Mahalla tinch – Yurt tinch. Tinchlik va xotirjamlik o‘z-o‘zidan qo‘lga kirgan emas
Bashariyat tarixida isbotlangan bir qoida shuki, xalqi xotirjam mamlakatda tinchlik barqaror bo‘ladi
Download 23.65 Kb.
|
Mahalla tinch
Bashariyat tarixida isbotlangan bir qoida shuki, xalqi xotirjam mamlakatda tinchlik barqaror bo‘ladi. Istiqlol yillarida odamlarni rozi qilish, ularning yaxshi yashashiga erishish siyosati yuritildi. Buni to‘la his etish uchun bugungi farovon hayotimizni kechagi mustabid tuzum hukmronlik qilgan davrga solishtirishimiz kerak.
1990-yili mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, go‘sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan. “Qo‘ldan berganga qush to‘ymas”, – deydi dono xalqimiz. Bu bejiz emas. Kuni faqat importgagina qarab qolgan sohada, birinchidan, tovarlarning narxi qimmatlashadi, ikkinchidan, uning o‘zi kamchil bo‘ladi. Sho‘ro davrida aynan shunday edi. O‘zbekiston rahbarining 1990-yil 4-iyundagi nutqida tilga olingan mana bu ma’lumotlar – hozir ham ahamiyatli, chunki ular istiqloldan oldingi ayanchli ahvolimizni ko‘z o‘ngimizga keltirishimizga yordam beradi: “...Respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida turibdi. ...Har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 12-o‘rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkich esa – Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past. Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‘rinlardan birida turibmiz.
Istiqlol yillarida xarid qobiliyati bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmi aholi jon boshiga 4 marta o‘sdi. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 6,5 ming AQSh dollaridan ziyodni tashkil etayotir. Bu ayni boradagi amaliy ishlarimizning yaqqol samarasi hisoblanadi, albatta. Tinchlik pirovard natijada farovonlikka asos bo‘lishi kerak. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Har qaysi oiladagi farovonlik, yurtdoshlarimizning hayotga bo‘lgan munosabati, pirovard natijada butun jamiyatimizning barqarorligi, avvalo, odamlarimizning qanday ish bilan ta’minlangani, o‘z mehnatiga yarasha munosib maosh olishiga bog‘liq”. Farovonlikning o‘z mezonlari bor. Masalan, keksalar soni ham farovonlikning bir belgisi hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida pensiya yoshidagilar soni mamlakatimiz aholisining 7,2 foizini tashkil etgan. Hozir bu ko‘rsatkich 9,3 foizga yetdi. Bu umr ko‘rish darajasi oshganligini ko‘rsatadi. Keksalar – amalda xalqning boyligi. Chunki ular katta tajribaga ega. “Qari bilganni pari bilmaydi”, deya bejiz aytilmagan. Bu yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi, maxsus Dastur asosida bu borada amalga oshirilayotgan ezgu ishlar amalda hayotimizni yanada mazmunli va farovon qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz davlat budjetining 59-60 foizga yaqini ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Biz tanlab olgan, mashhur besh prinsipga asoslangan tadrijiy, evolyutsion taraqqiyot modeli naqadar haqqoniy va samarali ekanini biz barpo etayotgan yangi demokratik tizim misolida, iqtisodiyotimiz 5 barobardan ziyod oshib, aholimizning daromadlari qariyb 9 marta o‘sgani, qishloq va shaharlarimiz qiyofasi mutlaqo o‘zgarib, gullab-yashnab borayotganida, xalqimizning ertangi kunimizga ishonchi tobora oshib borayotganida ko‘rish, kuzatish qiyin emas”. Faqat o‘tgan 2014-yilning o‘zida ish haqi, pensiya va stipendiyalar hajmi 23,2 foiz, aholining real daromadlari 10,2 foizga ko‘paydi. Bu yutuqlar zamirida xalqning jonkuyarlik bilan qilgan mehnati yotibdi. Zero, xalqning emin-erkin yashashi, samarali mehnat qilishi, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishi, yaratuvchanligini namoyon etishi uchun ham mamlakatda osoyishtalik ta’minlangan bo‘lishi zarur. Buni xalqimiz teran anglaydi. Download 23.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling