4. To‘qsonbosti ekinlarni monitoring qilish.
Ijara еr maydonlarida hamda aholi tomorqasida asosiy ekindan bo‘shagan
maydonlarda asosan
avgust-sentabr oylarida avgust piyozi va sarimsoq piyoz hamda
noyabr-dekabr oylarida piyoz, sabzi, osh lavlagi, karam va ko‘kat
sabzavot
ekinlarini
to‘qsonbosti usulida
ekish ishlari amalga oshiriladi.
Ijara еr maydonlarida hamda aholi tomorqasida ekilgan to‘qsonbosti usulidagi
qishloq xo‘jalik mahsulotlari keyingi yilning
aprel-may oylarida pishib еtishadi.
Hokim
yordamchilari
tomonidan
ijaraga
berilgan
еr maydonlari
va
aholi tomorqasida
to‘qsonbosti
usulida ekilgan sabzavot ekinlarini monitoringi
sentabr hamda
dekabr oylarida amalga oshiriladi.
Bunda,
hokim yordamchisi joyga chiqqan holda:
- takroriy ekin(lar) turi;
-ekilgan maydoni(sotix)ni;
- joylashgan joyi(lokatsiya)ni va ular to‘g‘risidagi 2
ta rasmni
“Online-mahalla” platformasiga joylaydi.
5. Yakuniy qoida.
Mazkur usullar orqali
“Online-mahalla” platformasida
ijara еr maydonlari
va aholi tomorqasida ekilgan
asosiy, takroriy va to‘qsonbosti ekinlari monitoringi
hamda ularning hisobi yuritib boriladi.
“Online-mahalla” platformasiga yuklangan ma’lumotlar asosida vakolatli
organlar tomonidan ijara еr maydonlari va aholi tomorqasida ekilgan
asosiy, takroriy
va to‘qsonbosti ekinlar turlari va ekilgan maydoni bo‘yicha statistik
ko‘rsatkichlar yuritilib boriladi.