«Махаллий бюджет даромадларини шакллантиришда ва худудий иктисодиётни ривожлантиришда соликларининг ахамияти»


III BOB. MAHALLIY BUDJET DAROMADLARI BAZASINI MUSTAHKAMLASH VA HUDUDIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA SOLIQLARNI TAKOMILLASHTIRISH


Download 0.7 Mb.
bet16/21
Sana02.12.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1779352
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati KURS ISHI

III BOB. MAHALLIY BUDJET DAROMADLARI BAZASINI MUSTAHKAMLASH VA HUDUDIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA SOLIQLARNI TAKOMILLASHTIRISH


3.1. Mahalliy budjet daromadlari bazasini mustahkamlashda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarining tajribalari.
Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, jumladan Germaniyada soliqlar davlatning asosiy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun mamlakat iqtisodiyotida ko’p tarmoqli va turli tuman soliqlar tizimi amal qiladi. Umumiy holda 50 dan ortiq soliqlar mavjud. Germaniyada turli darajadagi budjetlarni to’ldiruvchi daromad manbasi sifatida soliqlar federal, zemel, hamkorlikdagi (federal va zemel), munitsipal va cherkov soliqlarga bo’linadi. Federal soliqlardan boshqa budjetlarga ajratmalar qilinmaydi.
Zemellarni budjetlarini shakllantirishda zemel soliqlari, federatsiya bilan hamkorlikdagi soliqlardan ulushlar, hamda faoliyat (promisl) soliqlaridan ulushlar hisoblanadi.
Buyuk Britaniya, Ispaniyada har bir ma’muriy - hududiy birliklardagi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlardan kelib chiqqan holda, markaziy hokimiyatlar budjetdagi soliq tushumlari sohasi bo’yicha hududiy organlar budjetlarini korrektirovka qilishda ham ishtirok etadi. Jon boshiga o’rtacha daromadi yuqori bo’lgan hududiy organlar budjetlaridagi soliq tushumlarining bir qismi markaziy hokimiyat organlari tomonidan olinib daromad darajasi past bo’lgan hududlarga yo’naltirilishi mumkin.
Hududiy budjet daromadlari mahalliy soliqlar va yig’imlar, soliqdan tashqari to’lovlar, yuqori budjetdan ajratmalar hisobidan shakllanadi. Ushbu daromadlar manbalari o’rtasidagi mutanosiblik hududiy boshqaruv organlariga yuklatilayotgan vazifalar, ular tomonidan mahalliy soliqlarni yig’ish imkoniyati, shuningdek markaziy hokimiyat organlari tomonidan hududlarga moliyaviy yordam ko’rsatish imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda hududiy budjetlar ulushi davlatning umumiy resurslari hajmida yuqori ulushni tashkil etadi. Masalan, Portugaliyada bu ko’rsatgich YaIM ga nisbatan 3 %, Norvegiyada - 15 %, Shvetsiyada esa 31 % ni tashkil etadi.
Soliqlar – hududiy budjetlar daromadining asosiy manbai. Budjetlarga tushadigan barcha soliqlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: mahalliy soliqlar va yuqori budjetdan keladigan ajratmalar.
Har bir mamlakatning soliq qonunchiligiga asosan mahalliy soliqlar hududiy budjetlarning muayyan turlariga biriktirilgan. Ushbu soliq stavkalari odatda mahalliy boshqaruv organlari tomonidan belgilanadi. Turli davlatlarda bunday soliqlarning soni 20 tadan 100 tagacha, ularning ulushi esa hududiy budjetlar daromadlaridagi ulushi esa 30 % dan 70 % gacha bo’lgan ulushni tashkil etadi.
Mahalliy soliqlar xam to’g’ri va egri soliqlardan iborat bo’ladi. To’g’ri soliqlarga soliq to’lovchining daromadidan yoki mulkidan olinadigan soliqlar kiradi. Egri soliqlar esa tovar va xizmatlarni sotish (sotib olish) vaqtida olinadigan soliqlardan iborat.
G’arbiy Evropada mahalliy soliqlar tizimida to’g’ri soliqlar katta ulushini tashkil etadi: jami soliq tushumlarning70-75 % daromad, foyda va mulk hisobidan olinadigan soliqlar ulushiga to’g’ri keladi. Iste’moldan olinadigan soliqlar 3-4 % ni tashkil etadi, boshqa soliqlar 20 % ni tashkil etadi. Yaponiyada to’g’ri soliqlar ulushi 85 % ni, egri soliqlar esa 15 % ni tashkil etadi.
To’g’ri soliqlar ichida foyda va daromad hamda turli mulk soliqlari tarkibi ancha farq qiladi: Skandinaviya mamlakatlarida barcha soliq tushumlarining 80-90 % daromad va foyda solig’i xissasiga to’g’ri keladi; Belgiya, Germaniya, Avstriyada bu ko’rsatgich 50 % dan oshmaydi. Boshqa mamlakatlarda esa hududiy organlar budjetlaridagi soliq tushumlarning asosiy qismi turli shakldagi mulklardan olinadigan soliqlar hisobidan shakllanadi. Jumladan, Irlandiyada yagona mahalliy soliq hisoblanadi; Niderlandiyada jami soliq daromadlarining 2/3 qismini shu soliqlar tashkil etadi; Yaponiyada 48 % soliq daromadlarini turar binolari uchun soliqlar va 21 % ni ko’chmas mulk uchun soliqlar tashkil etadi.
Shuningdek, mahalliy soliqlarga yuqori budjetlarga biriktirilgan soliq turlariga hududiy boshqaruv organlari tomonidan qo’llaniladigan ustamalar ham kiradi. Ustamalar miqdorini hududiy boshqaruv organlari belgilaydi. Ko’pincha bunday ustamalar daromad solig’iga, yer solig’iga, qo’shilgan qiymat solig’iga nisbatan qo’llaniladi.
Daromad, foyda va mulk solig’i bilan bir qatorda budjet to’ldiruvchi boshqa soliq va to’lovlarni ham joriy etadilar. Bunday soliqlar stavkalari yuqori bo’lmasada munitsipialitetlar uchun bu daromad manbalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha ko’chmas mulk bilan bog’liq bitimlarni rasmiylashtirish uchun soliq; peshtaxta va ko’chadagi reklama uchun; itlar uchun; madaniy tadbirlar uchun (festivallar, sport musobaqalari va boshqalar); o’yin avtomatlari uchun; hisoblash texnikasini qayta sotishdan soliq kabi qo’shimcha mahalliy soliq turlari ham qo’llaniladi.
Frantsiyada ko’pchilik shaharlarida kommunal jamoat transportiga soliq belgilangan. Odatda u aholi soni 30 mingdan yuqori bo’lgan shaharlarda qo’llaniladi. Bu soliqni yollanib ishlovchilar soni to’qqiztadan yuqori bo’lgan barcha korxonalar to’laydi. Mahalliy hokimiyat organlari aholi bilan kelishilgan holda boshqa vaqtinchalik va doimiy soliqlar - yo’llar quvvati uchun, yo’llar qurish uchun, ko’chalarni supurish uchun va boshqa soliqlar ham joriy etishlari mumkin.
Amerika Qo’shma Shtatlari iqtisodiy siyosati erkin bozor munosabatlariga asoslanadi. Oddiy Amerikaliklar va Amerika kompaniyalarining nima sotib olish, nimaga pul solish, uni tejash yoki sarflashni o’zlari hal qilishi ularning iqtisodiy tizimi uchun juda katta ahamiyatga ega. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarida ularning siyosati chet el bozorlarini o’zlashtirishni rag’batlantirishdan iborat. Bu eng yirik eksportchi bo’lgan Qo’shma Shtatlar uchun ham, butun dunyo uchun ham juda katta foyda keltiradi. Sarmoya erkin ravishda bir joydan ikkinchi joyga o’tib turishi natijasida ish o’rinlari va boylik yaratiladi.
AQSh iqtisodiyoti 90-yillarning boshlarida jiddiy pasayish davrini boshidan kechirgan edi. 1993 yilning ikkinchi yarmidan boshlab kutilmaganda tez sur’atlar bilan iqtisodiy o’sish boshlandi. Bunga 1992 yil fevral oyida Prezident B. Klintonning Kongressga kiritgan iqtisodiy dasturini amalga oshirish yordam berdi. Dasturda rivojlanishning uchta asosiy yo’nalishi belgilangan edi;
 ish bilan bandlikning zudlik bilan o’sishini ta’minlashi kerak bo’lgan qisqa muddatli iqtisodiy rag’batlantirish choralarini ishga solish;
infratuzilmaga, energetikaga, yangi texnologiyalarga, atrof-muhit muhofazasiga, sog’liqni saqlashga, ta’limga, ishchi kuchini tayyorlashga hamda mamlakat iqtisodiyoti uchun hayotiy muhim bo’lgan boshqa sohalarga uzoq muddatli aniq maqsadga qaratilgan investitsiyalar bo’yicha bir turkum takliflarni amalga oshirish;
 soliqlarni ko’paytirish va hukumat xarajatlarini, shu jumladan, harbiy ehtiyojlar, ijtimoiy dasturlar va davlat apparatini saqlab turish xarajatlarini kamaytirish hisobiga budjet taqchilligini qisqartirish.
AQSh – federal davlatdir. Shu sababli, mamlakatda soliq tizimi uch bosqichli bo’lib, federal soliqlar, shtatlarning soliqlari va mahalliy soliqlarni o’z ichiga oladi.
Federal xarajatlar umumdavlat xarajatlarining taxminan 60 foizini tashkil etadi. 40 foizi esa shtatlar va mahalliy hokimiyat idoralarining budjetlariga to’g’ri keladi. 1995 yilda budjetlar orqali YaMMning 25 foizga yaqini qayta taqsimlandi.
Federal budjet tarkibida yuridik va jismoniy shaxslarda olinadigan daromad solig’i 54,3 foizni (yuridik shaxslarda 9,3 foiz, jismoniy shaxslardan 45 foiz), aktsizlar 6,3 foizni, sovg’alar va merosdan olinadigan soliq 1 foizni, ish beruvchilar bilan oqimlar tomonidan baravar to’lanadigan ijtimoiy ta’minotga ajratmalar 27,6 foizni, bepul tibbiy yordamga ajratmalar 7 foizni, ish beruvchilar tomonidan to’lanadigan ishsizlik nafaqalariga ajratmalar 2 foizni tashkil qiladi. Federal budjetning xarajatlar qismi 20 ta asosiy budjet toifalariga, shu jumladan, milliy mudofaa, xalqaro ishlar, qishloq xo’jaligi, transport, energetikani rivojlantirish, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta xarajatlariga, davlat qarzi bo’yicha foizlar to’lashga va hokazolarga bo’linadi.
Shtatlarning budjetlariga soliq tushumlarining umumiy xajmida jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i 39 foizni, mahsulot sotishdan olinadigan soliq 49 foizni, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig’i 2 foizni, foydali qazilmalarni qazib chiqarganlik uchun tabiiy resurslarning mulkdorlari tomonidan to’lanadigan soliq 2 foizni, litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug’ullanish huquqni berganlik uchun olinadigan litsenziya yig’imlari 6 foizni tashkil qiladi.
Munitsipial ma’murlar jismoniy shaxslarga daromad soliqlari, aktsizlar, kompaniyalardan litsenziya yig’imlari, kasb uchun soliq, foydali qazilmalarni qazib chiqarganlik uchun soliq, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq solishlari mumkin. Bu soliqlar ba’zi mahalliy budjetlarda 75 foizga yetadi.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling