Mahalla tinch – Yurt tinch. Tinchlik va xotirjamlik o‘z-o‘zidan qo‘lga kirgan emas


Dinlararo bag‘rikenglik siyosatining ham mamlakatda tinchlik-totuvlikni ta’minlashda alohida o‘rni va ahamiyati bor


Download 23.65 Kb.
bet6/7
Sana09.01.2022
Hajmi23.65 Kb.
#255918
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mahalla tinch

Dinlararo bag‘rikenglik siyosatining ham mamlakatda tinchlik-totuvlikni ta’minlashda alohida o‘rni va ahamiyati bor.

Millatimizdan qat’i nazar, shu Vatan taqdiriga barchamiz birdek mas’ulmiz. Chunki, Prezidentimiz alohida shior tarzida o‘rtaga tashlaganidek: “Shu aziz Vatan – barchamizniki!”

Prezidentimiz so‘zboshisi bilan 2000-yili chop etilgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida, jumladan, shunday so‘zlarni o‘qiymiz: “Muayyan mamlakatga nom bergan (titul) millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Aksincha, bu g‘oyaning ahamiyatini tushunib yetmaslik jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin”.



Bugun biz o‘ta tahlikali va qaltis zamonda yashayapmiz. Yon-atrofimizda turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek saqlashimiz suv va havodek zarur. Millatlar va fuqarolar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash – bugun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Buni har birimiz chuqur his etishimiz darkor.

O‘zbekistonning xalqaro maydonda yaqin va uzoq qo‘shnilarimiz bilan olib borayotgan do‘stona aloqalarini, o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatini, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan qarama-qarshilik va to‘qnashuvlarni faqatgina siyosiy muzokaralar, tinchlik yo‘li bilan hal etish bo‘yicha yondashuv va qarashlarining mazmun-mohiyatini har birimiz teran anglashimiz lozim.

O‘zbekistonning tinchlikparvarlik siyosati muayyan qat’iyatlarga suyanadi. Yurtboshimiz qayta-qayta ta’kidlaganidek: “Yuzaga keladigan qarama-qarshilikni, nizolarni faqatgina siyosiy yo‘l, tinch vositalar bilan hal etish, davlatlarning siyosiy suvereniteti va chegaralarning daxlsizligini buzishga yo‘l qo‘ymaslikdir. Har qanday to‘qnashuv, har qanday qarama-qarshilik, har qanday ziddiyat, avvalambor, tinchlik yo‘li bilan hal etilishi kerak. Mustaqil davlatlarning mustaqilligiga ziyon yetkazmaslik kerak. Zo‘ravonlik yo‘li bilan, kuch ishlatib, bu masalalarni hal qilib bo‘lmaydi. Agar urush-janjal boshlanadigan bo‘lsa, uning oxiri ko‘rinmasdan qoladi”.

Mamlakatimizda yuritilayotgan tinchliksevar siyosatni el-yurtimiz to‘la qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuning uchun ham davlatimiz raxbarining mana bu fikrlari – amalda xalqning dilidagi gaplardan iborat: “Xalqimiz xotirjam bo‘lsin – O‘zbekiston bunday bahslar, qarama-qarshilik va ziddiyatlar, qon to‘kishga qaratilgan urinishlarga aslo qo‘shilmaydi va bunday harakatlar ostonamizga yetishiga biz aslo yo‘l qo‘ymaymiz. Buning uchun kuchimiz ham yetadi, qudratimiz ham yetadi, kerak bo‘lsa, aqlimiz ham yetadi, desam, o‘ylaymanki, odamlarimiz mening gaplarimni to‘g‘ri tushunadi va to‘g‘ri anglaydi”.


Download 23.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling