«Махаллий бюджет даромадларини шакллантиришда ва худудий иктисодиётни ривожлантиришда соликларининг ахамияти»


Mahalliy soliqlar va yig’imlarlarni undirishda mahalliy hokimiyatlarning roli


Download 0.7 Mb.
bet6/21
Sana02.12.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1779352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati KURS ISHI

Mahalliy soliqlar va yig’imlarlarni undirishda mahalliy hokimiyatlarning roli

Konstitutsiyada mustahkamlangan mahalliy hokimiyatlarning mustaqilligini moliya sohasida qayta o’zgartirishlarni va mahalliy budjetlarning daromad asoslarini mustahkamlash yo’llarini izlashni talab qildi. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, xarajatlarni muvofiqlashtirishning yangi modeliga bo’lgan zarurat budjetni qayta o’zgartirishga olib keldi. Davlat boshqaruv tamoyillari o’zgarishlari bilan birga hozirgi paytda maqsadlar hamda budjetni hududiy tartibga solish tamoyillarining o’zgarishlari bilan bog’liqdir.


Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy budjet daromadlarini shakllanishi va xarajatlarining asosiy yo’nalishlarini belgilash jarayonidagi roli, ular faoliyatini moliyaviy mustaqilligini ta’minlovchi asosiy yo’nalish hisoblanadi.
Qo’shimcha mahalliy soliqlarning joriy qilish va uning yig’imini ta’minlash bo’yicha mahalliy budjetlar oldida turgan eng muhim muammosi bo’lib, bu mahalliy budjetlarni yetarli daromad manbaiga ega emasligi, budjetlar daromadlarini shakllantirishdagi yuqori budjetlarga bog’liqligi hamda barqaror soliq turlarini kamligi hisoblanadi.
Mahalliy budjetlar daromadlar bazasini yanada mustahkamlash, budjetlararo munosabatlarni isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi, bu yo’nalishda mulkni, yerni, tabiiy resurslarni soliqqa tortish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Mulk solig’idan tushumlarning real oshirish yo’llaridan biri asosiy fondlarning bozor narxida baholashni o’tkazishdan olinishi mumkin, shuningdek, ushbu soliqdan yengilliklarni qisqartirish xam ushbu maqsadga xizmat qiladi. Navbatdagi istiqbolli manbalardan biri bo’lib, mahalliy budjetlarga jismoniy shaxslar daromad soliqlarini uzoq muddatga biriktirib qo’yish hisoblanadi. Soliqlar bilan bir qatorda mahalliy budjetlar daromadlarining shakllantiruvchi manbalari sifatida soliqsiz daromadlar ham qatnashishlari kerak. Ayniqsa soliq yukini yanada oshirmaslik talabi ana shu xulosadan kelib chiqadi. Mahalliy xukumat organlari o’zlariga biriktirilgan mulkni daromad olish maqsadida foydalanishga o’rganishlari ayniksa davlat pulli va ijtimoiy xizmatlar bozorini rivojlantirishlari zarur. Bundan tashqari ko’pchilik jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ini to’lik to’lamaslik maqsadida mol-mulkini eski arzon narxlarda narxlatgan va shu eski narx bo’yicha mol-mulk soliqini hisoblattirib solig’ini to’lab kelmoqda, lekin ushbu mol-mulkni sotuvga ko’yayotgan vaqtda bozor narxidan kelib chiqqan holda narxlaydi. Natijada Texnik Inventarlash Kadastr Byurosi (ruscha nomi BTI) tomonidan narxlangan summa bilan sotuvdagi summa o’rtasida juda katta farq kelib chiqmoqda.
Qonunchilikka kiritilayotgan o’zgartirishlar soliq yukini yanada kamaytirishga, kichik va o’rta tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tizimini soddlashtirish, vijdonli soliq to’lovchilarni ularning xo’jalik faoliyatiga asossiz aralashishdan himoyalanishni kuchaytirish, jinoiy va ma’muriy jazolarni erkinlashtirish, samarali soliq tizimini tamoyillarini yanada to’liq ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan.
Mahalliy soliqlarning mahalliy budjetlar daromadlarini mustahkamlash, ularni daromad bazasini kengaytirib borish hozirgi O’zbekistonning bozor iqtisodiga o’tayotgan davrda dolzarb masalalaridan biridir. Mahalliy budjetlarning daromad bazasi hududlarda yaratilayotgan milliy daromad, ya’ni ishlab chiqarishni rivojlanish darajasi, daromadlarini doimiy va bir maromda tushishi, mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy budjetlarni daromadlarini oshishidan manfaatdorligi bilan bevosita bog’liqdir. Mahalliy soliqlarning budjet daromadlarini oshishini ichki rezervlari, hududlarda ishlab chiqarishni rivojlanishi, joylarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi bilan chambarchas bog’liqdir.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni, turli mulkchilik formalarini yuzaga keltirish va bu mulkchilik formalari o’rtasida erkin raqobat orqali ishlab chiqarishni rivojlanitirishga erishish muhim o’rin egallaydi. Turli mulkchilik formalarini rivojlantirilishi xam bevosita budjet daromadlarini shakllantirishda o’z ta’siriga ega. Mahalliy soliqlarning mahalliy budjet daromadlar bazasini mustahkamlashda bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya darajasining o’sishi soliqlar va yig’imlardan tushadigan tushum salmog’ining pasayishi muammolar paydo bo’ladi. Bu budjetning xarajatlar qismini qoplashda ma’lum mablag’larning yetishmasligiga olib keladi.
Ma’lumki mahalliy hokimiyatlarni o’zlariga tegishli hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar mahalliy budjetlar ihtiyoriga berilgan. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning daromadini soliqqa tortish tizimi ham bosqichma-bosqich takomillashtirib borilmoqda. Bunday soliq to’lovchilar va ushbu soliq turlari bo’yicha budjetga tushumlar yil sayin ko’payib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga 1993 yil 2 sentyabrdagi "Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilishi vakolati berilgan”. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining budjet sohasidagi faoliyatining konstituttsiyaviy asosi o’rnatilgan. Mahalliy joylardagi vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari turlicha bo’lib, ular avvalo “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunda belgilangan.
Shunday qilib, vakillik hokimiyati organlarining vazifasi budjetini va uning ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlash bo’lsa, ijro hokimiyati organlarining vazifasi budjet loyihasini ishlab chiqish, ijro haqidagi hisobotni tayyorlash va eng muhimi, samarali ijroni tashkil etish hisoblanadi.
Budjet tegishli hududning rivojlanishi, aholi turmush sharoitining yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega asosiy vositadir. Shuning uchun uni tasdiqlash, ijrosi haqidagi hisobotni tasdiklash mahalliy vakillik organlarining mutloq vakolatiga kiradi. Budjet tasdiqlanishida daromadlarning umumiy miqdori, uning manbalari, shuningdek, xarajatlar belgilanib, har bir soha uchun ajratilgan mablag’lar aniq ko’rsatiladi. Bu hudud xo’jaligini moliyalashtirish, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va davlat organlarini pul bilan ta’minlashni o’z ichiga oladi. Budjet tasdiqlanganda uning xar bir uch oylik bo’yicha taqsimoti ham belgilanadi.
Mahalliy hokimiyat organlari budjet ijrosini tashkil qiladi, moliyaviy intizomga rioya qilinishi ustidan nazorat qilinadi. Zarur xollarda budjet ijrosi jaryonida uni qayta taqsim qiladi. Budjet ko’rsatkichlari hokim tomonidan tayyorlanadi. Budjetning ijrosi haqidagi hisob ham hokim tomonidan tayyorlanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida budjet masalasi, moliya ishlari juda muhim va murakkab masaladir. Xar bir hududning rivoji, kam ta’minlangan oila va shaxslarning yetarli darajada ijtimoiy himoya qilinishi, xar bir hudud davlat hokimiyat organlari moliyaviy masalalarni to’g’ri hal qila bilishiga bog’liq. Bunda mahalliy budjetga tushadigan soliq va yig’imlarning turi, miqdorini belgilash alohida o’rin tutadi.
Mahalliy budjetlar daromadlarini mustahkamlash va xarajatlarini muvofiqlashtirishda moliya idoralari rolini oshirishning eng asosiy bosqichi bu organlarni faoliyatini xususiy belgilab berishdir. Bugungi kunda respublikamizda mahalliy moliya idoralari faoliyatini va ular oldidagi vazifalarni belgilab beruvchi umumlashgan xususiy xujjat mavjud emas. Viloyat moliya bosh boshqarmalari faoliyatini belgilab beruvchi tartiblar viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqarilgan.
Mahalliy budjetlar hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishning asosiy manbai va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining iqtisodiy negizi bo’lganligi sababli, budjetga qo’shimcha mablag’lar jalb etish manbalarini izlab topish va mavjud mablag’larni samarali sarflanishini ta’minlash budjet siyosati samaradorligini ta’minlaydigan asosiy omil hisoblanadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling