Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent viloyati hududiy boshqarmasi


Download 6.32 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi6.32 Kb.
#1648936
Bog'liq
1 Yoqubov Feruzbek 22A

OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI HUDUDIY BOSHQARMASI

BEKOBOD SHAHAR KASB-HUNAR MAKTABI


Yo’nalish: Texnologik qurulmalarni ta’mirlash bo’yicha chilangar
Guruh: TTCH 22A-21
Mavzu: Mexnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalari
Ma’ruzachi: Yoqubov Feruzbek
Bekobod - 2023

Mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi

Reja:

  • Mehnat muhofazasi
  • Texnika havsizligi

Mehnat muhofazasi

  • Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
  • Oʻzbekiston Respublikasida xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan.
  • Mehnat muhofazasi; kasaba uyushmasining texnik nazorati; sanoatda ish olib borish va kon nazorati; sanitariya nazorati; energetika nazorati; mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazorati; intizomiy, jinoiy va moddiy javobgarlik; chegaralangan moddiy javobgarlik va to’liq moddiy javobgarlik; kirish yo’riqnomasi; ish joyidagi yo’riqnoma; vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan yo’riqnoma; rejadan tashqari yo’riqnoma; mehnat gigienasi; umumiy va xususiy mehnat gigienasi; mehnat fiziologiyasi; mehnat psixologiyasi; diqqat-e’tibor; o’ziga olish; sezish, xotira, ishga layoqat; toliqish; hissiyotlar; jarohatlanish; kasb kasalligi.

Intizomiy javobgarlik. Katta sanoat korxonasida mehnat intizomini saqlash xavfsiz ish olib borishning asosi hisoblanadi, chunki bu yerda mehnat qilayotgan ishchining vazifasi va bajaradigan ishi mutaxassisligi bo’yicha texnika xavfsizligi me’yorlari darajasida bo’lishi va uni buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik tartibida ogohlantirish, jamoat tartibidagi choralar va ma’lum miqdorda jarima to’lash belgilanadi. Bunday holatlarda jarima va ogohlantirish bo’ysunish tartibidagi rahbar xodimlar tomonidan emas balki mehnatni muhofaza qilishning davlat nazorat organlari yoki shahar va tuman kengashlari ijroiya qo’mitalari tomonidan tashkil qilingan komissiyalarning qarori bilan belgilanadi.

  • Moddiy javobgarlik.
  • Bu ishchi va xizmatchining aybi bilan korxonaga keltirilgan moddiy zararli qoplashdir. Mehnatni muhofaza qilishning qoida va me’yorlari ishchi va xizmatchi tomonidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar ko’rsa, ana shu zararning bir qismi yoki hammasi aybdor shaxs tomonidan to’lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi.

Jinoiy javobgarlik.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo’pol buzilishi natijasida og’ir jarohatlanish sodir bo’lsa, yoki bir necha kishi og’ir jarohatlansa yoki baxtsiz hodisa o’lim bilan tugasa, bu holatda rahbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rahbar xodim vazifasidan chetlatiladi va ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.
  • Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish.

Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi.


Download 6.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling