Ha, chindan ham, tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik – eng katta boyligimiz.
Bu boylikni bizga mustaqillik berdi.
Buning uchun shukr qilishimiz lozim.
Buning qadriga yetishimiz kerak.
Yurtimiz ravnaqi uchun ISTIQLOL, ISLOHOT VA ISTIQBOL yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu va ulug‘vor ishlardan barchamiz g‘ururlanamiz va faxrlanamiz.
“Istiqlol”, “islohot” va “istiqbol” degan bu uch buyuk so‘z mohiyatida ulkan teran va ko‘p ma’nolar bor.
Shaxsning jamiyatdagi o‘rni — beqiyos. Shunday zamonlar keldiki, butun bir xalq bir buyuk shaxs timsolida maydonga chiqdi. Chunki u dadil turib, xalqni yorug‘ kelajak sari yetakladi.
Prezident Islom Karimov jamiyatning mustamlakadan — mustaqillikka; mustabidlikdan — ozodlikka; qoloqlikdan — ilg‘orlikka; agrar davlatdan — sanoati rivojlangan mamlakatga; totalitarizmga asoslangan byurokratik tuzumdan — demokratik tamoyillar ustuvor bo‘lgan jamiyatga; tepadan turib tuziladigan reja bilangina ish ko‘radigan ishlab chiqarishdan — bozor munosabatlari, ya’ni o‘zaro raqobat asosidagi rivojlanishga; yakka mafkura hukmron jamiyatdan — ko‘ppartiyaviylikka asoslangan jamiyatga; ma’naviy parokandalikka yuz tutgan jamiyatdan — ma’rifatli jamiyatga; kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishiga qat’iy kirishdi va bu borada ulug‘vor ishlar amalga oshirildi. Yurtboshimiz shu tariqa O‘zbekistonning BUYUK KELAJAGINI bunyod etish yo‘lida xalqimiz va Vatanimizni olam aro mashhuri jahon qildi.
Yuz yillar o‘tar, ming yillar kechar, shu muqaddas zaminda odamzod yashar ekan, kelajak avlodlar aynan ISTIQLOL davrini, xususan, uning TASHABBUSKORI, RAHNAMOSI, ASOSCHISINI hamisha buyuk kuch, yuksak adolat timsoli sifatida qadrlaydi va e’tirof etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |