Mahalla tinch – Yurt tinch. Tinchlik va xotirjamlik o‘z-o‘zidan qo‘lga kirgan emas


Download 23.65 Kb.
bet1/7
Sana09.01.2022
Hajmi23.65 Kb.
#255918
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mahalla tinch


Mahalla tinch – Yurt tinch.
Tinchlik va xotirjamlik o‘z-o‘zidan qo‘lga kirgan emas. Buning uchun davlat va xalq birligiga erishish, tinchlikparvar siyosat yuritish, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlash, hamisha aholining turmush sharoitini yaxshilashni o‘ylash, jamiyatda hammaning huquq va erkinliklari tengligini ta’minlash, o‘zaro mehr-oqibat, hurmat-ehtiromni kuchaytirish, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini yaratish, ma’naviyat va ma’rifatni kuchaytirish, ogoh bo‘lish, buning uchun esa aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish va ko‘pdan ko‘p sohalarda samarali faoliyat olib borish zarur.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga a’zo bo‘lib kirdi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan ushbu nufuzli tashkilot oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 1993-yili bo‘lib o‘tgan 48- hamda 1995-yil oktyabrida o‘tkazilgan 50-sessiyalarida so‘zlagan nutqi bunga yorqin misol. Prezident Islom Karimov “Markaziy Osiyo – yadroviy quroldan xoli zona” g‘oyasining tashabbuskori hisoblanadi. Yurtboshimizning qo‘shni Afg‘onistonda ko‘p yillardan beri yuz berayotgan murakkab vaziyatni faqat siyosiy yo‘l bilan hal qilish haqidagi g‘oyasi hamon dolzarbligicha turibdi. O‘zbekiston – aynan tinchliksevar siyosati bilan ham jahon hamjamiyatida alohida obro‘ga ega.

Prezident Islom Karimov Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammitlaridagi nutqlarida bir necha bor xalqaro terrorizm, ayirmachilik (separatizm), ekstremizm va tobora avj olib borayotgan narkotik tajovuziga qarshi kurashning muhim markaziga aylanayotganini alohida ta’kidladi, Afg‘onistonda hali-hanuz davom etayotgan murakkab vaziyatga to‘xtaldi. Uning qat’iy nuqtai nazariga ko‘ra: “...Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘lini harbiylashtirish va kuch ishlatish ko‘lamini yanada kengaytirishdan emas, balki qurolsizlanish va jahon hamjamiyati yordamida loyihalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish, keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, mamlakat aholisini qo‘llab-quvvatlashdan izlash darkor”.

Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab aholimiz, birinchi navbatda keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi. Ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish uchun davlat budjetidan ijtimoiy ehtiyojlar, jumladan, aholini qo‘llab-quvvatlash va sotsial sohani mustahkamlashga ajratilayotgan yillik xarajatlar izchil oshib bormoqda. Birgina 2014-yilda bu raqam 60 foizdan oshdi.

Bular mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarimizning mantiqiy natijasi sanaladi. Biz qo‘lga kiritayotgan bunday yuksak natijalarning asosiy omili va mezoni shuki, buning zamirida, birinchi navbatda, tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning fidokorona mehnati yotibdi. Shu tariqa mustaqillik yillarida odamlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi ortib, fuqarolik pozitsiyasi tobora kuchayib bormoqda.

O‘zbekiston erishayotgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan ham keng e’tirof etilayotir. Xususan, Jahon iqtisodiy forumi tomonidan e’lon qilingan reytingda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlar orasida mamlakatimiz 5-o‘rinni egalladi.

Mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash, urf-odat va an’analarimizni, muqaddas islom dinini, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug‘lash, sog‘lom va barkamol yangi avlodni shakllantirish bo‘yicha ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan beqiyos imkoniyatlar ochib berganiga hammamiz guvohmiz.




Download 23.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling