«Махаллий бюджет даромадларини шакллантиришда ва худудий иктисодиётни ривожлантиришда соликларининг ахамияти»


Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ining amaldagi holati tahlili


Download 0.7 Mb.
bet11/21
Sana02.12.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1779352
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati KURS ISHI

2.2. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ining amaldagi holati tahlili.


Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish va yerga egalik qilish pullikdir. Yer solig’i davlat budjeti va soliq to’lovlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ham u iqtisodiy kategoriyalar turkumiga kiradi. Yer solig’ining iqtisodiy mohiyati, mazmunini ochish uchun davlat budjeti va soliq to’lovchilar o’rtasidagi yuzaga keladigan ko’p qirrali munosabatlarning xarakterini o’rganish lozim. U ayrim to’g’ri soliqlardan farqli o’laroq, mahalliy soliqlar guruhiga kiradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida yer solig’i davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini yurgizishda ham muhim o’rin tutadi.
1993 yil 6 mayda “Yer solig’i to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi yerga bo’lgan egalik munosabatlarini tubdan o’zgartirdi. Aholining keng qatlami yerdan foydalanishda eng asosiy maqsadi yerning unumdorligini oshirish, yerga to’g’ri ishlov berish va yerdan olingan mahsulotlarni xalq manfaatlarining qondirilishiga jalb etish bo’lib hisoblanadi.
Yerdan unumli foydalanish, uni hosildorlikdagi mavqeini oshirish asosan soliq munosabatlari orqali amalga oshirilishi bu borada oqilona soliq siyosatining yurgizilishini taqazo etadi. Lekin yer solig’ini joriy etish yer qonunchiligi bilan belgilanadi. Chunki yer qonuniga muvofiq yerlarni toifalarga bo’lish va unda asosan yer unumdorligining e’tiborga olinishi yerga nisbatan o’ziga xos soliq munosabatlarini yurgizishni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek yer solig’i O’zbekiston Respublikasida 1993 yil 6 maydagi “Yer solig’i to’g’risida”gi Qonun asosida 1994 yildan boshlab undirila boshlandi. Hozirgi kunda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 50-bob, 287-294 moddalari asosida undiriladi va huquqiy tartibga solinadi.
Endi yer solig’ining nazariy jihatlari bilan tanishgandan so’ng uning fiskallik ahamiyati, ya’ni budjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini tahlil qilsak.


4 - jadval



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling