«Махаллий бюджет даромадларини шакллантиришда ва худудий иктисодиётни ривожлантиришда соликларининг ахамияти»


Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmini va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarni takomillashtirish yo’llari


Download 0.7 Mb.
bet17/21
Sana02.12.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1779352
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyati KURS ISHI

3.2. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmini va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarni takomillashtirish yo’llari

Mahalliy soliqlarning salmog’ining oshishiga Hukumatimiz tomonidan mahalliy budjetlarning jamiyat hayotida rolini oshirish maqsadida uning daromad manbaasini oshirish uchun qabul qilinayotgan qarorlari sabab bo’lmoqda. Buning natijasida mahalliy soliqlarning mahalliy budjetlar daromadlarining umumiy xajmida salmog’ini oshib borishiga olib kelmoqda. Mahalliy budjetlarning daromad qismini shakllantirish muammolarini hal qilish maqsadida moliya bozorlaridan jalb va mobilizatsiya qilingan, tabaqalashtirilgan o’z mablag’lari ko’rinishidagi daromad tushumlarini mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qo’llanilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.


Birinchidan, mintaqalardagi soliq tartiblarini muvozanatlashni va budjet ehtiyojlarini ta’minlashni muvofiqlashtirish uchun, mahalliy hokimiyat organlarining soliq siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol ishtirok etish huquqni qonunan rasmiylashtirish.
Ikkinchidan, investitsiyalar, sarmoyalar, bandlik va bandlik bozorlari faoliyatini ta’minlash maqsadida tabaqalashtirilgan soliq rejimlarini o’rnatish bo’yicha mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarini aniq belgilab berish.
Uchinchidan, yuqori va quyi bo’g’inlarining bir-biriga bo’ysunishini yangilash va tizimlash imkoniyatini beruvchi yuridik kuch va maqomga ega bo’lgan har xil xujjatlar tizimini qonun yo’li bilan o’rnatish.
To’rtinchidan, mintaqada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida tabiiy zahiralardan foydalangani uchun olinadigan soliq stavkalarini belgilashda mahalliy hokimiyat organlarining xuquqlarini belgilab berish.
Beshinchidan, mintaqaning ijtimoiy va investitsiya manfaatlarini hisobga olgan holda imtiyozli soliq solishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kafolatlaydigan soliq tadbirlari bo’yicha huquqy-me’yoriy hujjatlarni shakllantirish va tasdiqlash kabi vazifalarni bajarish uchun mahalliy hokimiyat organlari rolini oshirish zarur.
Mahalliy hokimiyatlar zimmasiga ularga tegishli hududlardagi ijtimoiy - iqtisodiy masalalarni hal etishdek mas’uliyatli vazifa yuklatilgan bo’lib, amalda bu masalalar umumdavlat ahamiyatiga ega vazifalardan hisoblanadi. Chunki, fuqarolarning kundalik xayotidagi vazifalarini qanchalik darajada ijobiy hal etilishi ularning umumiy ijtimoiy dunyoqarashiga bo’lgan munosabatida aks etadi. Mahalliy budjetlar daromadlarini oshirish, mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishning moliyaviy imkoniyatini mustahkamlovchi asosiy manba hisoblanadi.
Joriy qilinadigan har qanday soliq mamlakatda amal qilinadigan soliq siyosati asosida amalga oshiriladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati Respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga, bozor munosabatlarini boshqarishga har tomonlama faol ta’sir ko’rsatadi.
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishi mo’ljallangan soliqlarning moxiyati, ahamiyati, kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o’rganilishi lozim. Ayniqsa yangi soliqlar chiqarilayotganda ular ilmiy asoslangan bo’lishi, yirik amaliyotchi mutaxassislar va jamoatchilik o’rtasida erkin bahslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu erda hech bir soha mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, chunki soha mutaxassislari o’z manfaatlarini ko’proq ko’zlab, umumdavlat manfaatlarini ular ko’ra olmasliklari yoki bila olmasliklari mumkin.
Hozirgi davrning soliq siyosati asosi – Respublika Prezidenti Islom Karimovning Respublika iqtisodiy rivojlanishining besh tamoyili, ustuvor yo’nalishlaridir. Respublika soliq siyosati ana shu tamoyillardan kelib chiqib, soliq sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda. Soliq siyosatining ikki yo’nalishi mavjud: korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati.
Eng avvalo, korxona va tashkilotlarni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. Ularning moliyaviy mustaqilligiga, erkin baho belgilashlariga to’sqinlik qilmaslik va budjetga soliq to’lovlari belgilanayotganda faqat demokratik asosda, ya’ni Oliy Majlis tasdiqlab bergan soliqlarni undirishni tashkil etish zarurdir. Hozirgi vaqtda soliqlar bir tomondan korxonalarda taqchil, raqobatga bardosh bera oladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni ko’paytirishga, ikkinchi tomondan tovar bahosini oshirib sotgan holda mehnatsiz yoki kam mehnat bilan topilgan daromadlarni cheklashga qaratilmog’i zarur.
Soliq siyosatida aholining turli xil guruhlariga nisbatan xilma-xil yondashishdir. Nochor, kam ta’minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko’proq imtiyozlar berish va kam kuch sarflab ko’p daromad oluvchi yoki boshqa yengil daromad topuvchilarga nisbatan progressiyali soliq stavkalarini qo’llashdan iboratdir.
Har bir mahalliy hokimlik o’z hududining iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda bu soliq stavkalarini belgilanishi tadbirkorlarga imkoniyat yaratib beradi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti hududlar bo’yicha bir xil rivojlanmaganligi hamda turli darajadagi iqtisodiy imkoniyat va salohiyatga egaligi sharoitida mahalliy soliqlar va yig’imlarni tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi.
Mahalliy soliqlar va soliqsiz daromadlardan tushumlar mahalliy budjetlar xarajatlarining juda kam qismini qoplaganligi tufayli mahalliy budjetlar daromadlarining asosiy qismi budjetlararo tartibga solish orqali shakllantiriladi. Bunda tartibga soluvchi soliqlar asosiy o’rinni egallaydi.
Tartibga soluvchi soliqlardan ajratmalar normalari viloyatlar bo’yicha xar yili qayta ko’rib chiqiladi. Ularning yildan yilga o’sib borishi mahalliy budjetlar xarajatlarini o’sha hududda yig’ilgan soliqlar hisobidan qoplash zaruriyati bilan va yuqori budjetdan beriladigan mablag’larning qisqartirilishi bilan asoslanadi.
Mahalliy budjetlar daromadlarining asosiy ulushi budjetlararo tartibga solish yo’li bilan shakllantiriladi. Bunda budjet ajratmalarining normativlarini aniqlashda yagona yondashuv yo’qdir. Bu ularni viloyatlar bo’yicha anchagina tabaqalashuviga olib keladi. Soliqlarni taqsimlashdagi ushbu mexanizm viloyatlar bo’yicha kishi boshiga to’g’ri keladigan daromadlarning xam tabaqalashuviga olib keladi. Mahalliy budjetlar taqchilligini qoplashga beriladigan subventsiyalar ham amalda ushbu farqlarni o’zgartira olmaydi.
Mahalliy hudud iqtisodiyotining qaror topishi va uning moliyaviy mustaqillikka ega bo’lishi uchun budjetni mustaqil shakllantirish huquqigina emas, balki uni boshqarish huquqi ham zarur.
Mustaqil hudud iqtisodiyotini soliq mexanizmi asosida tartibga solish bo’yicha:
- Birinchidan, hududiy o’z-o’zini moliyaviy boshqarishda soliqlarni normativ tartibga solish;
- Ikkinchidan ko’p ukladli iqtisodiyot asoslarini shakllantirishda soliqlar iqtisodiy kategoriya sifatida qaralishi;
- Uchinchidan, mustaqil hududiy iqtisodiyotda iqtisodiy islohotlar tizimi;
- To’rtinchidan, mustaqil hudud iqtisodiyotida mahalliy hokimiyat organlari mas’uliyati muhim omil sanaladi. Mustaqil hududlar budjetlarini shakllantirish bo’yicha o’zaro munosabatlarni tartibga solish mexanizmiga asos bo’luvchi printsip – turli darajadagi hududlar manfaatlariga rioya qilishga asoslanishdir. Taqsimlash va tabaqalashtirilish normativlarini hisoblash formulasiga joriy yil shart-sharoitlariga muvofiq qayta hisoblangan amaldagi munosabatlardan ob’ektiv omillar kiritilishi kerak. Ularning miqdoriy ifodasi har bir hududning hususiyatini hisobga olgan holda har xil bo’ladi. Agar viloyat hududida sanoat korxonalari va boshqa korxonalar ko’p bo’lsa, demak, daromadlar ko’proq ta’minlanadi. Aksincha bo’lganida esa kamroq va bunday viloyatlar mablag’ yo’qligi sababli rivojlanishda qiyinchiliklarga duch keladi. Shu sababli, turli daromadli hududlarning budjet ta’minoti mezoni va ko’rsatkichlarini ishlab chiqish zarur. Bunday normativlarni belgilashda shahar, tuman hududida faoliyat ko’rsatuvchi sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish korxonalari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarning ish samaradorligi, ishlab chiqarishning tegishli hajmlarini ta’minlash, yuqori foyda, jahon namunalari darajasida mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarning raqobatga bardoshliligi, hududda davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirishning natijalari, mulkchilikning turli shakllari, negizida xo’jalik yuritishning yangi sub’ektlari, shu jumladan xususiy korxonalar paydo bo’lishi hisobga olinishi zarur.
Reja qilinadigan daromadlar miqdorini aholining umumiy soniga bo’lish yo’li bilan har bir viloyat bo’yicha bir kishiga to’g’ri keladigan budjet ta’minotini aniqlash mumkin bo’ladi. Hamda bu muhim mezon hisoblanadi. Bunday hisob kitob natijasida hududlar bo’yicha budjet ta’minoti miqdorining har xil ekanligi kelib chiqadi. Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish tizimining qaror topishi uzoq davom etadigan jarayondir.
Hududning iqtisodiy ravnaq topishiga uning o’z daromadlari manbalarini uzoq muddatli biriktirib qo’yish orqali bosqichma-bosqich o’tish zarur.
XULOSA

Mazkur bitiruv malakaviy ishimizni o’rganib, tahlillar qilish natijasida quyidagi xulosalarga keldik:


1. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari Respublikamiz hukumati tomonidan bosqichma-bosqich sezilarli darajada olib borilmoqda. Bu borada budjet tizimi bo’yicha ham bir qancha amalga oshirilganligini bitiruv malakaviy ishimizning yuqoridagi boblarida ko’rib chiqildi va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan paydo bo’layotgan muommolar xam borligi ko’rsatib o’tildi.
2. O’zbekistonda olib borilayotgan islohotning chuqurlashishi mahalliy hokimiyat organlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshirib, moliya-budjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy budjetlarning salmog’i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog’liq bo’lib davlat iqtisodni, ijtimoiy infrastrukturani, ishchi kuchini tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarni joylarga berib bormoqda. Mahalliy budjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv davlatning joylarda maqsadga muvofiq bo’lgan vazifalarini bajaradi.
3. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining xuquqlari va vazifalarini ancha o’zgartiradi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishning bu bosqichida hududiy rivojlanish va isloh qilishning asosiy vositalari sifatida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ijtimoiy - iqtisodiy muammolarini hal qilishdagi xuquqlari va vakolatlarini bosqichma bosqich kengaytirib borish zarur.
4. Mahalliy budjetlar taraqqiyotidagi muhim xususiyatlardan biri joylarda iqtisodiy – ijtimoiy muammolarni hal etishda mahalliy budjetlar manfaatdorligi hamda imkoniyatlarining oshirilishi hisoblanadi.
5. Mahalliy budjetlar daromadlar tarkibida mahalliy soliqlar ulushini oshirish choralari ko’rilishi maqsadga muvofiqdir, bu yo’nalishda mulk solig’idan tushumlarning real oshirish yo’llaridan biri aholining uy joylarini hozirgi daromadidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich TIB idoralari tomonidan bozor narxida baholashni o’tkazishdan olinishi mahalliy budjet daromadini oshiradi.
6. Budjet tizimi to’g’risidagi qonunning 25-moddasida kelgusi moliya yili uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatilgan muddatda Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishli budjetlar loyihasini tayyorlash uchun budjet so’rovi yuborib, ushbu qonunning 26-moddasiga binoan mahalliy budjetlarning tegishli budjetlar loyihasini belgilangan shakllarga muvofiq qabul qilib olsada, lekin kelgusi yil budjetini tasdiqlashda ushbu summa loyihadagiga nisbatan kamayishiga yo’l qo’yiladi. Ushbu salbiy holatni bartaraf qilish maqsadida mahalliy budjetlar xarajatlarini sohalar bo’yicha me’yorlar asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Hozirgi bosqichda mahalliy budjetlar xarajatlarini sohalar bo’yicha kishi boshiga to’g’ri keladigan me’yorlar asosida hisoblash hamda tuman koeffitsentlarini hisobga olish eng oddiy va ob’ektiv usul hisoblanadi.
Mahalliy budjet daromadlarini shaklllantirishda va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyatini oshirish jarayonida mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan mulohazalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilarni taklif qilamiz.
1. Mahalliy budjetlar ijrosi bo’yicha to’liq “shaffoflik”ni, ya’ni oshkoralikni ta’minlash. Budjetga soliq va boshqa to’lovlarni amalga oshiruvchi har bir yuridik va jismoniy shaxslar budjetga to’lagan mablag’lari qanday maqsadlarga sarflanganligi haqida to’liq axborot olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
2. Mahalliy budjetlar daromadlar bazasini yanada mustahkamlash va takomillashtirishda quyidagi muammolarning yechimini hal qilish lozim, ya’ni korxona va tashkilotlarning moliyaviy faoliyati yomonlashganda (iqtisod bo’yicha komissiya a’zolari tomonidan) soliq to’lovlari va boqimanda summalarini kechib yubormaslik hamda uzoq muddatga muzlatmaslik, chunki summalarni budjetga tushmasligi budjet daromadlar salmog’ini pasaytiradi.
3. Har bir soliq to’lovchi hoh u yuridik shaxs yoki u jismoniy shaxs bo’lsin, to’layotgan soliqlarini qayerga, nima uchun va qanday maqsadlarga sarflanayotganligini ongli ravishda tushuna bilishi uchun kengroq matbuotdan foydalanishni, ayniqsa mahalliy soliqlarni undirishda xalq orasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda mahalliy hokimiyat vakillari kuchidan foydalanishning qonuniy asosini yaratish.
4. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’ini to’liq hisoblattirish va to’lattirish maqsadida jismoniy shaxslarning mol-mulkini texnik inventarlash kadastr buyurosi (TIB) tomonidan bosqichma-bosqich bozor narxida narxlash.
5. Jismoniy shaxslarga sovg’a va meros tariqasida beriladigan pul va moddiy boyliklar qiymati (20 mln-dan tashqari) shu jismoniy shaxslarga daromad sifatida kelayotganligi sababli ushbu o’rtacha mablag’lar bir martalik daromad sifatida soliqqa tortilishi kerak. Masalan ko’chmas mulk, avtotransport, hisobiga o’tkazilgan mablag’lar, zebu-ziynatlar.
6. Mahalliy hokimiyat organlarining rejadan ortiqcha soliqlar tushumini yig’uvchanligini rag’batlantirish maqsadida tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha belgilangan rejadan ortiqcha tushumlarning 50 foizi mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldirilishi maqsadga muvofiqdir.
7. Budjetlar ijrosi ustidan nazorat qiluvchi vakolatli organlar o’rtasida o’zaro hamkorlik, tajriba va axborot almashuv tizimini yo’lga qo’yish lozim. Bunda ob’ektlarni orqama-ketin tekshirish, ya’ni bir birini takrorlamaslikka e’tibor qaratish kerak bo’ladi.
Ushbu ko’rsatib o’tilgan takliflardan ko’zlangan maqsad Respublikamizning kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ravnaqi, ulkan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashda, hozir sarflanayotgan har bir so’m budjet mablag’i respublikamizning kelajak ravnaqi va istiqboli uchun o’z natija va samarasini berishi kerak, deb hisoblaymiz.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling