Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2023-yil
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
dcbf4fbffde180cc6304aeec
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Takroriy ekinlarni monitoring qilish. Takroriy ekinlar
“Online-mahalla” platformasiga joylaydi.
Ma’lumot uchun. Asosiy ekin maydonlarida asosan sabzavot, poliz, kartoshka ekinlari ekiladi. Jumladan: pomidor, bodring, karam, piyoz, sabzi, qalampir, rediska, baqlajon, sarimsoq, sholg‘om, turp, osh lavlagi, selderey ukrop, ismaloq, brokkoli, sherolchin, rayhon, kashnich, loviya, gorox, petrushka, qovoq, tarvuz, qovun, patison, qovoqcha va boshqalar. 3. Takroriy ekinlarni monitoring qilish. Takroriy ekinlar dehqon xo‘jaligi еrlari yoki aholi tomorqalarida asosiy ekin hosili o‘rib, yig‘ib olinganidan keyin o‘rniga ikkinchi marta ekiladigan ekinlar hisoblanadi. Ijara еr maydonlari va aholi xonadonlarida asosiy ekinlardan bo‘shagan maydonlarda asosan may-iyul oylarida takroriy ekin ekish ishlari amalga oshiriladi. Ijara еr maydonlari va aholi tomorqasida ekilgan takroriy ekin mahsulotlari sentabr-oktabr oylarida pishib еtishadi. Hokim yordamchilari tomonidan ijara еr maydonlari va aholi tomorqasida ekilgan takroriy ekinlarni monitoringi avgust oyida amalga oshiriladi. Bunda, hokim yordamchisi joyga chiqqan holda: - takroriy ekin(lar) turini; - ekilgan maydoni(sotix)ni; - joylashgan joyi(lokatsiya)ni va ular to‘g‘risidagi 2 ta rasmni “Online-mahalla” platformasiga joylaydi. Ma’lumot uchun. Takroriy ekin maydonlariga asosan sabzavot, poliz, kartoshka va dukkakli ekinlari ekiladi. Jumladan: pomidor, bodring, karam, sabzi, qalampir, baqlajon, sarimsoq, sholg‘om, turp, osh lavlagi, redis, brokkoli, sherolchin, rukkola, selderey, ukrop, ismaloq, rayhon, kashnich, arpa bodiyon, sabzavot loviyasi, gorox, petrushka, batat, lotos, loviya, qovoq, tarvuz, qovun, patison, qovoqcha, mosh, loviya va boshqalar. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling