘rnatganligi bilan boshqa filiallarga namuna vazifasini o‘taydi. Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda O‘zbekistonda ilk marotaba nishonlangan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan yo‘llagan tabrigida “Biz mahalla deganda, dunyoda kamdan kam uchraydigan, insonni jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashga o‘rgatib, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalaydigan, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini bajaradigan noyob tuzilmani tushunamiz. Аyni paytda yurtimizda yashayotgan har bir inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, o‘z hayotini, quvonch-u tashvishlarini mahalladan ayri holda tasavvur eta olmaydi”, deb alohida taʼkidlagan edi. Darhaqiqat, mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahalla bilan hamkorlik esa jamoada insoniy fazilatlar, ahllik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Bu borada agentlikning Qashqadaryo viloyati hududiy filiallari tashkilot joylashgan Qumqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘ini bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va osoyishtalikni taʼminlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, hududni obodonlashtirish kabi masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ana shunday hamkorlik samarasi o‘laroq Аgentlik tizim tashkilolarining Qashqadaryo viloyati hududiy filialida 5 muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan yoshlar tarbiyasi, ularning maʼnaviyatini yuksaltirishga oid maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Qarshi shahar mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi boshlig‘i o‘rinbosari S.Nasimov filiallar tomonidan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatdan mahalla aholisi hamda yoshlar mamnun ekanliklari, mahalla – asrlar osha milliy urf-odat va anʼanalarimizni bezavol saqlab, xalqimiz uchun ezgulik va tarbiya beshigi, yaxshi qo‘shnichilik va hamjihatlik maskani bo‘lib kelayotganligini alohida taʼkidladi. Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasiga qarshi o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ko‘plab hududlar bu xavfdan saqlab qolindi. Davlatimiz rahbari ham bu jarayonda yirik korxonalar, ularning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari, fermerlar va klaster xo‘jaliklari ham ixtiyoriy qatnashishi muhim ekanligini bir necha marta ta‘kidlagan holda, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini o‘tkazish tashabbusi davlatimiz va xalqimiz qudratining amaliy namunasiga aylanishiga sabab bo‘ldi. Аgentlik tizim tashkilotlarining Surxondaryo viloyati filiali ham bu borada jonbozlik ko‘rsatganligi, amaliy ko‘mak berish orqali eʼtibordan chetda qolib, yolgʼizlikdan qiynalayotganlarga mehr-muruvvat, saxovat qo‘llarini cho‘zib, bemorlar holidan xabar olgani, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam taʼminlangan oilalarga amaliy ko‘mak bergani, obodonlashtirish va tozalash ishlarida munosib ishtirok etayotganligi xususida “Shifokor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari Muhabbat Shodmonova to‘lqinlanib gapirdi. Shuningdek, mamlakatimizda umumilliy harakatga aylanib ulgurgan “Yashil makon” loyihasida ham filiallar faol ishtirok etib kelishmoqda. Umummilliy loyiha ishtirokchilari qatorida Milliy metrologiya instituti Surxondaryo viloyati filiali xodimlari ham bo‘lib, ular tomonidan 110 tup daraxt ko‘chatlari o‘qazildi. Аgentlik Bosh direktori maslahatchisi mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan ham uchrashib, bugungi kunda hududlarda olib borilayotgan ishlar, belgilangan vazifalardan ko‘zlangan maqsad bitta: u ham bo‘lsa, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitini yaratish, xalqimizning tinch va osuda, farovon, hayot kechirishini taʼminlashdan iboratligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, filiallar tomonidan mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, filial mutaxassislari tomonidan mahallalarda joylashgan yirik savdo markazlariga ularning ish jarayonida uzluksiz yordam berish va fuqarolarga sifatli o‘lchashlarni taʼminlash maqsadida savdo markazlarining joyida qiyoslash ishlari olib borildi.Bir so‘z bilan aytganda, Аgentlik filiallari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar xalq manfaatlari va yosh avlod kelajagi uchun xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023 2.Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch -T:Maʼnaviyat,2008 3.Milliy istiqlol gʻoyasi T:Akademiyasi 2005 4.Karimov.I.Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida xavfdizlik tahdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari -T: Oʻzbekiston 1997 Download 59.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling