8-moddada: “O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, – deyiladi.
“O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart”.
Demak, fuqaroning qaysi millatga mansubligi uning huquq va erkinliklariga daxl qila olmaydi.
Hozir mamlakatimizda 7 tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz va turkman tillarida umumiy ta’lim maktablari mavjud. Shu maktablar uchun darslik va qo‘llanmalar mamlakatimizning o‘zida tayyorlanib, chop etiladi. Mamlakatimizda o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq va ingliz tillarida matbuot nashrlari mavjud.
1992-yili Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilgan. Shu yillar mobaynida uning atrofida turli milliy madaniy markazlar uyushgan holda faoliyat olib boryapti. Bu markazlar o‘z millatlarining tili, madaniyati, urf-odatlari, an’analarini saqlab qolish, yanada rivojlantirish bo‘yicha faol ish yurityapti. Umumxalq bayramlarni nishonlashga bag‘ishlangan tantanalarning deyarli hech biri mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elat vakillarining kuy, qo‘shiq va raqslarisiz o‘tmaydi.
O‘zbekistonda o‘ziga xos bir milliy mentalitet yuzaga kelgan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, o‘z-o‘zidan, millat millatga, madaniyat madaniyatga ta’sir o‘tkazadi. Shu tariqa har bir milliy madaniyat amalda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligidan iborat bo‘la boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |