O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda yer solig’ining ahamiyati9
Ko’rsatkichlar
|
2009 y
|
2010 y
|
2011 y
|
2012 y
|
2013 y
(reja)
|
Budjet daromadjlarining umumiy summasi, mlrd so’mda
|
10421,4
|
13116,4
|
16178,6
|
20614,1
|
25104,9
|
Mahalliy soliqlarning umumiy summasi, mlrd so’mda
|
1155,6
|
1431,1
|
1798,3
|
2162,9
|
2817,8
|
Yer solig’ining umumiy summasi, mlrd so’mda
|
275,1
|
303,9
|
346,9
|
446,0
|
646,3
|
Yer solig’ining budjet daromadlardagi salmog’i, % da
|
2,7
|
2,3
|
2,1
|
2,2
|
2,6
|
Yer solig’ining mahalliy soliqlarga nisbatan salmog’i, % da
|
23,8
|
21,2
|
19,3
|
20,6
|
22,9
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari yil sayin o’sib borganligini ko’rishimiz mumkin. 2009 yilda budjet daromadlari jami 10421382,5 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilga kelib 20614100.0 mln. so’mga yetgan. Budjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning o’rni muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu turdagi soliqlar 2009 yilda 1155,6 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2013 yilda 2817,8 mlrd. so’mni tashkil etishi kutilmoqda. Budjet daromadlarida resurs soliqlari alohida ahamiyatga ega. Yer solig’ining mahalliy soliqlarga nisbatan salmog’iga e’tibor qaratsak, 2010 yilda uning salmog’i 21,2 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda 22,9 % ni tashkil etishi rejalashtirilmoqda
Respublikamizda amalga oshirilayotgan izchil soliq - budjet siyosatining qisqa va uzoq muddatli maqsad va dastaklari davlat budjeti daromadlar qismida muayyan ulushni egallovchi budjetning boshqa daromadlari dinamikasiga o’zining ta’sirini o’tkazgan. Masalan, 2009 yilda davlat budjetida boshqa daromadlar 589120,3 mln. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2012 yilga kelib, ularning miqdori ko’paygan hamda 1233500,0 mln. so’mga teng bo’lgan.
Endi Toshkent shahrining Olmazor tumani mahalliy budjeti daromadlari tarkibida yer solig’i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i tushumlari tahlilini ko’rib o’tamiz:
5 –jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |