«Махаллий бюджет даромадларини шакллантиришда ва худудий иктисодиётни ривожлантиришда соликларининг ахамияти»


-jadval Olmazor tumani mahalliy budjetining


Download 0.7 Mb.
bet10/21
Sana02.12.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1779352
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati KURS ISHI

3-jadval


Olmazor tumani mahalliy budjetining
daromadlari tarkibi8
ming so’mda




Ko’rsatkichlar

2010 y

2011 y

2012 y

1


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

5 654 442,5

6 195 897,5

9 710 611,3

2


Kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi

13 180 557,1



18 760 059,5



21 922 487,2



3


Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to’lovi

13 587 584,3

18 355 618,5

19 572 872,1

4

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

28 114 986,1





34 220 801,0



40 848 409,3



5

Qo’shilgan qiymat solig’i

40 565 043,4

48 274 002,2

42 699 914,8

6


Aktsiz solig’i, jami

14 192,0

38 159,5

61 274,0

7


Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

9 481 682,7





17 197 878,6



28 580 286,6



8

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

1 199 466,6



2 153 036,7



3 319 696,2



9

Er solig’i, shu jumladan:

2 636 940

4 034 632,0

5 764 029,6




jismoniy shaxslarning yer solig’i

950 479,8

1 961 522,8

2 711 089,5

10


Er qaridan foydalanganlik uchun soliq

4 663,8

7 767,0

15 856,8

11


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

28 885,6




41 306,7



47 949,1



12

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i

2 112 610,3



1 528 797,7



17 540 876,3



13


Jismoniy shaxslar tomonidan transport vositalari uchun iste’mol qilinadigan benzin, dizel yoqilg’isi va gaz uchun soliq

8 362 405,2



8 792 908,5



9 718 271,2






JAMI

137 317 334,2

178 082 040,2

266 707 122,7

3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Olmazor tumani mahalliy budjeti daromadlari 2010 yilda 137317334,2 so’mni, 2011 yilda 178082040,2 so’mni, 2012 yilda 266707122,7 so’mni tashkil etgan. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’idan tushum 2010 yilda 5654442,5 so’mni, 2011 yilda 6195897,5 so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilda esa 9710611,3 so’mni tashkil etgan. Kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovidan tushum 2010 yilda 13180557,1 so’mni, 2011 yilda 18760059,5 so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilda 21922487,2 so’mni tashkil etgan. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to’lovidan tushum 2010 yilda 13587584,3 so’mni, 2011 yilda 18355618,5 so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilga kelib 19572872,1 so’mni tashkil etgan. Eng yirik tushumga ega bo’lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idan tushumga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2010 yilda 28114986,1 so’mni, 2011 yilda 34220801,0 so’mni tashkil etgan, 2012 yilga kelib esa 40848409,3 so’mni tashkil etgan. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan solig’i bo’yicha tushumga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2010 yilda ushbu soliqdan tushum 9481682,7 so’mni, 2011 yilda 17197878,6 so’mni tashkil etgani holda, 2012 yilga kelib 28580286,6 so’mga etgan. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan solig’i bo’yicha tushum 2010 yilda 1199466,6 so’mni, 2011 yilda 2153036,7 so’mni, 2012 yilda esa 3319 696,2 so’mni tashkil etgan. Daromadlarning o’sib borishiga soliqli to’lovlar bilan bir qatorda, mahalliy yig’imlar va davlat bojlari ham salmoqli ahamiyat kasb etgan.


Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, Respublikamizda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining asosiy daromad manbai hisoblangan mahalliy soliqlar va yig’imlar bilan bog’liq muammolar markazida ularning mahalliy budjetlar xarajatlarini to’liq miqdorda moliyalashtira olmasligidadir. Shuning uchun ham umumdavlat soliqlaridan mahalliy budjetlarga ajratmalar, ya’ni tartibga solinadigan soliqlardan to’liq yoki qisman ajratmalar belgilash tizimi amal qiladi va ulardan kelib chiqib mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlari yana bir qadar oshirilgan bo’lsada, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlari qonunchilik nuqtai-nazaridan bir qadar cheklangan, amalda esa o’z hududlarida undiriladigan barcha soliqlar va yig’imlarni nazorat qilish tizimi amal qiladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishda turli hokimiyat organlarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlarini yanada aniqlashtirish va bunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlarini oshirish muhim yo’nalish qilib belgilanishi lozim.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mahalliy budjetlarga soliqlardan ajratmalar yagona normativ asosida amalga oshirilsa va bu normativlar uzoq muddat o’zgarmas saqlansa, salbiy holatni kamaytirishi mumkin. Faqat shu holdagina, mahalliy budjetga ma’lum davrda qonuniy tartibda yig’ilgan soliqlarning bir qismi barqaror tushib turishiga imkon yaratiladi. Mahalliy hokimiyat ana shu o’ziga tegishli tushumni ta’minlash uchun barcha imkoniyatini ishga soladi.
Xulosa qilib aytsak, tartibga soluvchi soliqlarni taqsimlashni isloh qilishning muhim chorasi, respublikamiz bo’yicha ma’lum davrda barqaror normativlarning joriy etilishi hisoblanadi. Tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha belgilangan rejadan ortiq tushumlardan esa mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldiriladigan tushumlari 50% qilib belgilash maqsadga muvofiqdir.
Ma’lum muddat belgilangan barqaror normativlar budjet aniqligini, istiqbol rejalarini yaxshilanishini, budjet boqimandalarini kamayishini hamda budjet parametrlarini ishlab chiqishda kelishuvchanlik amaliyotini qisqartirishni ta’minlaydi. Rejadan ortiq tushumlarni yagona normativ asosida taqsimlash, rejadan ortiqcha tushumlar yig’ilishada manfaatdorlikni oshiradi, respublika va mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlab dotatsiya hajmini kamaytiradi.
Iqtisodiy vaziyatning barqarorsizligi natijasida va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ko’p korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy axvoli yomonlashdi, tabiiyki, bu ularning ijtimoiy sohalarni saqlab turishdagi imkoniyatlarini cheklab qo’ydi. Biroq mahalliy budjetlar xam ularni saqlab turishni o’z zimmalariga ololmaydilar. Shuning uchun ushbu ob’ektlarni o’tkazish jarayoni bir vaqtda amalga oshirish mumkin emas, chunonchi, ularni moliyalashtirish uchun qo’shimcha manbalar izlab topish kerak. Shu munosabat bilan respublikamizda ijtimoiy soha ob’ektlarini mahalliy budjetlarga o’tkazib berishning 2006 yilgacha bo’lgan davrdagi dasturi ishlab chiqilgan. O’tkazib berilayotgan ob’ektlarning moliyalashtirish manbasi sifatida ijtimoiy infratuzilmani saqlab turish solig’i joriy etildi. Bu soliqni o’z balansida shunday ob’ektlarga ega bo’lgan barcha korxonalar to’laydilar. Ushbu soliq to’liq mahalliy budjetlarga tushadi. Biroq bu manba ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun yetarli emas. Shuning uchun ijtimoiy sohani moliyalashtirishda davlat va xususiy sohalarning teng ishtirokini ta’minlovchi samarali balans ishlab chiqish juda xam dolzarb vazifa hisoblanadi.
Mahalliy budjet daromadlarining davlat budjeti daromad salmog’ining kamayishi daromadlarning respublika budjetida to’planib so’ngra mahalliy budjetlarga dotatsiya hisobida berilishi deb hisoblaymiz, ya’ni mahalliy budjetlarga 2010-2012 yillarda umumdavlat daromadlari va soliqlaridan ajratmalar me’yori bo’yicha birinchi jadval asosida tahlil qilsak ayrim viloyatlarga ajratmalar me’yori 2010 yilga nisbatan 2012 yilda ba’zi daromad manbalaridan ajratmalar ayrim viloyatlarda oshirilgan bo’lsa ayrimlarida kamaytirilgan.
Respublika miqyosida mahalliy budjetlar daromadlarida tartibga soluvchi daromadlarning salmog’i juda katta bo’lib qolmoqda. Iqtisodiy islohotlarni yangi bosqichida va uni chuqurlashuvida mahalliy hokimiyat organlarining davlat boshqaruvidagi, biriktirilgan daromadlar xududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi rolini oshirish, mahalliy budjetlarni o’z daromadlari bazasini yanada mustahkamlab borishini talab qiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling