Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash mm-70 guruh talabasi
Download 11.54 Kb.
|
Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo‘g‘inlar kiradi
Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashMM-70 guruh talabasiMuzaffarov SherzodMahalliy moliyaMahalliy moliya – O‘zbekiston Respublikasi mahalliy ma’muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va oqimlari yig‘indisi bo‘lib, mahalliy xo‘jalik ehtiyojlarini normal darajada ta’minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni pul mablag‘lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo‘g‘inlar kiradi:1. Mahalliy byudjetlar; 2. Mahalliy maxsus fondlar 3. Mahalliy korxonalar moliyasi Mahalliy byudjetlarMahalliy byudjetlar - “Byudjet kodeksi”ga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o‘z ichiga oladi. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorlini ta’minlash yo`nalishlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-son farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 31-oktabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi misolida ko`rib chiqamiz.O‘z. R Prezidenti Sh. Mirziyoyevnning 31-oktabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi2018-yilning 22-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekkan edilar. Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir o‘ziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy byudjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq xududlarda qoldirilishi haqida davlat rahbari aytib o`tdi. 2020 yildan boshlab mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlari kengashlar tomonidan ma’qullangan yo‘nalishlarga ajratiladi. Faqat kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlargina hokimliklar tomonidan tasdiqlanishi va keyinchalik ularning to‘g‘ri sarflangani haqida kengashlar oldida hisobot berilishi belgilangan. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan soliq islohotlari tushumlar ko‘payishida ijobiy natijalar bermoqda. Buni xalqaro moliyaviy institutlar ham tasdiqlamoqda. Prezidentimiz xarajatlar borasidagi eng ustuvor vazifa moliya-byudjet intizomi, yo‘naltirilayotgan har bir so‘m iqtisodiyot uchun qanday natija berayotgani asosiy mezon bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Moliya vazirligi va Hisob palatasiga byudjetdan moliyalashtiriladigan dasturlarning maqsadli indikatorlarini belgilash va ijrosini baholash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Hokimliklarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida hududiy moliya organlarini to‘liq mahalliy davlat organlari tuzilmasiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Download 11.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling