Mahalla tinch – Yurt tinch. Tinchlik va xotirjamlik o‘z-o‘zidan qo‘lga kirgan emas


Axir, e’tibor bering, duo qilayotganda bobolarimiz-momolarimiz nima deb niyat qiladi? Yaratgandan birinchi nima so‘raydi?


Download 23.65 Kb.
bet3/7
Sana09.01.2022
Hajmi23.65 Kb.
#255918
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mahalla tinch

Axir, e’tibor bering, duo qilayotganda bobolarimiz-momolarimiz nima deb niyat qiladi? Yaratgandan birinchi nima so‘raydi? “Yurtimiz tinch bo‘lsin!” –deydi. “Osmonimiz musaffo bo‘lsin!” – deydi. Bu duolar tag-zamirida sharqona shukronalik hissi ham yotgani hech kimga sir emas.

Qanchadan-qancha o‘zbek xalq maqollari yurtda tinchlikni mustahkamlash g‘oyasini ilgari suradi.



Mamlakat – mahallalardan iborat. Yurt tinch bo‘lishi uchun, avvalo, har bir mahalla tinch bo‘lishi kerak. Mahalla – bizda o‘zini o‘zi boshqarishning qadimiy milliy tizimi. Bu tizim o‘tgan asrlarda mamlakatimizning hamma hududlarida shakllangan. Ammo, ochig‘ini aytganda, dunyoning biror-bir mamlakatida mahallachalik an’analari aynan bizdagi darajada keng quloch otgan, aholi turmushining ich-ichiga singib ketgan emas.

Sho‘ro davrida xalqimizning ana shunday mahalla bo‘lib yashashdek muqaddas qadriyatiga bepisand munosabatda bo‘lingan. U faqat fuqarolarga ma’lumotnoma yozib beradigan idoragagina aylantirib qo‘yilgan edi. Istiqlol yillarida birgina Toshkent shahri mahallalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan samarali ishlarni eslashning o‘zi mamlakatda bu tizim qanchalar muhim ijtimoiy halqaga aylanganini namoyon etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida mahallalardagi fuqarolar yig‘inlariga o‘zini o‘zi boshqarish organlari maqomi berilgan. Aynan mahalla tizimi orqali ham mamlakat xalqi o‘ziga xos umumiy bir mentalitet hosil qilyapti. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bugunga kelib boshqa millat va elat vakillari ham to‘y-ma’rakalarida o‘zbekona osh tortyapti. Bu tadbirlarni esa mahalla-ko‘y ishtiroki va ko‘magisiz o‘tkazishning aslo imkoni yo‘q.

Shahrimizdagi mavjud 11 tumanda jami 476 ta mahalla bor. Ba’zi mahalla fuqarolar yig‘ini atrofida 10 ming kishilik hudud birikkan. Mahalla – bugun ham o‘zini o‘zi boshqarish organi, ham ijtimoiy himoyani tashkil etish mexanizmi, ham chinakam tarbiya maktabi. Eng muhimi, mahallalar yurtimizda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini hayotga tatbiq etishning dunyodagi eng oliy namunasini ko‘rsatib kelyapti.

O‘zbekiston aholisini turli yoshdagi fuqarolar tashkil etadi. Biz, avvalo, yoshlar mamlakatimiz. Yoshlar tarbiyasi biz uchun bosh masalalardan biri. 2014-yil 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingani ham shundan dalolat beradi.

Shu yil boshidagi xolatga ko‘ra, mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlar soni 2 million 873 mingdan ko‘proq kishini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o‘rtacha yoshi 1990 yildagi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 75,8 yoshga yetdi. Ayni paytda yurtimizda 225 ming nafar 80 yoshdan, 44 ming nafar 90 yoshdan, 8 ming 700 nafar – shunga e’tibor bering – 100 yoshdan oshgan tabarruk qariyalar yashamoqda. 2015 yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi, shu munosabat bilan maxsus Davlat dasturi qabul qilinib, u izchil ijro etilayotgani ham amalda yurtimizdagi tinch-farovon hayot maromidan dalolat beradi.

O‘zbekistonimiz – ko‘p millatli mamlakat. Millatlarning ko‘pligi – jamiyatning yutug‘i. Hech bir millat o‘z qobig‘iga o‘ralib olib taraqqiy etgan emas. Milliy ravnaq hamisha o‘zaro aloqaning shirin hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Hozirgi O‘zbekiston hududida ko‘p asrlar mobaynida, o‘zbeklar bilan birga, boshqa millat va elat vakillari yashab kelgan. Baynalmilallik bizning qonimizda bor. Mamlakatimizdagi ayrim etnik qavmlarning ko‘pi bu yurtga qachon kelgani va bu yerda qaysi asrdan beri yashayotganini ham aniq bilmaydi. Ularning Vatani – O‘zbekiston.



Chor istilosi, xususan, sho‘ro zamonida turli-tuman omillar asosida migratsiyaviy jarayonlar kuchaydi. Respublikamizda istiqomat qilayotgan millat va elatlar soni yuzdan oshdi. O‘zbekiston amalda dunyoning ko‘pmillatli makonlaridan biriga aylandi. Bu yerda milliy madaniyatlar yaqinlashuvi, o‘zaro aloqa va ta’sir uchun qulay imkoniyat yaraldi.


Download 23.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling