«Махаллий бюджет даромадларини шакллантиришда ва худудий иктисодиётни ривожлантиришда соликларининг ахамияти»


Davlat budjeti daromadlarida soliqlarning salmog’i


Download 0.7 Mb.
bet8/21
Sana02.12.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1779352
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati KURS ISHI

Davlat budjeti daromadlarida soliqlarning salmog’i5

2013 yil 1 yanvardan boshlab, Prezidentimizning 1887-sonli qarorlariga ko’ra mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini ko’paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:


suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq;
yuridik shaxs bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’iga aktsiz solig’i;
davlat bojlari, yig’imlar va jarimalar bo’yicha tushumlari to’liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o’tkaziladi.6
Birinchi guruh mahalliy soliqlariga mol-mulk solig’i va yer solig’i kirib, ular respublika qonunchiligi bilan joriy etiladi va butun respublika hududida undiriladi hamda ular stavkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Shuningdek, belgilanishi va amal qilishi nuqtai-nazaridan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq ham butun respublika hududida undirilib, uning yagona stavkasi amal qiladi
Mazkur guruh mahalliy soliqlari bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati idoralarining faqatgina bir vakolati mavjud bo’lib, bu ham bo’lsa, ular o’z hududlarida joylashgan soliq to’lovchilarga mol-mulk solig’i bo’yicha qo’shimcha imtiyozlar berishi mumkin.
Ikkinchi guruh mahalliy soliqlar va yig’imlari, jumladan, infratuzilmani rivojlantirish solig’i; transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; savdo-sotik qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari; yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im mahalliy davlat hokimiyati idoralari tomonidan joriy etiladi. Ular stavkalarining eng yuqori miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, mahalliy davlat hokimiyati idoralari faqatgina ana shu stavkalar doirasida o’z hududlari uchun soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini belgilash bo’yicha esa to’liq huquqqa ega. Shu bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati idoralariga yangi turdagi mahalliy soliqlar va yig’imlar joriy etish vakolati ham berilgan bo’lib, ularni joriy etish Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirishni talab etadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling