Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida


Download 5.66 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi5.66 Kb.
#1758715

20__ yil _______ «__»


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvarda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-92-son qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyunda “2022-2023 yillarda o’zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 310-son, “Yoshlar muammolarini o’rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’isida”gi 312-son hamda 2022 yil 26 oktabrdagi "Yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan o’zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to'g'risida”gi 617-son qarorlari bilan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunda yoshlarimizni zamonaviy kasblarga o'qitish, bilim va ko'nikmalarini oshirish hamda ularning o’zini-o’zi band qilgan holda zamonaviy kasblar bilan shug’ullanishlariga keng imkoniyatlar yaratish ishlari olib borilmoqda.


Ayni shu yuzasidan Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o'rganishi va ularni xorijiy tillarga o’qitish bo’yicha olti oygacha muddatli o’quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg’armasi mablag’lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq subsidiya ajratilishi belgilangan.
Bugungi kunda Urganch shahridagi Raqamli texnologiyalar o’quv markazi tomonidan “Kelajak kasblari” loyihasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlar turli yo'nalishlarda o’qitildi. (o'qitilgan yoshar ro’yhati ilovaga asosan taqdim etiladi)
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sizdan mazkur loyiha asosida o’qitilgan yoshlarning ta’lim olishlari uchun ajratilgan mablag’larni o’rnatilgan tartibda to’lab berilishida amaliy yordam berishingizni so’rayman.
DATA UNION” MCHJ
direktori Sh.Sabirov
Download 5.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling